HANS HUBERMAN VA UNING O‘G‘LI ORASIDAGI
ZIDDIYATNING QISQACHA TARIXI
Otasidan farqli ravishda yigit fashist edi. Kichik Hansning nazarida, otasi oldingi davrlardagi puturdan ketgan, xalqi aziyat chekayotganida boshqa davlatlaming oyog‘ini yalagan Germaniyamng bir qismi edi. U otasini yahudiylaming uylarini bo'yovchi “Der Juden Maler” — yahudiylar bo'yoqchisi deb alqashganini ko‘rib ulg'aygan edi.
Keyinchalik bitta voqea yuz berdi, buni tez orada to‘liq bayon qilaman. Hans o'shanda natsistlar partiyasiga a’zo bo'lish arafasida barchaning ko'nglini qoldirgandi. Yahudiy do‘konlarining oíd qismiga yozilgan isnodli so'zlami bo‘yashga hojat yo'qligi hammaga ayon. Bunday xatti-harakat nafaqat Germaniyaga, balki qoidabuzaming o‘ziga ham jiddiy zarar yetkazadi.
— Demak, siz hali qabul qilinmadingiz, shunaqami? — Kichik
bayram Isoning tirilishi to‘g‘risidagi rivoyat bilan bog‘liq bo‘lib, pravoslavlaming asosiy bayrami hisoblanadi. Bahorgi tengkunlik va to‘lin oydan keyingi 1 -yakshanbada nishonlanadi.
Hans o‘zaro bahslarini “Rojdestvo” bayramida to‘xtagan joyidan davom ettirdi.
— Qayerga?
— O‘zingiz mundoq bir taxmin qiling-da, albatta, partiyaga-da!
— Yo‘q: “Ular meni eslaridan chiqarib qo‘yishdi”, — deb o‘ylay- man.
— Unutishgan bo‘lishsa, o‘zingiz o‘shandan beri biron marta bolsín murojaat qilib ko‘rmadingizmi? “Olma pish, og‘zimga tush”, — deb o‘tiraversangiz, bu ketishda hammaning esidan chiqib ketasiz. Yangi dunyoni to ostonaga yetib kelguncha kutib o‘tirishingiz shart emas, o‘t- mishdagi xatolaringizdan qat’iy nazar, o‘zingiz borib partiyaning bir qismiga aylanishingiz kerak.
Hans boshini ko‘tarib o‘g‘liga qaradi:
— Xatolar? To‘g‘ri, hayotimda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yganman, lekin fashistlar partiyasiga qo‘shilmaganim bu xatom emas. Ularga arizam- ni topshirib qo‘yganman, buni bilasan, lekin boshqa yalinmayman. Men shunchaki...
O‘sha paytda uyga qattiq izg‘irin kirib kelib, raqs tusha boshladi. Balki, bu tobora kuchayib borayotgan Uchinchi Reyxning nafasidir. Ehti- mol, bo‘g‘riqqan Yevropaning nafasidir. Nima bcTlishidan qat’iy nazar, u katta va kichik Hubermanlaming metall rangli ko‘zlari oshxonadagi qalay idishlar singari to‘qnashgan paytda g‘oyib bo‘ldi.
— Siz umringizda biron marta ham bu mamlakat haqida qayg‘ur- magansiz! — xitob qildi Kichik Hans. — Siz mamlakat taqdiriga tamoman befarqsiz.
Otasining ko‘z qorachiqlari g‘azabdan toraya boshladi, ammo bu kichik Hansni gapirishdan to‘xtata olmadi. U negadir Lizelga qarab qo‘ydi. Uchta kitobini xuddi bir-biri bilan suhbatlashayotgandek stol ustga tik tur- g‘azib qo‘ygan Lizel ulardan birini mutolaa qilar va lablarini tovushsiz qimirlatardi.
— Mana bu qiz qanday be’mani kitoblami o‘qiyapti? U “Mayn Kampf’ni o‘qishi kerak.
Lizel boshini ko‘tarib ularga qaradi.
— Tashvishlanma, Lizel, — dedi Hans. — O‘qiyver. U nima deyayotganini o‘zi tushunmaydi.
Ammo kichik Hans taslim bo‘lmadi, otasiga yaqinlashib so‘zlashda davom etdi:
— Yoki fyurer uchun xizmat qiling, yoki unga qarshi bo‘ling. Unga tish-timog‘ingiz bilan qarshi ekanligingizni ko‘rib turibman. Boshidanoq shunday edingiz.
Lizel kichik Hansning yuziga, yupqa lablariga va qoyasimon pastki tishlariga qarab qo‘ydi.
... — Afsuski, siz butun xalq mamlakatni o‘tmish axlatlaridan toza- lab, uning yanada buyuk bo‘lishi uchun jon kuydirayotgan bir paytda chek- kada erkak boshingiz bilan qo‘l qovushtirib turibsiz.
Trudi va onasi ham Lizeldek qo‘rquv ostida sukut saqlab o‘tirishdi. Oshxonada no‘xat sho‘rva, kuyayotgan bir narsa va kelishmovchilik hidi anqirdi.
Hamma keyingi so‘zlar nima bo‘lishini kutib turardi. Va nihoyat o‘g‘il ikkita so‘z aytdi.
— Siz qo‘rqoqsiz! — u otasining yuziga qarab turib shunday dedi va awaliga oshxonadan, keyin esa uydan chiqib ketdi.
Otasi bu foyda bermasligiga ishonib tursa ham ostonaga chiqib o‘g‘lining orqasidan qichqirdi:
.— Qo‘rqoq? Qo‘rqoq menmanmi?! — u shunday deb darvoza tomón shoshildi va yolvorayotganday, o‘g‘lining orqasidan yugurdi. Roza Huberman deraza oldiga chopib kelib, bayroqni yulib tashladi va tabaqa- lami ochib yubordi. U, Trudi va Lizel uchalasi derazaga tiqilishib, otaning o‘g‘liga to‘xtashini iltimos qilib, qoTlaridan ushlab turganini ko‘rishdi. Ulaming nima deb gaplashayotganliklari eshitilmasa-da, otasining qoTi- dan yulqinib qochib ketayotgan kichik Hansning harakatlari hammasini baralla namoyon etib turardi. Ko‘chaning boshida o‘gTining ketishini ku- zatib turgan otaning qiyofasi ularga qarab na’ra tortdi.
— Hansi! Orqangga qayt! — nihoyat Roza o‘g‘lini chaqirdi. Uning
ovozidan Trudi ham, Lizel ham sapchib ketishdi.
U oilasini tark etgandi. Ha, u ketgandi. Sizga bu voqeaning yosh Hans Huberman foydasiga ishladi deb aytishdan mamnun bo‘lardim-u, ammo bunday emasdi.
O‘sha kuni fyurer nomini aytib “Himmel” ko‘chasidan bosh olib ketgan Hans boshqa voqealar ustidan chiqar va har bir qadami uni muqarrar ravishda Rossiyaga, aniqrog‘i Stalingradga yaqinlashtirardi.
®
-A STALINGRAD HAQIDA BA’ZI MA’LUMOTLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |