22 ...
O‘shanda 1939-yilning yanvar oyi edi. Lizel to‘qqiz yoshni to‘ldir- gan, yaqin orada o‘n yoshini qarshilamoqchi bo‘lib turgan edi. Uning ukasi endi bu dunyoda yo‘q.
Qizning bir ko‘zi ochiq.
Biri hali ham tush ko‘rardi.
Ehtimol, ikkala ko‘zi ham yumuq bo‘lganida tushi mukammal bo‘- larmidi — lekin bunisi mening qo‘limda emas.
To‘satdan tush ko‘rayotgan ikkinchi ko‘z ham ochilib meni tutib oldi — bunga zarracha shubham yo‘q. Tiz cho‘kib o‘tirgancha bolaning jonini tanasidan ajratib, shishgan qo‘llarimda oqsoqlanib olib ketayot- ganimda u meni ko‘rib qoldi. Bolaning ruhi tezda ilidi, lekin uni azot ko‘targanimda, ruhi muzqaymoq kabi yumshoq va sovuq edi. U mening qo‘llarimda asta eriy boshladi.
Keyin isib ketdi va sog‘aydi.
Lizel Meminger esa larzaga tushgan holda alahsiragan xayollari girdobida qoldi:
“Es stimmt nicht1.
Bunday bo‘lish mumkin emas.
Bu ro‘yo. Bu aslo haqiqat emas”.
Lizel uni silkita boshladi.
Nega odamlar doimo o‘liklami silkitib ko‘radilar?
Ha, sababini o‘zim bilaman, chamamda, bu ichki sezgi bilan bog‘liq deb olylayman. Haqiqat oqimini to‘sib qo‘yish uchun shunday qilishsa kerak-da. O‘sha paytda issiq va sirpanchiq bo‘lib qolgan qizning yuragi qinidan chiqib ketgudek darajada qattiq urardi. Men esa ketish o‘miga ahmoqlarcha unga qarab turaverdim. Qiz aqldan ozgan telbadek jahd bilan onasini silkitib uyg‘otdi. Agar buni tasavvur qilish qo‘lingizdan kelmasa, noqulay sukunat haqida o‘ylang. Parcha-parcha bo‘lib suzib yurgan va po- yezdga g‘arq bo‘lib ketayotgan tubsiz umidsizlikni ko‘z oldingizga keltiring.
1 Es stimmt nicht (nemischa) — bu haqiqat emas.
23
* * *
Qor tinmasdan yog‘ar, Myunxenga yo‘l oigan poyezd yo‘lda ta’mir ishlari olib borilayotganligi sababli to‘xtab qolgandi. Poyezd ichida bir ayol uwos solib yig‘lar, uning yonidagi qiz esa hayratdan qotib karaxt turardi. Ona vahima ichida eshikni ochib, mitti jasadni qo‘llanda ushla- gancha qorga sakrab tushdi. Qizning ham unga ergashishdan boshqa iloji yo‘q edi.
Oldin ham aytilganidek, ikkita vagón nazoratchisi poyezddan pastga tushishdi. Ular nima qilish haqida maslahatlashib biroz tortishdilar. Vazi- yat, yumshoq qilib aytganda, juda yoqimsiz edi. Va nihoyat: “Uchalasini ham keyingi bekatga olib borib, o‘sha yerda muammosini hal qilish uchun qoldirish kerak”, — degan qarorga kelishdi. Poyezdning o‘zi esa qorli yer- larda arang oqsoqlanib yurib kelayotgan edi, hozir bo‘lsa ortiq siljiy olmay turib qolgandi. Quchog‘ida murg‘ak bolasini ushlagan ona va boshqalar vagonga qayta chiqishdi va o‘tirmay tik turib olishdi. O4lik bola soniya sayin og‘irlashib borardi.
Lizel qayerdaligini bilmas edi. Atrof-javonib to‘liq oq rangga bur- kangan, Lizel ulami qoldirib ketishgan bekatning xira tortgan nomini o‘qiy olmasdan harflarga baqrayib turardi. Lizel uchun o‘sha bekatning nomi noma’lum bo‘lib qolaverdi; ikki kundan keyin ruhoniy va sovuqdan diy- diragan ikki go‘rkov guvohligida ukasi Vememi dafti etishdi.
_ £
Do'stlaringiz bilan baham: |