Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet121/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

J46




Lizel kitobni joyiga qaytarib qo‘yganida, burgomistming rafíqasi o‘tirgan stul polni timagach, Lizelning yoniga keldi. Har doim ketar cho- g‘ida shunday bo‘ladi. Ayol qo‘lini cho‘zib, kitobni yana qo‘lga olarkan, uning yuzidagi g‘amgin ajinlaming ingichka halqalari bir lahzaga g‘urra- dek shishib ketdi.
U kitobni qizga uzatgach, Lizel orqasiga tisarildi.
— Yo‘q, — dedi u odob bilan, — rahmat. Uyda kitoblarim yetarli. Balki, boshqa safar davom ettirarman. Hozir otam bilan bittasini qaytadan o‘qiyapmiz. Yodingizda bo‘lsa, uni olov ichidan o‘g‘irlab olgandim.
Burgomistming rafíqasi bosh irg‘adi. Lizel Meminger haqida bir narsa aniq edi — u duch kelgan kitoblami emas, balki ularsiz yashay olmaydiganlarini o‘g‘irlar edi. Ayni damda, chindan ham, uning kitoblari yetarli edi. U “Loydan yasalgan odamlar”ni allaqachon to‘rt marta o‘qib chiqqan va endilikda “Yelka qisish” bilan qayta tanishishdan zavqlana- yotgan edi. Har oqshom yotishidan oldin qabrlami to‘g‘ri qazish bo‘yicha ishonchli qo‘llanmasini ochardi. “Tepadan qarovchi odam” kitobi uning jon-joniga singib ketgan edi. Lizel undagi so‘zlami pichirlab o‘qib, qush- larga qo‘lini teggizib ko‘rar, sahifalami shitirlatib asta varaqlardi.
— Xayr, Frau Hermán.
Lizel kutubxonadan chiqib, dahlizning pol taxtalaridan va bahaybat eshikdan o‘tib ketdi. Odati bo‘yicha zinapoyada bir daqiqa oldida yastanib yotgan Molkingga qarab turdi. O‘sha kuni tushdan so‘ng butun shahami sariq turnan qoplab, uylaming tomlarini ham kuchuklami silagandek ma- yin siypalab qo‘ydi. Yomg‘irga bo‘kkan kitob o‘g‘risi Myunxen ko‘cha- sidagi soyabon tutgan erkaklar va ayollami oralab hech ham uyalmasdan xuddi soat millaridek bir axlat qutisidan ikkinchisiga tomon yugurib o‘tib ketdi.
— Mana u!
Lizel maftunkor bulutlarga mamnun kulib, axlat idishga qo‘lini tiqdi va mayishib ketgan gazetani oldi. Garchi gazetaning birinchi va oxirgi sahifalarida qora bo‘yoq chaplanib qolgan bo‘Isa-da, Lizel gazetani yax- shilab buklab, qo‘ltig‘iga tiqdi. So‘nggi bir necha oy ichida bunday holat


har payshanba kuni takrorlanar edi.


Payshanba endilikda Lizel Memingeming yuvilgan kiyimlami yet- kazib beradigan yagona kuniga aylangan, faqat o‘sha kuni kir yuvishdan oz-moz foyda kelardi. Qiz “Molking ekspress” yoki boshqa gazetani topib olgan kezida g‘alabasidan o‘zida yo‘q xursand bo‘lib ketar va uyga cho- pardi. Gazeta topgan kuni bayram bo‘lib ketardi. Mabodo o‘sha gazetadagi boshqotirma yechilmagan bo‘lsa, kayfiyati undan-da chog‘ bo‘lib ketardi.
Lizel to‘ppa-to‘g‘ri uyiga kelib, eshikni orqasidan yopar va gazetani Maks Vandenburgga olib borib berardi.
— Yana boshqotirmami? — deb so‘rardi Maks.
— Hali yechilmagan.
— Juda yaxshi.
Yahudiy jilmayib, qog‘oz to‘plamini mamnuniyat bilan qabul qilar va yerto‘ladagi g‘ira-shira yorug‘lik ostida o‘qishga tushardi. Ko‘pincha, Lizel uning gazetani diqqat bilan boshdan oyoq o‘qib chiqishini, keyin boshqotirmani yechishini, so‘ngra birinchi sahifadan gazetani qayta o‘qiy boshlashini kuzatib o‘tirardi.
Kunlar isiy boshlagani sababli Maks kun bo‘yi yertoMadan chiq- masdi. Kunduzlari yo‘lakdan quyoshning bir parcha nuri tushishi uchun yerto‘laning eshigi ochib qo‘yilar edi. Dahlizning o‘zi quyoshdan bahra- mand bo‘la olmas, hamma harn o‘ziga yarasha nasibasini oladi-da. Nima bo‘lganda ham ziqna yorug‘likning borligi, baribir, yaxshi, qaytanga kero- sin ham biroz tejaladi. Kerosin ta’minoti hali keskin kamayib ketmagan bo‘lsa ham uning iste’molini iloji boricha kamaytirish oqilona qaror edi.
Lizel yerto‘laga tushganida odatda qog‘ozlar ustida o‘tirardi. Maks boshqotirmani yechayotganda u kitob o‘qirdi. Ular bir-biridan bir-ikki metr uzoqda o‘tirishar, bir-biriga deyarli gap qotishmas, yerto‘ladan faqat sahifalaming shitirlashi eshitilardi. Ko‘pincha, Lizel maktabga ketar cho- g‘ida kitoblarini o‘qish uchun Maksga qoldirib ketardi. Hans Huberman va Erik Vandenburgni musiqa do‘stlashtirgan bo‘lsa, Maks va Lizelni unsiz so‘zlar to‘plami birlashtirib turardi.
— Salom, Maks.


Salom, Lizel.


Ular shu tarzda o‘tirib birga o‘qishardi.
Lizel goho unga tikilib o‘tirishni xush ko‘rar edi. U Maksni rangparlik mujassam bo‘lgan eng yaxshi portret deb e’tirof mumkin degan qarorga keldi. Och jigarrang teri, ichiga botib ketgan ko‘zlar, qochoqdek umidsiz, ammo shovqinsiz nafas olishlardan iborat tananing tirikligini ko‘tarilib tushayotgan ko‘ksidan bazo‘r sezishning imkoni bor edi.
Ba’zi paytlari Lizel ko‘zlarini yumib olib, Maksdan o‘zi doimo yangiishadigan so‘zlar bo‘yicha imtihon qilib ko‘rishni iltimos qilar, o‘sha so‘zlar undan yana qochib qolishni uddalashsa, achchiqlanib la’nat yog‘- dirar, keyin o‘midan turib, ulami devorga o‘n martalab bo‘yoq bilan yozib qo‘yardi. Shunda Maks Vandenburg va Lizel Memingeming dimoqlariga bo‘yoq va sement hidi urilardi.
— Xayr, Maks.
— Xayr, Lizel.
Lizel allamahalgacha uyg‘oq yotar, yerto‘ladagi yigit haqida xayol surar edi. Chala yarim uyqudagi qizning tasawurida Maks xuddi kunduz paytidagidek ust-boshini, hatto oyoq kiyimini ham yechmasdan, bir ko‘zi ochiq ravishda uxlayotgandek gavdalanardi. Axir, to‘satdan yana qochib ketishiga to‘g‘ri kelsa o‘ziga oson bo‘ladi-da.






Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish