Jahon bozori


O’zbekiston iqtisodiyotining jahon bozoridagi o‘rni va iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi



Download 48,85 Kb.
bet7/7
Sana14.04.2022
Hajmi48,85 Kb.
#551285
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jahon bozori

O’zbekiston iqtisodiyotining jahon bozoridagi o‘rni va iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi.
O’zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo’shilishining shart-sharoitlari va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari Respublika davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan vujudga kela boshladi. Bunday vaziyatda tashqi iqtisodiy majmuani boshqarishning o’ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi aloqalarni yo’lga qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilish yo’llarini belgilash taqozo etiladi.
Respublika tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik negizida qurilsa, uning qoidalari ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnoma munosabatlarida o’zaro manfaatli aloqalar o’rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslanadi.
O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jalik aloqalarida ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ortiq davlat bilan diplomatiya munosabatlarini o’rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko’pgina xalqaro tashkilotlar – BMT iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro bank, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot kabi boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi.
O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida to’xtalib, Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi: «Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang’ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O’zbekiston bir vaqtning o’zida turli darajalarda – dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida – integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir sub’ekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir»i.
Bugungi kunda O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi ko’p darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin: global; transkontinental; mintaqalararo; mintaqaviy; mahalliy. Har bir darajadagi integratsion aloqalarning o’ziga xos vazifalari mavjud.O’zbekistonning global darajada amalga oshiriluvchi strategik integratsion vazifasi – bu mamlakatdagi barcha xo’jalik sub’ektlarining tashqi bozor bilan o’zaro aloqasini ta’minlash uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keluvchi shart-sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita qo’shilishidir. O’zbekistonning BMT, yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE), yevropa hamjamiyati, NATO, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar faoliyatidagi faol ishtiroki uning jahon xo’jaligiga yanada kengroq integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
O’zbekistonning transkontinental darajada amalga oshiriluvchi integratsion vazifasi – bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy xamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi o’zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo’lib, o’z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Turkiya, Eron, Pokiston, Afg’oniston, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon)ni oladi. Uning asosiy maqsadi – xo’jalikning transport, kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi resurslarini rivojlantirish kabi sohalarida mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat.
O’zbekiston mintaqalararo darajada yangi mustaqil davlatlar – MDH mamlakatlari bilan integratsiyaga kirishdi. O’zbekiston birinchilar qatorida MDHni tashkil etish g’oyasini qo’llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi, integratsion va kooperatsion aloqalarini mustahkamlash hamda uning Xalqaro iqtisodiy qo’mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo’mitasi kabi institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.
O’z o’rnida ta’kidlash lozimki, keyingi paytlarda MDH o’zining tashkil topishi chog’idagi dastlabki maqsadi – ya’ni, mavjud xo’jalik aloqalari va imkoniyatlardan foydalanishda o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadi hamda undan kelib chiquvchi vazifalarga mos kelmay qoldi. Bu tashkilot faoliyat yo’nalishida ko’proq siyosiy masalalar, «integratsion aloqalarni kuchaytirish» shiori ostida kuchli mamlakatlarning nisbatan kuchsiz mamlakatlar ichki ishlariga aralashuvi, ular manfaatlarining siqib qo’yilishi, iqtisodiy va siyosiy tazyiq o’tkazish holatlari ustunlik kasb eta boshladi. Bunday holatlarga Prezidentimiz I.A.Karimov MDHga a’zo mamlakatlarning turli darajadagi yig’ilishlarida tanqidiy nuqtai nazardan qarab, uni tubdan isloh qilish borasida o’zlarining amaliy takliflarini berdilar.
O’zbekistonning mintaqaviy darajadagi integratsiyasi – bu umumiy tarixga, yagona madaniy an’analarga, o’xshash turmush tarzi va mentalitetga ega bo’lgan qardosh xalqlarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunday integratsion aloqaning aniq shakli sifatida 1992 yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorligi (TSARS) tashkil etildi.
Yana bir istiqbolli, kuchli salohiyatga ega bo’lgan mintaqaviy birlashmalardan biri – Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHOS)dir. Bu tashkilot 2001 yilning 15 iyunida oltita – O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoy mamlakatlari hamkorligida tashkil etildi.
Bugungi kunda SHanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro maydondagi nufuzi, obro’-e’tibori sezilarli darajada oshib bormoqda. Ushbu tashkilot safidan joy olish istagini bildirgan davlatlar soni ham ko’paymoqda. ShHTning salohiyati haqida gapirganda masalaning faqat iqtisodiy jihati hisobga olinsa ham, uni yirik iqtisodiy-integratsiyaviy tashkilot deb atash uchun barcha asoslar yetarlidir.
ShHTning salohiyat va imkoniyatlari to’g’risida so’z ketganda, eng avvalo unga a’zo mamlakatlar egallagan hudud ko’lamining ahamiyatli darajada kattaligini ta’kidlash o’rinlidir. ShHTga a’zo davlatlarning umumiy hududi 30178,7 ming km.kv ni tashkil etib, unda eng katta salmoqni Rossiya (56,6%) va Xitoy (31,8%) egallaydi (1-jadval). Mazkur tashkilotga a’zo davlatlar aholisi soni 1,5 mlrd.dan ko’proq bo’lib, aholi umumiy sonidagi salmog’i jihatidan Xitoy eng katta ulushga ega – 87,0 %. So’nggi yillarda SHHTga a’zo davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan YAIM hajmi 12,1 trln. doll.dan oshadi.O’zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyasining kuchayishi ko’p jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy manfaatdorligi bilan belgilanadi. Eng avvalo, O’zbekiston raqobat jihatidan nisbatan ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqarish sohalari tovarlari – paxta xomashyosi, mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi tovarlarining savdosini kengaytirishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, telekommunikatsiyalar, suv va energiya resurslaridan foydalanish, xalqaro turizm, hamkorlikdagi ekologik loyihalarni amalga oshirish borasida integratsiya aloqalarini kuchaytirish lozim. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilish talablaridan kelib chiqib, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishi zarur bo’lgan barcha muassasalar (tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, bojxonalar xizmati va boshqalar) amalda yangidan tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasidan tortib, boshqaruvning mahalliy darajasi va korxonalargacha bo’lgan xo’jalik sub’ektlarida tegishli tashqi iqtisodiy bo’limlar tuzildi. Dunyoning bir qancha mamlakatlarida savdo uylari ochildi va savdo-sanoat palatalari barpo etildi.
Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari ham sezilarli darajada rivojlandi. Jumladan, 2007 yilga kelib Respublika hududida ro’yxatdan o’tgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni 4089 birlikni, ularning eksporti hajmi mamlakat umumiy eksportining 18,5 foizini tashkil etdi. Bunday korxonalarning asosiy qismi sanoat tarmoqlari (50,1%), savdo va umumiy ovqatlanish (29,9%) sohalarida to’plangan.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon xo’jaligi rivojining tarixiy jihatdan uzoq davr davom etgan natijasi hisoblansada, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek, hozirgi kunda ham mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonida hal etilmagan ko’pdan-ko’p muammolar mavjudki, bizning Respublikamiz uchun bu tashqi iqtisodiy va valyuta siyosatini yanada erkinlashtirishdan iborat1.Dastlabki davrlarda respublikamizda tashqi savdo ikki yo’nalish bo’yicha: MDH mamlakatlari bilan hukumatlararo bitimlar va xorijiy mamlakatlar bilan erkin muomaladagi valyutada hisob-kitob qilish asosida amalga oshirildi.2008 yil respublikamiz tashqi savdo aylanmasi 19077,0 mln. AQSH dollarini tashkil etib, uning 37,8 foizi MDH mamlakatlari, 62,2 foizi uzoq xorijiy mamlakatlar hissasiga to’g’ri keladi. Xorijiy mamlakatlarga mahsulot eksporti hajmi to’xtovsiz ko’payib borib, 2008 yilda 11572,9 mln. dollarni tashkil qildi, uning asosiy qismi (65,3%) uzoq chet el davlatlari hissasiga to’g’ri keldi.
Bu ko’rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo’shilgan qiymatga ega bo’lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o’sib borayotgan salohiyati va imkoniyatlaridan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday holat eksportimizning xom ashyo resurslari narxi tez-tez o’zgarib turadigan jahon bozori ta’siriga bog’liqligini kamaytirishda muhim yo’nalish bo’lib xizmat qiladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlarining ko’p tomonlama aloqalari va hamkorligini rivojlantirishga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda. O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasidagi yagona iqtisodiy makon to’g’risida tuzilgan shartnoma samara bera boshladi. Ularning sanoatini integratsiyalashtirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi.MDH mamlakatlari bilan bevosita va ko’p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish tashqi siyosatning asosiy yo’nalishlaridan biridir. O’zbekiston Hamdo’stlik davlatlari muassasalari – Davlatlararo iqtisodiy qo’mita, Davlatlararo bank va boshqa muassasalarni tashkil etishda faol qatnashmoqda. MDHdagi mamlakatlar (Rossiya, Ukraina, Belorus, Moldova va boshqalar) bilan ikki tomonlama tashqi siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa shartnoma hamda bitimlar imzolanib, ular kuchga kirdi.Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratishga, hamda zarur bo’lgan tashkilot va muassasalar tuzishga katta ahamiyat berilmoqda. Bular jumlasiga tavakkalchilik xatarlaridan keladigan zararni qoplaydigan «O’zbekinvest» milliy sug’urta kompaniyasini, turli qo’shma sug’urta kompaniyalarini, Vazirlar Mahkamasi huzurida BMT bilan birgalikda tashkil qilingan investitsiyalarga ko’maklashuvchi xizmatni, Davlat mulk qo’mitasi huzuridagi ko’chmas mulk va xorijiy investitsiyalar agentligi kabilarni kiritish mumkin. Bu muassasa va tashkilotlar hamda respublikada vujudga keltirilgan huquqiy me’yorlar xorijiy investitsiya faoliyati uchun qulay sharoitlarni yaratib, ularning huquqlarini himoya qiladi va sarflangan sarmoyasini kafolatlaydi.
Xulosa

Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi. Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangan xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import kabi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.


Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo’lgan resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki dividend shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
Mamlakatdagi aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi eksport hajmi uning iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport
imkoniyatlari) – bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o’z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo’lgan qismi.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo’yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning protektsionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to’liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.
Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o’tishi bo’yicha kelishuvlar. Har qanday bitim ikki tomoniga ega bo’ladi va shu sababli to’lov balansida ikki tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to’lov balansining debet va kredit qismlarida o’z ifodasini topadi.
Mamlakatlar xalqaro savdo yordamida o’zlarining davlatlararo ixtisoslashuvini rivojlantirishi, o’zlarining resurslari unumdorligini oshirish va shu orqali ishlab chiqarishning umumiy hajmini ko’paytirishi mumkin. Alohida davlatlar, eng yuqori nisbiy samaradorlik bilan ishlab chiqarish mumkin bo’lgan tovarlarga ixtisoslashishi va ularning o’zlari samarali ishlab chiqarish holatida bo’lmagan tovarlarga ayirboshlash hisobiga yutish mumkin ekan.

Foydalanilgan adabiyotlar va internet resureslar

1.Karimov I. O’zbekistonda iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.; 1995y.


2.O’lmasov A., Sharifxo’jaev M. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. T.: Mexnat 1995y.

3.To’xtasinova D. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. T.: 2002y.

4.G’ofurov A. Iqtisodiyot nazariyasi F. 1995y.

5.“Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan maruzalar matni.

6. www.Yandex.ru

7. www.ziyonet.uz




8. www.aim.uz
Download 48,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish