O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
“O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” DAVLAT-AKSIYADORLIK
KOMPANIYASINI BOSHQARISHNI TASHKIL ETISHNI
TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Temir yo‘l transportini
monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2001-yil 2-martdagi PF-2815-son
Farmonini
bajarish yuzasidan va
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining
boshqaruv tizimini takomillashtirish, temir yo‘l transporti korxonalari va
tashkilotlarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish,
tarmoq
korxonalarini rivojlantirish, texnika bilan qayta jihozlash va
zamonaviylashtirish uchun investitsiyalar, shu jumladan xorijiy
investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi
tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-
avgustdagi 366-sonli
qaroriga
muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT,
2004-y., 31-son, 353-modda)
2. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 2001-yil 1-
sentabrgacha
“O‘zbekiston
temir
yo‘llari”
davlat-aksiyadorlik
kompaniyasining yuk va yo‘lovchilar tashish bo‘yicha hududiy
direksiyalari hamda Orolbo‘yi bo‘limini belgilangan tartibda tugatish va
ularning
negizida
1-ilovada
nazarda tutilgan funksional tarkibiy
bo‘linmalar va korxonalar tashkil etishga doir kompleks chora-tadbirlarni
amalga oshirsin.
3. Temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlarini monopoliyadan va
davlat tasarrufidan chiqarish hamda aksiyalashtirish masalalari bo‘yicha
maxsus komissiya (Sultonov), O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki
qo‘mitasi:
asosiy fondlarning 2001-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra qayta
baholanishini hisobga olgan holda
2-ilovaga
muvofiq korxonalar,
tashkilotlar va tarkibiy bo‘linmalarning mol-mulki qiymati hisobiga 2001-
yil 1-iyungacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik
kompaniyasining ustav fondini shakllantirsinlar. Kompaniyaning
aksiyalari emissiyasi prospekti belgilangan tartibda ro‘yxatdan
o‘tkazilishi ta’minlansin;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan
birgalikda 3-ilovaga
*
muvofiq korxonalar va tashkilotlarni bosqichma-
bosqich ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish chora-tadbirlarini
amalga oshirsinlar;
4-ilovaga
*
muvofiq xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlatga
tegishli ulushlarni to‘liq sotsinlar, shu jumladan
xususiy mulk sifatida
sotsinlar;
5-ilovaga
*
muvofiq xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar
va tashkilotlar hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlari 2001-2002-yillarda
yuz foiz xususiylashtirilishini, shu jumladan xususiy mulk sifatida
sotilishini ta’minlasinlar;
Oldingi
tahrirga qarang.
(3-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-sonli
qarori
bilan chiqarilgan —
O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
4. Belgilansinki:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini ochiq
aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish jarayonida chiqarilgan aksiyalar
davlat mulki hisoblanadi va sotilmaydi yoki boshqacha tarzda o‘zgaga
berilmaydi, garovga qo‘yilishi mumkin emas,
shuningdek ikkilamchi
qimmatli qog‘ozlar chiqarishni ta’minlashga xizmat qilishi mumkin
emas;
mazkur qarorga muvofiq tashkil etiladigan Yagona dispetcherlik
markazi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining
yo‘llardan foydalanish va ularni saqlash, energiya bilan ta’minlash,
signalizatsiya va aloqa tizimlari, tashish hujjatlarini qayta ishlash,
lokomotiv xo‘jaligi, halokat-tiklash ishlari bo‘yicha funksional tarkibiy
bo‘linmalari xususiylashtirilmaydi;
yuk va yo‘lovchilar
tashuvchi, shuningdek yuk jo‘natuvchilar va
yo‘lovchilarga transport-ekspeditorlik va servis xizmatlari ko‘rsatuvchi
korxonalar, vokzallarga xizmat ko‘rsatuvchi servis kompaniyalari,
umumiy ovqatlanish, turizm, chiptalarni uyga yetkazib berish xizmatlari
ko‘rsatuvchi va boshqa xizmatlar bo‘yicha kompaniyalar turli tashkiliy-
huquqiy shakllarda tashkil etilishi mumkin va ular raqobat asosida
faoliyat ko‘rsatadilar;
Oldingi
tahrirga qarang.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”ning daromadlariga “O‘zbekiston temir yo‘llari”
davlat-aksiyadorlik kompaniyasida markazlashtirilgan tartibda daromad
(foyda) solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi. Ko‘rsatib o‘tilgan
norma, shuningdek ishlab chiqarish korxonalari uchun belgilangan to‘lov
stavkalari qo‘llanilgan holda, Respublika yo‘l jamg‘armasiga, budjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini
moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga to‘lovlarni hisoblab
chiqish va to‘lash tartibiga ham joriy etiladi. O‘zbekiston temir yo‘llari”
davlat aksiyadorlik kompaniyasi tizimiga kiradigan korxonalar o‘rtasida
mol-mulkni bepul berishda daromad solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i
bo‘yicha markazlashgan tartibdagi hisob-kitoblarda qabul qiluvchi va
beruvchi tomonlar foyda solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i
solish
obyekti hisoblanmaydi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli
qarori
tahririda — O‘R
QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-
oktabrdagi 499-sonli
qaroriga
muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT,
2004-y., 43-son, 456-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-
apreldagi 217-sonli
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
7. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan
birgalikda 2002-yil 1-yanvargacha belgilangan tartibda:
uy-joy fondi va kommunal sohaning muhandislik kommunikatsiyalari
ular joylashgan joyda qabul qilib olish-topshirish
dalolatnomalari
asosida hududiy kommunal foydalanish birlashmalari balanslariga;
7-ilovaga
*
muvofiq obyektlar viloyatlar va shaharlar hokimliklari,
vazirliklar va idoralar ixtiyoriga berilishini ta’minlasin.
* 3—5, 7-ilovalar berilmaydi.
8. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-noyabrdagi 551-son qarorining
3-
bandi
, 4-bandining
birinchi
va
ikkinchi xatboshi
o‘z kuchini yo‘qotgan deb
hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston
Respublikasining Bosh vaziri O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.