K1CHIK QO'SHIMCHA
“Kommunist” so‘zi + ulkan gülxan + o‘lik harflar to'plami + onasining azob-uqubatlari + ukasining o‘limi = fyurer.
y
Fyurer.
Lizel onasiga birinchi maktubini yozgan kuni kechqurun Hans va Roza Huberman nazarda tutgan “ular” aslida fyurer edi. U buni tushungan bo‘lsa ham, lekin, baribir, so‘rashni ma’qul topdi.
— Mening oyim kommunistmi? — Lizel hech qanday istiholasiz, otasining ko‘ziga tik qarab so‘radi. — Men bu yerga kelishimdan oldin, u bilan yashaganimda doim undan biron narsa so‘rab kelishardi.
Hans yolg‘onining boshini to‘qib olish maqsadida qizdan biroz oldinga surildi.
— Men bilmayman, uni hech qachon ko‘rmaganman.
— Uni fyurer olib ketganmi?
Bu savoldan ikkalasi ham hayratda qoldi. Hans oyoqqa turib belkurak bilan kul uyumiga yaqinlashayotgan jigarrang libosli yigitlarga bir qarab qo‘ydi. Kul uyumi ichiga kuraklaming urilgan tovushi eshitildi. Hans navbatdagi yolg‘onni aytishga og‘iz juftladi-yu, ammo tiliga chiqa- rishni ep ko‘rmadi:
— Ehtimol, shunaqa bo‘lgandir.
— Shundayligini bilardim, — so‘zlar zinapoyaga irg‘ib tushdi, Li-
zel oshqozonida qizg‘in g‘azab uyg‘onganini sezdi. — Men fyurerdan nafratlanaman. Men undan nafratlanaman!
Hans Huberman-chi? U nima qildi? Nima dedi?
O‘zi istaganidek egilib, asrandi qizini bag‘riga bosdimi? Lizel va onasining boshiga tushgan hamma ko‘rgiliklarga, ukasining o‘limiga hamdard ekanligini aytdimi?
Yo‘q, u bunday qilmadi: ko‘zlarini bir yumib-ochib, Lizel Memin- geming yuziga tarsaki tortib yubordi.
— Hech qachon bunday deya ko‘rma! — uning ovozi sekin, ammo qat’iy yangradi.
Lizel seskanib, zinapoyaga ag‘darilib ketgach, otasi ham uning yoniga cho‘kib, yuzini qo‘llari orasiga yashirdi. Uni bir qarashda shuncha- ki cherkov zinapoyasida o‘tirgan tushkun kayfiyatdagi bechora va novcha odam deb o‘ylash mumkin edi, ammo aslida unday emas edi. O‘sha lahza- larda Lizel o‘gay otasi Hans Hubermanning Germaniyaning har bir fuqa- rosi duch kelishi mumkin bo'lgan arosat ichida qovurilayotganini bilmas, buni tasawur ham qila olmas edi. Ustiga-ustak, bu arosat qariyb bir yildan buyon uni ta’qib qilayotgan edi.
— Dada? — Lizelning ovozidagi taajjublanish aniq aks etsa-da, ammo u hech narsa qila ohnadi. U qochmoqchi edi, lekin qocha olmadi. U rohiba muallimalarining yoki Rozaning kaltaklarini miq etmay qabul qili- shi, chidashi mumkin edi, ammo otasining tarsakisi hammasidan o‘tib tushdi. Hans qo‘llarini yuzidan olib o‘zida yana gapirishga kuch topdi:
— Bu gapni uyda aytsang, mayli, — dedi u Lizelning lov-lov yona- yotgan yonog‘iga qarab. — Lekin zinhor-bazinhor ko‘chada, maktabing- da, “Nemis qizlar ittifoqi” binosida ayta ko‘rma! — Hans uning oldiga o‘tib turdi va tirsagidan ko‘tarib, silkitdi. — Nima deganimni eshitdingmi?
Ko‘zlari katta-katta ochilgancha qotib qolgan Lizel itoatkorlik bilan bosh irg‘adi.
Bu aslida kelajakdagi boshqa bir ma’ruza uchun tayyorgarlik mashqi edi. O‘sha yilning oxirida, noyabr oyining erta tonglaridan birida Hans Hubermanning barcha dahshatli qo‘rquvlari “Himmel” ko‘chasida bo‘y
ko‘rsatdi.
— Yaxshi, — Hans Lizelni boyagi joyiga o‘tirg‘izib qo‘ydi. — Endi bir urinib ko‘raylik... — Hans zinapoya etagida tik turib, qaddini rostladi va qo‘lini qirq besh daraja burchak ostida ko‘tardi:
— Hayl Gitler!
Lizel ham o‘midan turib qo‘lini uzatdi va Hansning izidan “Hayl Gitler!”ni takrorladi.
Cherkov zinapoyasida ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a tiyib turgan o‘n bir yoshli qizning fyurerga hurmat bajo keltirishi, otasining yelkasi osha ko‘zga tashlanuvchi qop-qora kultepaning belkuraklar bilan tilkalana- yotgan tovushi o‘ziga xos manzarani hosil qilgandi.
— Ikkimiz hali ham do‘stmizmi?
Oradan taxminan chorak soat o‘tgach, Hans kaftida yaqinda oigan qog‘ozi va tamaki kukuni bilan birga sigaretaga mos zaytun novdasini ush- lab turardi. Lizel hech bir so‘z aytmasdan qo‘lini uzatdi va sigareta o‘ray boshladi.
Ular ancha payt shu alpozda indamay o‘tirishdi, Hansning yelkasiga tutun o‘rladi.
Yana o‘n daqiqadan so‘ng o‘g‘rilik darvozasi xiyol ochiladi, Lizel Meminger esa ulami yanada kengroq ochib, sirg‘alib ichiga kirib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |