Himmel — osmon.
Ko'chma ma’noda: jannat
27
Bu ko‘chaga “Himmel” degan nomni qo‘yishni kim o‘ylab topgan bo‘lsa ham chuqur kinoya qilgan ko‘rinadi. Garchi ko‘cha do‘zaxga o‘x- shamasa-da, anuno uni jannat deb ham atab bo‘lmasdi. Xullas, o‘shajahan- namga ham, jannatga ham o‘xshamaydigan joyda Lizelni yangi ota-onasi mushtoq bo‘lib kutishayotgan edi. Er-xotin Hubermanlar bitta qiz va bitta o‘g*il bolani qaramog‘iga olib, bolalar uchun hukumatdan ozgina nafaqa olishga erishmoqchi edilar. Shu tobda hech kim Roza Hubermanga bola yo‘lda o‘lib qolganligi to‘g‘risida xabar berishga jur’at etmadi. Aslini ol- ganda, Rozaga hech kim hech narsa demoqchi emas edi. Roza o’tmishda asrandi bolalami tarbiyalashda muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘Isa-da, uni farishta deb bo‘lmasdi, chunki u o‘zining qattiqqo‘1 intizomi bilan bir nechta bolaning aqlini yaxshilab kiritib qo‘ya olgandi.
Lizel esa umrida ilk marotaba mashinaga minib yangi uyiga yo‘l oldi. U ilgari bunday ajib aravaning yoniga ham yo‘lab ko‘rmagandi.
Qiz mashinada u yoqdan bu yoqqa borib kelar, yo‘ldan adashib qo- lishlariga yoki fíkrlarini o‘zgartirishlariga umid qilib borardi. Eng ahami- yatlisi, xayoli yana orqaga qaytmoqchi bo‘lib vokzalda qolgan onasiga tomon uchib ketaverardi. Onasi zarracha issig‘i yo‘q paltosiga o‘ralib olib, dag‘-dag‘ qaltiragancha poyezd kelishini kutayotgan va tinmay timog‘ini tishlayotgan bo‘lsa kerak. Sovuq sement vagón ham juda uzun va noqulay bo‘lsa kerak. U qaytayotganida uzoqdan o‘g‘lining dafh etilgan joyini tusmollab qarab borarmikan yoki uyqu ustunlik qilarmikan? Mashina ha- mon yo‘Ida yurib borar, Lizel dahshat bilan so‘nggi, halokatli muyulishni kutardi.
Kun xuddi Yevropa rangidek kulrang tusga kirgan edi. Yomg‘ir mashinaning to‘rt tomonini parda singari o‘rab oldi.
— Deyarli yetib keldik, — dedi farzandlikka olish idorasi xodimasi Frau Heynrix va o‘girilib qizga jilmaydi. — Dein neues Heim — Sening yangi uying.
Lizel yomg‘ irdan xira tortgan mashina oynasiga aylana chizgancha tashqariga boqdi.
— 28
“HIMMEL” KO‘CHAS INING TASVIRI
Ko‘cha bo'ylab cho'zilib ketgan uylar xuddi bir-biriga yopishib turganga o'xshar, turar joylar asosan kichik-kichik uylar va ko‘p qavatli binolardan iborat edi. Loyli qor yerga gilamdek yastanib oigan edi. Lizel betón, qip-yalang‘och daraxtlaming rangini va havoni kulrang tusini his qildi.
Ular bi lan mashinada yana bir odam kelayotgan edi, u Frau Heynrix uyga kirib ketgach, qiz bilan yolg‘iz qoldi, ammo biron marta ham og‘zini ochmadi. Lizel bu odamni uning yoniga qochib ketmasligi yoki uyga kir- may tixirlik qilgan taqdirda majburlab olib kirishi uchun qo‘yib ketishgan bo‘lsa kerak deb taxmin qildi. Holbuki Lizelning qaysarligi tutib qolgan kezda o‘sha odam uni ushlash u yoqda tursin, o‘midan ham qo‘zg‘alib qo‘ymadi. Ehtimol, uni so'nggi chora sifatida zaxirada asrab qo‘yishgan- dir. Bir necha daqiqadan so‘ng uydan novchadan kelgan bir odam chiqib, ular tomonga qarab kela boshladi. U Lizelning o‘gay otasi Hans Huberman edi. Uning bir tomonida o‘rta bo‘yli Frau Heynrix, ikkinchi tomonida esa egniga palto tashlab olgan, shakl-shamoyili xuddi kiyim javonini eslatib yuboruvchi Roza Hubermanning cho‘kkan gavdasi ko‘rindi. Roza Huberman shoshilmasdan mayda qadam otib kelardi. G‘ijimlangan karton quti- siga monand yuzini hisobga olmaganda uni yoqimtoy ayol deyish mumkin edi. Xuddi hamma narsaga zo‘rg‘a chidayotgandek Rozaning yuzida g‘a- zab ifodasi yaqqol namoyon edi. Eri esa barmoqlari orasidan sigaretasini burqsitib to‘ppa-to‘g‘ri oldimizga keldi.
* * *
Shu tob kutilmagan bir holat yuz berdi:
Lizel mashinadan tushishni istamadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |