29
“Was 1st los mit dem Kind1?” — deb so‘radi Roza Huberman. Javob bo‘lavermagach, savolini yana takrorladi va mashinaga yuzini tiqib: “Na, komm. Komm1 2 ”, — dedi.
Qizning oldidagi o‘rindiq pastga egildi. Mashinaga tushgan sovuq yorug‘lik qizni tashqariga chiqishga undadi. Lekin uning o‘midan siljish niyati yo‘q edi.
Lizel tashqariga qarab, boya o‘zi chizgan aylana ichidan baland bo‘yli odamning hanuzgacha sigareta ushlab turgan barmoqlarini ko‘rdi. Sigareta uchi asta-sekin kulga aylanib, pastga qulab tushguncha bir necha lahza uchib yurdi va axiyri yerga g‘arq bo‘ldi. Oradan o‘n besh daqiqa o‘tgachgina ular Lizelni mashinadan tushirishga muvaffaq bo‘lishdi. Nov- cha odam uni muloyimlik bilan ko‘ndira oldi.
Shundan keyin Lizel uyga kiraverishdagi darvozaga yopishib oldi. Tutqichdan mahkam ushlab ichkariga kirishdan oyoq tirab turib olganida ko‘zlaridan dona-dona yosh dumaladi. Voqea joyiga yig‘ila boshlagan to- moshabinlar Roza Hubermanning tanbehlari ostida in-inlariga kirib ketishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |