Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet23/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

G‘ALATI SO‘Z
Kommunist


So‘nggi bir necha yil ichida Lizel “kommunist” so‘zini bir necha bor


1 Daxaudagi lager — fashistlar Germaniyasidagi birinchi konslager. Daxau Myunxen yaqinida 1933- yilda yaratilgan. 130 taga yaqin fíliallari va ishchi guruhlari bo‘lgan. Daxau mahbuslari 24 mamlakatdan keltirilgan 250 mingdan ortiq odamni tashkil etgan. Bu yerda 70 mingga yaqin kishini o‘ldirgan. Shulardan 12000 yaqin Sobiq Ittifoq fuqarolari bo‘lgan.


__ 32


eshitgan edi.


Odamlar bilan to‘la pansionatlar1, savollarga to‘la xonalar va o‘sha so‘z. Bu g‘alati so‘z har doim ko‘zga yaqin yerda yurar, burchakdan pusib qarab turardi. Bu so‘z ba’zan kostyum-shim, ba’zan esa maxsus kiyim kiyib olardi. Ular onasi bilan qayerga borishmasin, suhbat mavzusi otasiga burilishi bilanoq o‘sha so‘z hozir-u nozir bo‘lardi. Qiz ushbu so‘zni hidlar va ta’mini tuyardi-yu, amino harflami ayta olmas va tushuna olmasdi. Onasidan bu so‘z nimani anglatishini so‘raganida, u “Bu muhim emas, bunday narsalar haqida bosh qotirib o‘tirma”, — deya javob berardi. Pan- sionatlardan birida devorga ko‘mir orqali chizib, bolalarga qanday yozish- ni o‘rgatmoqchi bo‘lgan boshqalarga qaraganda sog‘lomroq ayol bor edi. Lizel undan harn bu so‘z nimani anglatishini so‘rashga jazm qilgan, ammo jur’ati yetmagandi. Bir kuni o‘sha ayolni so‘roq qilish uchun olib ketishdi, shundan so‘ng u qaytib kelmadi.
Lizel Molkingga kelganida, shu bilan uni nimadandir qutqarishayot- ganini taxmin qildi, ammo bu unga tasalli bermadi. Agar onasi uni yaxshi ko‘rsa, nega boshqa birovning ostonasiga itqitadi? Nima uchun? Nima uchun? Nima uchun? Qiz ozmuncha bo‘lsa ham buning javobini bilardi, lekin biladigani arzirli sababdek ko‘rinmasdi. Onasi surunkali kasallikka chalingan va sog‘lig‘ini tiklash uchun hemiri ham yo‘q edi. Lizel buni bilsa-da, baribir, tan olishni istamas, onasini bevafolikda ayblardi. Onasi ming martalab unga uni jon-dilidan yaxshi ko‘rishini aytmasin, uni abadiy tashlab ketganligi ona mehrining isboti bo‘la olmasdi. U begona joyda, be- gona odamlar qurshovida qolgan cho‘pdek ozg‘in va yolg‘iz qiz edi, xolos.
Hubermanlar “Himmel” ko‘chasidagi qutisimon kichikroq uylardan birida yashar edilar. Uy bir nechta xona, oshxona va qo‘shnilar bilan ba- ham ko‘riladigan umumiy hojatxonadan iborat edi. Uyning tomi tekis, sayozroq yerto‘la omborxonaga aylantirilgandi. Yerto‘laning unchalik chuqur qazilmaganligi 1939-yilda unchalik katta kamchilik emas edi.


1 Pansionat — 1) turuvchilami haq badaliga oziq-ovqat va kiyim-bosh bilan ta’minlaydigan kichik mehmonxona (asarda shu ma’noda); 2) haq badaliga to‘Ia ta’min etish, to‘la ta’minotga olish.


33


Biroq havo hujumlari avj oigan 1942-1943-yillarda yerto* la dolzarb muammo aylandi, chunki o‘sha paytda Hubermanlar jon saqlash uchun boshpana izlab ko‘chaga chopishlariga to‘g‘ri kelardi.


Dastawal bu yerdagilaming odobsiz so‘zlami aytib, bo‘ralatib so‘- kishlari Lizelning diqqatini tortdi. Bunaqa so‘zlar juda ko‘p edi. Ulaming aytgan har ikkinchi so‘zi yo “Saumensch” yoki “Saukerl” yoki bo‘lmasa “Arschloch” bo‘lardi. Ushbu so‘zlami tushunmagan odamlar uchun qis- qacha izoh berib o‘taman: “5au” so‘zi “c/w ‘chqa” degan ma’noni anglata- di. “Saumensch” (urg'ochi cho‘chqa)ga kelsak, bu so‘z ayollami qattiq haqorat qilish, tahqirlash yoki shunchaki kamsitishga xizmat qiladi. “Saukerl” (erkak cho‘chqa; “saukairF tarzida talaffuz qilinadi) esa erkak- laruchun mo‘ljallangan haqorat so‘zi bo‘lsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri “eshak” deb taijima qilinadigan “Arschloch”ni erkaklarga nisbatan ham, ayollarga nisbatan ham ishlatish mumkin edi.
Lizel kelgan kuni kechqurun cho‘milishdan bosh tortganida, okgay onasi unga qarata:
Saumensch, du dreckiges1!” — deb baqirgandi. Bu ayolning jahli naq bumining uchida turardi. Darhaqiqat, Roza Hubermanning yuzi- dan doimiy qahr-g‘azab ifodasi bir lahzaga bo‘lsa ham arimasdi. Aynan shu sabab lining karton qutisidek g‘adir-budur yuzida ajinlar juda erta paydo bo‘lgandi. •
Axiyri, Lizel xavotir ichida hammomga kirdi. U bu uyga kelib ham- momga tushishini yoki karavotda uxlashini o‘ylab ham ko‘rmagan edi. Qiz yordam olish ilinjida tep-tekis devomi paypaslab, biror tutqichni izlagan- cha javonga o'xshash kichkina yuvinish xonasining bir burchagiga tiqilib oldi. Ammo u yerda qup-quruq bo‘yoq, nafas siqilishi va Rozaning haqo- ratlaridan boshqa hech narsa yo‘q edi.
— Uni o‘z holiga qo‘y. Ketaver, o‘zim qarayman, — janjalga aralashdi Hans Huberman. Uning muloyim ovozi tiniq va amrona yangra- di. Hans yaqinroq kelib, devorga orqasini bergancha polga o‘tirdi. Pol juda


1 Saumensch, du dreckiges (nemischa) —irkit urg’ochi cho‘chqa, ncga yechinmayapsan.
34


sovuq va bemehr edi.


— Sigaretni qanday qilib o‘rashni bilasanmi? — so‘radi u Lizeldan. Shundan keyingi o‘tgan bir soat mobaynida ular asta chulg‘ayotgan zulmat soyasida o‘tirib, birgalikda sigareta o‘rashdi. Hans Huberman o‘ralgan sigaretalardan bittasini chekib tugatdi. Bir soat ichida Lizel allaqachon sigaretani mohirlik bilan o‘rashni o‘rganib oigan, lekin hanuz cho‘mil- magandi.



Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish