30 _____
kerak. Ishonchim komilki, u hech qachon ukasini temiryo‘1 bekati yoniga
dafh etib ketgan qizdan shubhalanmagan bo‘lar edi, lekin kumush harflar
bitilgan qora kitob aynan unda — kiyimlari ostida yotardi:
“GO‘RKOVLAR UCHUN QO‘LLANMA”
Qabr qazishning o‘n ikkita bosqichi yoritilgan qo‘llanma.
aBavariya qabristonlar birlashmasi” tomonidan nashr etilgan.
Kitob o‘g‘risining ilk o‘ljasi ajoyib kasbga debocha vazifasini o‘tagan edi.
II BOB
“CHO‘CHQA”NING BO‘LISH SAN’ATI
Ha, o‘zi ham ajoyib kasb-da!..
Ammo ilk o‘g‘irlangan kitob va undan keyingi kitoblar o‘rtasida ancha farq borligini tan olishim zarur. Yana bir narsani eslatib o‘tish joizki, birinchi kitob qor ustidan topib olingan bo‘lsa, ikkinchisi olov ichidan o‘g‘irlangan. Lizelga taqdim etilgan bir nechta kitoblami ham hisobga qo‘- shish kerak. Uning jami o‘n to‘rtta kitobi bor edi, lekin u asosan o‘ntasini o‘z hikoyasi deb bilardi. O‘sha o‘nta kitobdan oltitasi o‘g‘irlangan, bittasi oshxona stolida paydo bo‘lganda o‘marilgan, ikkitasini yashirinib yurgan yahudiy bergandi. Qolgan bittasini esa bejirim sariq rangli libos kiygan ayol olib kelgan edi.
Lizel o‘zining hikoyasini yozishga o‘tirganida, kitoblar va so‘zlar qachondan boshlab ma’Ium bir narsani emas, balki butun borliqni anglata boshlaganiga qiziqdi. Kitoblar qator qilib terib qo‘yilgan javonlarga liq to‘la xonani ilk marta ko‘rgan chog‘idamikin? Yoki Maks Vandenburg
31
“Himmel” ko‘chasida paydo bo'lib o‘zi bilan birga bir qancha muammo va Gitleming “Mayn Kampf” asarini olib kelganidami? Yoki bombadan qochib jon saqlab chiqqan yashirin boshpanalaridagi odamlarga kitob mutolaa qilib bergan paytidami? Balki, Daxaudagi lagerga1 yo‘l oigan so‘nggi mahbuslar safíni kuzatgan paytidadir? Yoki “So‘z silkituvchi”ni qo‘lga olganidami? Kitob qachon va qayerda uning hayotining ajralmas bo*lagiga aylanganligini aniq aytib bo‘Imasdi. Ushbu savolning javobi nima bo‘lishidan qat’iy nazar, voqealar rivojida birmuncha ilgarilab ketgan ko‘rinamiz. Yuqoridagi taxminlardan bittasini tanlash uchun Lizel Me- mingeming “Himmel” ko‘chasidakechirgan dastlabki kunlarini va cho‘ch- qalik san’atini o‘zlashtirishini qayta ko‘rib chiqishimiz lozim.
Uning yangi uyda yashay boshlaganiga bir necha kun bo‘lsa ham kaftlaridan darvozaning tish izlari, barmoqlaridagi qirovli qon yuqi yo‘qol- magan edi. Uning qomi to'yib ovqat yemaganligi yuzidan, qiltiriq oyoqlari va xodadek qo‘llaridan bilinib turardi. U tishining oqini ko‘rsatishga sho- shilmadi, lekin fursati kelganda hammani hayratda qoldirib tabassum qildi. Uning sochlari xuddi nemis qizlarinikidek malla tusda bo‘lsa ham, to‘q jigarrang ko‘zlari bilan ulardan tamomila farq qilardi. O‘sha paytlarda Ger- maniyada to‘q jigarrang ko‘zlarga ega bo‘lislini deyarli hech kim istamas- di. Balki, bu ko‘zlar Lizelga otasidan meros bo‘lib o‘tgandir, ammo qiz buni aniq bilmasdi, chunki otasining qiyofasini umuman eslolmas edi. Ota- sini o‘ylasa, ko‘z oldiga faqat bitta, o‘zi ma’nosini tushunmaydigan tasvir kelardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |