MAKS VANDENBURGNING DEVORGA YOZGAN
BITIKLARI
Farahbaxsh dushanba kuni ular osmon uzra tortilgan arqon bo'ylab quyoshga tomon yurib ketishdi...
Bokschi:
May oyining oxiri
Maks Vandenburgning bisotida salqin sement va u bilan o‘tkazishi kerak bo‘lgan ko‘pgina vaqt bor edi.
Daqiqalar shafqatsiz, soatlar berahm va kechirimsiz edi.
Uyqudan ko‘z ochgan har lahzada uning ustida vaqtning qo‘li turar va uni hech ikkilanmasdan o‘z iskanjasiga olar va chirpirak qilib aylan- tirardi. Keyin esa jilmayib, uni obdan kaftida siqar va yana yashashiga qo4- yib berardi. Biror kishining yashashiga qo‘yib berishdan ham ortiq yovuz- lik bormi bu dunyoda?
Hans Huberman kuniga hech bo‘lmaganda bir mahal yerto‘laga tu- shib Maks bilan ikki og‘iz gaplashib keyin yana iziga qaytar, ba’zan Roza ovqatdan tashqari qoq non olib kelardi. Ammo faqat Lizel kelganidagina Maks o‘zining yashashga ishtiyoqi yanada ortib, hayot qiziqarli bo‘lib ketishini tushunib yetdi. Awaliga u o‘z qalbiga qarshilik ko‘rsatishga urinib ko‘rdi, lekin Lizel har kuni uning oldida yangi ob-havo xabarlari bilan paydo bo‘lib, musaffo, ko‘m-ko‘k osmon, yakkam-dukkam bulutlar yoki bo‘kib ovqat yeganidan dum-dumaloq tusga kirgan quyoshning porlashini tasvirlab berganida ichidagi kurash battar qizg‘inlashib ketardi.
Bir o‘zi yolg'iz qolgan kezlari Maksning fikr-yodini kun sayin ushalib, yo‘qolib borayotganlik hissi chulg‘ab olar edi. Shimidan tortib to
yasini tingladi va qiz bilan birga qo‘shilib kuldi.
Lizelning gol urganligi haqidagi hikoyasi tugagach, bir necha daqiqa davomida ikkalasi ham sukut saqlashdi, so‘ngra Maks asta boshini ko‘tarib qizga qaradi:
— Lizel, men uchun bitta yaxshilik qila olasanmi?
“Himmel” ko‘chasidagi futbolda urgan golidan hanuz hayajon- lanayotgan Lizel qog‘oz uyumi ustidan sakrab turdi. U hech narsa demagan bo‘lsa ham harakatlari orqali Maks nima so‘rasa ham amalga oshirishga tayyorligini bekam u ko‘st namoyish qildi.
— Sen hozir menga urgan goling haqida hamma narsani aytib herding, — gap boshladi Maks, — lekin tashqarida kun qandayligini bu yerda o‘tirib bila olmayman. Golni quyosh tig‘ida urdingmi yoki bulutlar osti- dami — bunisi menga qorong‘i. — Maks qo‘lini kalta qirqilgan sochlari orasidan yugurtirdi, ichiga botib ketgan ko‘zlari soddalikning eng yuksak ko‘rinishini fosh qildi. — Yuqoriga chiqib, men uchun bugun ob-havo qanday ko‘rinishda ekanligini tasvirlab bera olasanmi?
Tabiiyki, Lizel zinadan shosha-pisha yuqoriga ko‘tarildi. U tupukka to‘lib ketgan eshikdan bir-ikki qadam narida turib, osmonni ko‘zdan kechira boshladi.
Yerto‘laga qaytib, Maksning iltimosini nihoyasiga yetkazdi:
— Maks, osmon bugun moviy rangda, uning bag‘rida bitta arqon- day cho‘zilgan ulkan, uzun bulut suzib yuribdi. Bulutning panasida sariq tuynukka o‘xshash osilib turibdi...
O‘sha paytda Maks unga faqatgina yosh bola ob-havoni shunday tasvirlab berishi mumkinligini angladi. Cho‘tkani qo‘liga olib devorga bo‘yoq bilan Lizel tasvirlaganidek bir uchiga sap-sariq quyosh ilashib tur- gan uzun va mustahkam to‘qima arqonni chizdi. Tasvir shunchalar tabiiy chiqdiki, tomosha qilgan odam ichiga sho‘ng‘ishni istab qoladi. Maks ar- qonsimon bulut ustiga ikkita odamni — nozikkina qiz va asta so‘nib bora- yotgan yahudiyni chizdi, ular bir-birining qo‘llarini ushlab, zaminni o‘z nuri bilan sug‘orayotgan quyosh tomon ketib borishardi. Rasm ostiga quyi- dagi jumlalar ham yozib qo‘yildi:
- £
Do'stlaringiz bilan baham: |