Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet125/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

- „253,


ning raqibi shu orada xalatini yechib ringning o‘rtasiga chiqdi — endi jang- gacha qoidalami e’lon qilish va qo‘l berib ko‘rishish bosqichlari qolgan edi.


Guten Tag, Herr Gitler, — Maks bosh irg‘adi, biroq fyurer unga faqat sariq tishlarini ko‘rsatib qo‘ydi va shu zahotiyoq ulami yana lab- larining ichiga oldi.
— Janoblar! — dedi qora shim va ko‘k ko‘ylak kiygan baquwat hakam murojaat qildi. U tomog‘iga kapalaknusxa bo‘yinbog‘ taqib olgan- di. — Awalo, kurash adolatli boTsin, — keyin u fyurerga qarab gapida davom etdi. — Albatta, agar, Herr Gitler yutqazishni boshlamasa. Agar shunday bo‘ladigan boTsa, men mana bu qoTansa hidli sassiq yahudiyning bumini yerga ishqalab qo‘yish uchun har qanday adolatsiz hiyla-nayrang- larga ko‘zimni yumishga tayyorman, — hakam xushmuomalalik bilan bosh irg‘adi. — Hammasi tushunarlimi?
Shu lahzada fyurer tish yorib ilk so‘zini aytdi:
— Tushunarli.
Hakam Maksni ogohlantirdi:
— Senga kelsak, yahudiy do‘stim, shuni maslahat beramanki, sening o‘mingda bo‘lganimda, o‘zimning boshimga ortiqcha balo orttirib olmagan bo‘lar edim. Umuman ringga ham ko'tarilmasdim.
Shundan so‘ng raqiblar o‘z burchaklariga jo‘natildi.
Qo‘ng‘iroq chalinguncha bir-ikki lahzalik sukut hukm surdi.
Birinchi bo‘lib oyoqlari oriq va qo‘pol fyurer o‘rtaga sakrab chiqdi va Maksga tashlanib yuziga qattiq urdi. Quloqlarida hanuzgacha qo‘n- g‘iroq ovozi jaranglayotgan olomon bir chayqalib oldi, ulaming mamnun tabassumi arqonlami yorib o‘tdi. Gitleming og‘zidan tutunli nafas chiqar, mushtlari Maksning yuziga, lablariga, bumiga, jag‘iga kelib tegar, Maks bo‘lsa hanuz o‘z burchagidan chiqib keta olmagan edi. U tinmasdan yoT- lanayotgan zarbalami biroz yumshatish uchun ikkala qoTi bilan yuzini to‘sdi, ammo fyurer endi uning qovurg‘alari, buyraklari va o‘pkalariga zarba berishga o‘tdi. Fyureming jigarrang ko‘zlari xuddi yahudiylamiki singan g‘oyatda chiroyli va shu qadar qat’iy ediki, hatto ulami ko‘rib




qolgan Maks ham bir soniya harakatsiz qotib qoldi. Jang faqat bitta raunddan iborat bo‘lsa ham anchayin uzoq vaqt davom etdi va raqiblaming kurashida o‘zgarishlar deyarli kuzatilmadi.
Fyurer mushtini tugib yahudiyni mashq xaltasi misol do‘pposlar, oyoq ostidagi oppoq gilam osmoniga kelgan qizil yomg4ir bulutlari singari atrofdagi hamma narsa yahudiy qoniga bulg‘angan edi. Oxir-oqibat, Maks- ning tizzalari qisila boshladi, yonoqlari og‘riqdan zirqiradi. Fyureming g‘ayratli chehrasi esa tobora kichrayib bordi, nihoyat obdan charchagan, og‘ir kaltaklangan va suyaklari singan yahudiy yerga qulab tushdi.
Dastawal kuchli shovqin ko‘tarildi. Keyin o‘lik sukunat hukm surdi.
Oltin tishli, bumidan qalin mofylari chiqib turgan hakam sanashni boshladi. Asta-sekin yahudiy Maks Vandenburg o‘midan turdi va qaddini rostladi. Ovozi xirqirab raqibini yana jangga chorladi.
— Kel, fyurer, — dedi Maks va bu safar Adolf Gitler yahudiy raqibining ustiga yopirilganda Maks unga chap berib uni burchakka taqab qofydi. U har safar bitta joyni — qo‘ng‘izmo‘ylovni nishonga olib, Gitler- ga yetti marta zarba berdi.
Ammo yettinchi zarba nishonga tegmay, fyureming naq iyagiga tushdi. Xuddi shu lahzada Gitler arqonlar ustiga ag‘anab tushib, yana oldinga uchib ketdi va tizzalab qoldi. Bu safar hech qanday sanash bo‘l- madi. Hakam allaqachon burchakda pusib oigan, tomoshabinlar ham ovoz chiqarmay sukunat bag‘riga cho‘kib ketishgandi. Tiz cho‘kib o‘tirib qol­gan fyurer bumidan oqqan qonni ko‘rib, sochlarini o‘ngdan chapga silliq taradi. Kiprik qoqmasdan ulami kuzatayotgan minglab olomonning tobora tashvishli nigohlariga qarab oyoqqa turdi, biroz oldinga siljidi va to‘satdan g‘alati bir ishni qildi: yahudiyga teskari o‘girilib boks qo‘lqoplarini yechib tashladi.
Olomon toshdek qotdi.
— U taslim bo‘ldi, — deb pichirladi kimdir. Bir necha soniyadan so‘ng Adolf Gitler arqonlar yoniga kelib tomoshabinlarga qarata gapira boshladi:




— Aziz nemis birodarlarim, — deb baqirdi u, — siz hozir bu yerda nima bo‘lganini ko‘rdingiz, shunday emasmi? — u Maksga g‘olibona qa- rab qo‘li bilan u tomonga ishora qildi. — Bizning dushmanimiz biz tasav- vur qilganimizdan ham dahshatliroq va kuchliroq ekanligini ko‘ryapsiz. Ko‘ryapsizmi?
— Ko‘ryapmiz, fyurer, —javob qildi omma.
— Dushmanimiz bizning mustahkam sovutlarimizni ham teshib o‘tib ichkariga kirib borishning manfur yo‘llarini topganini ko‘ryapsizmi? Mening bitta o‘zim shunday ayyor dushmanga qarshi yolg‘iz kurasha olmayman-ku? — ko‘zga aniq tashlanib turgan so‘zlar fyureming lablari- dan qimmatbaho toshlar singari yog‘ilardi. — Unga qaranglar! Yaxshilab qaranglar! Hammaning nigohi qonga bo‘yalgan Maks Vandenburgga qa- ratdi. — Biz suhbatlashayotganimizda u sizning ko‘changizga ham kirib borishni rejalashtirmoqda. U birin-ketin uylami egallamoqda, uning qarin- doshlari hamma joyda izg‘ib yurishadi, hozir u sizlaming o‘mingizni egal- lashga tayyorlanmoqda. U... — Gitler Maksga nafratga to‘la ko‘zlari bilan bir qarab oldi. — U tez orada sizlaming ustingizdan xo‘jayinlik qilishga o‘tadi va oziq-ovqat do‘koningizdagi peshtaxtaning orqasida turmaydi, balki uning ortida o‘tirib, tamaki chekadi. Sizlar qanday qilib arzimagan ish haqi uchun uning qo‘l ostida ishlashni boshlaganingizni sezmay ham qolasiz, u esa cho‘ntaklarining og‘irligidan yurolmay qoladi. Xo‘sh, shu- laming barchasini kuzatib, uning istaganini qilaverishiga qo‘yib bera- verasizmi? Ular mamlakatingizni bir nechta imzo evaziga hammaga pul­lagan chog‘da mum tishlab turgan rahbarlaringiz singari indamay chetda turaverasizmi? Kurashmasdan kuchsizligingizni tan olasizmi? Yoki... — Gitler yuqoriroq ko‘tarildi, — men bilan birga shu ringga chiqasizmi?
Maksning azob chekayotgan tanasi jimirlab ketdi, qo‘rquvdan osh- qozonida g‘alayon uyg‘ondi.
Adolfhing navbatdagi gapi esa uni ado qildi:
— Bu dushmanni birgalikda mag‘lub etishimiz uchun bu yerga ko‘tarilasizlarmi?
“Himmel” ko‘chasidagi 33-uyning yerto‘lasida yotgan Maks Van-




denburg o‘zining tanasida butun boshli xalqning mushtini sezdi. Nemislar birin-ketin ringga ko‘tarilib, Maksni yiqitishdi, urib hamma yog‘ini qona- tishdi, qiynashdi. Ular milliontadan ham ko‘p edi. Va nihoyat Maks so‘ng- gi kuchini to‘plab oyoqqa turdi va navbatdagi nemisning arqonlar ustidan o‘tib o‘ziga tomon kelayotganini ko‘rdi. Maks to‘shamaning ustidan sho- shilmay yaqinlashayotgan qizning chap yonog‘ini timagan ko‘z yoshni payqab qoldi. Qiz o‘ng qo‘lida gazeta ushlab turardi.
— Boshqotirma, hali yechilmagan, — dedi u muloyimlik bilan va gazetani Maksga uzatdi.
Zim-ziyo zulmat. Endi faqat zim-ziyo zulmat, yerto‘la va bitta


yahudiy qolgan edi.






Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish