MAKS VANDENBURGNING DEVORGA YOZGAN
BITIKLARI
Farahbaxsh dushanba kuni ular osmon uzra tortilgan arqon bo‘ylab quyoshga tomon yurib ketishdi...
Bokschi:
May oyining oxiri
Maks Vandenburgning bisotida salqin sement va u bilan o‘tkazishi kerak bo‘lgan ko‘pgina vaqt bor edi.
Daqiqalar shafqatsiz, soatlar berahm va kechirimsiz edi.
Uyqudan ko‘z ochgan har lahzada uning ustida vaqtning qo‘li turar va uni hech ikkilanmasdan o‘z iskanjasiga olar va chirpirak qilib aylan- tirardi. Key in esa jilmayib, uni obdan kaftida siqar va yana yashashiga qo‘- yib berardi. Biror kishining yashashiga qo‘yib berishdan ham ortiq yovuz- lik bormi bu dunyoda?
Hans Huberman kuniga hech bo‘lmaganda bir mahal yerto‘laga tu- shib Maks bilan ikki og‘iz gaplashib keyin yana iziga qaytar, ba’zan Roza ovqatdan tashqari qoq non olib kelardi. Ammo faqat Lizel kelganidagina Maks o‘zining yashashga ishtiyoqi yanada ortib, hayot qiziqarli bo‘lib ketishini tushunib yetdi. Awaliga u o‘z qalbiga qarshilik ko‘rsatishga urinib ko‘rdi, lekin Lizel har kuni uning oldida yangi ob-havo xabarlari bilan paydo bo‘lib, musaffo, ko‘m-ko‘k osmon, yakkam-dukkam bulutlar yoki bo‘kib ovqat yeganidan dum-dumaloq tusga kirgan quyoshning porlashini tasvirlab berganida ichidagi kurash battar qizg‘inlashib ketardi.
Bir o‘zi yolg‘iz qolgan kezlari Maksning fikr-yodini kun sayin ushalib, yo‘qolib borayotganlik hissi chulg‘ab olar edi. Shimidan tortib to
jun jemperigacha, egnidagi suv singan oqayotgan kostyumigacha — barcha-barchasi xuddi kulrang tusga kirib qolgandek tuyular, ulaming rangi awal ham shundaymidi yoki boshqacharoqmidi, eslay olmasdi. U xuddi tanasi vaqt o‘tishi bilan asta erib borayotgandek o‘qtin-o‘qtin teri- sining uvalanib tushayotgan yoki tushmayotganligini ham tekshirib ko‘rar- di.
U yangi ish yoki loyiha bilan andarmon bo‘lib yurishni istar edi. Birinchi bo‘lib xayoligajismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish keldi. Maks mashg‘ulotlami yuztuban yotib gavdasini ko‘tarib tushirishdan boshladi — u yerto'laning sovuq va zax polida qomini yerga qo‘yib qo‘llariga tayangan holda tanasini ko‘tardi. Maksning qo‘llari tirsak qismidan sinib ketgandek, yuragi esa qinidan tashqariga chiqib ketib, ayanchli tarzda yerga yiqilib tushadigandek tuyulardi. Shtutgartda kechgan o‘spirinlik yillarida u shunaqa mashqlardan bir vaqtning o‘zida ellikta bajarardi. Hozir esa odatiy vaznidan taxminan o‘n besh futga yengilroq bo'lib qolgan yigir- ma to‘rt yoshli yigitning yotib turish mashqidagi ko‘rsatkichi zo‘rg‘a o‘n- taga yetdi. Gradan bir hafta o‘tgach, u kuniga har biri o‘n oltita yotib turish va yigirma ikkita o‘tirib turishdan iborat uchta mashg‘ulotlar to‘plamini bajaradigan bo‘ldi. Jismoniy mashqlami tugatgandan so‘ng yerto‘la devo- riga orqasini berib, qadrdon bo‘yoq idishlari orasida o‘tirar, tishlaridagi yurak urishini his qilardi. Mushaklari yumshab keyin yana qotib qolganday bo‘lardi.
Ba’zan u shuncha harakat qilib o‘zini zo‘riqtirishi biror narsaga arziydimi o‘zi, deb o‘ylab qolar, ba’zan esa yurak urishi maromiga kelib, tanasi faollashgan kezda chiroqni o‘chirib qo‘yar va zulmatda ancha vaqt tik turardi.
Maks garchi yigirma to‘rt yoshda bo‘lsa ham orzu-xayol qilishni hali unutib qo4ymagan edi.
— Moviy burchakda, — u past ovozda sharhlay boshladi, —jahon chempioni, oriy mo‘jizasi — Fyurer! Maks bir xo‘rsinib olib, ikkinchi tomonga burildi. — Va qizil burchakda unga qarshi kurashuvchi kala- mushbashara yahudiy Maks Vandenburg.
Maksning atrofida uiaming barchasi mujassam bo‘ldi.
Boks bo‘ladigan ringga oppoq chiroq nurlari tushdi, bir vaqtning o‘zida gapirishga tushadigan ko‘plab odamlaming sehrli shovqini eshitildi. Tomoshabinlaming har birida qanday qilib bir vaqtda gapirish uchun so‘z topilar ekan-a? Ring juda hashamdor, oyoq ostiga eng sifatli to‘shama to‘shalgan, ulug‘vor arqonlar to‘rt tomondan o‘rab turardi. Hattoki arqon to‘qilayotganida chekkasidan chiqib ketgan ortiqcha iplar ham oppoq nurda beg‘ubor porlardi. Zaldan sigareta va pivoning hidi anqib yotardi.
Adolf Gitler o‘zining burchagida tarafdorlari bilan turibdi. Orqa tarafida qora svastika belgisi yonib turgan oq-qizil xalati ostidan oyoqlari ko‘zga tashlanar, yuziga qo‘ng‘izmo‘ylovi yopishtirilgan edi. Murabbiy Gebbels uning qulog‘iga nimadir deb pichirlagach, iyurer oyoqdan oyoqqa sakrab, jilmaydi. Ringdagi jangni e’ion qiluvchi odam Gitleming uzundan uzoq yutuqlari ro‘yxatini o‘qiy boshlanganda uning tabassumi yanada kuchaydi va har bir yutug‘i g‘ayratli olomonning gulduros qarsaklari bilan kutib olindi.
— Ko‘p sonli yahudiylar va nemis xalqining boshqa dushmanlariga qarshi kurashda biron marta kuragi yerga tegmagan! Herr iyurer, — dedi ringdagi odam so‘zlarini yakunlab, — biz sizni qutlaymiz!
Tartibsiz olomon ham bir ovozdan baqirdi. Hamma tinchlanib bo‘l- gach, navbat ikkinchi talabgorga keldi.
Ringdagi kuzatuvchi qizil rangli burchakda yolg‘iz o‘zi turgan Maksga yuzlandi. Uning egnida na xalat, na yordamchi jamoasi bor edi. Irkit nafasli, ko‘ksi yalang‘och, qo‘llari va oyoqlari holdan toygan yolg‘iz yahudiy. Uning kalta ishtonining rangi, albatta, kulrang edi. U ham oyoq- larida sakradi, ammo kuch-quwatini asrash uchun darrov to‘xtadi. U vazn toifasiga kirish uchun sport zalida allaqachon ko‘p ter to‘kkandi.
— Raqib bokschi! — ring kuzatuvchisi Maksning nomini e’ion qila boshladi, ammo biroz to‘xtab qoldi. — Yahudiy millatiga mansub. Olomon o‘laksaxo‘r qushlarga o‘xshab o‘kirib yubordi. — Vazni...
Nutqning oxirini hech kim eshitmadi. Kuzatuvchining ovozi old qa- torda o‘tirganlaming haqorat va tahdidlari ichida g‘arq bo‘lib ketdi. Maks-
Do'stlaringiz bilan baham: |