Jahon adabiyoti tarixi


O‘RTA ASRLAR G‘ARB ADABIYOTI



Download 2,24 Mb.
bet64/183
Sana18.11.2022
Hajmi2,24 Mb.
#867841
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   183
Bog'liq
18d76776e8130c5b7d20240f50eb312d JAHON ADABIYOTI TARIXI

O‘RTA ASRLAR G‘ARB ADABIYOTI
REJA

  1. O‘rta asrlar adabiyotining asosiy hususiyatlari.

  2. G‘arbiy Yevropa qahramonlik eposi.

  3. XII-XIII asrlarda ritsarlik-kurtuaz adabiyoti.

  4. Shahar adabiyoti.

  5. Fransua Viyon ijodi.

Tayanch so‘z va iboralar: Lotin tili, qahramonlik eposi,kelt eposi,saga, Beovulf dostoni, Sid haqida qo‘shiq, Roland haqida qo‘shiq, diniy mavzudagi dramalar, ritsar-kurtuaz adabiyoti, ritsarlik romanlari, shahar adabiyoti, fablio, “Tulki haqida roman”, Fransua Viyon.
Yevropa o‘rta asrlar davri deyarli ming yillikni qamrab olgan bo‘lib – V – XIV asrlarni o‘z ichiga oladi. Rim imperiyasining qulashidan Uyg‘onish davrigacha davom etadigan o‘rta asrlar adabiyoti ilk (V – X asrlar) va so‘nggi (XI – XIV asrlar) bosqichlarga ajratiladi.
Rim imperiyasi parchalanib ketgandan keyin, Yevropa, Osiyo va Shimoliy Afrikaning unga qarashli bo‘lgan hududlarda xalqlarning buyuk ko‘chishi boshlandi. Bu jarayon urushlar, kurash, yangi davlatlarning shakllanishi bilan birga sodir bo‘ldi. Rimliklardan qabul qilingan lotin tili, Yevropaning turli mintaqalarida yashovchi turli millat vakillarini birlashtiruvchi omil bo‘ldi. Ushbu tilda o‘rta asr olimlari va faylasuflari o‘z asarlarini yozdilar. Lotin tili ilm-fanning rasmiy tiliga aylandi. Ma'naviyat va ma'rifatning markazi cherkov hamda XII-XIII asrlarda paydo bo‘lgan universitetlar bo‘lib qoldi. Ularda bo‘lajak olimlar, mutafakkirlar, kashfiyotchilar, ilmiy risola va tarixiy xronikalar mualliflari tahsil oldilar.
Yevropa o‘rta asrlar adabiyotining shakllanishida 3 ta omil muhim rol o‘ynagan: 1) xalq ijodi; 2) antik davr adabiyoti; 3) xristianlik.
O‘rta asrlarda Yevropa mamlakatlarida milliy adabiyotlar shakllandi, bu davrda ayniqsa, ritsarlik she'riyati va romanlari, shahar adabiyoti rivojlandi. Xalq-qahramonlik eposlari o‘rta asrlar adabiyotining noyob namunalari sanaladi. “Beovulf” dostoni ilk o‘rta asrlarda anglosaksonlar tomonidan yaratilgan bo‘lsa, feodal munosabatlari shakllangan davrda Fransiyada “Roland haqida qo‘shiq”, Germaniyada “Nibeluenglar haqida qo‘shiq”, Ispaniyada “Sid haqida qo‘shiq”lar yaratildi. Bu asarlarda davr muxiti o‘z ifodasini topgan bo‘lib, sodir bo‘lgan o‘tgan voqealar poetik shaklda, badiiylashtirilib berilgan. Odatda qahramonlik eposi namunalarida real voqealar badiiy to‘qima bilan uyg‘unlashib ketadi. Yevropa va jahon adabiyotini rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shgan adabiyotlardan biri sanaluvchi fransuz adabiyoti negizida o‘rta asrlarda keng tarqalgan ko‘plab asosiy janrlar va yo‘nalishlar shakllandi(milliy qahramonlik eposi, trubadurlar she'riyati, ritsarlik romanlari, shahar adabiyoti janrlaridan – fablio, misteriya va b.). O‘rta asrlarda qahramonlik va qahramon shaxsi haqidagi tasavvurlar antik davrga nisbatan birmuncha o‘zgardi. Agar qadimgi yunonlar qahramonlik haqidagi tasavvurlarini ma'budlar va ularning farzandlari bilan bog‘lagan bo‘lsalar, o‘rta asr qahramonlik dostonlarida asar qahramoni qilib, o‘z Vatani va qiroliga sodiq bo‘lgan jasur kishi tanlanadi. Qadimgi yunon qahramoni Gerakl – Zevsning o‘g‘li, Axill – ma'buda Fetidaning farzandi. “Roland haqida qo‘shiq” dostonining qahramoni – “aziz Fransiya” va imperator Karl uchun jasorat ko‘rsatgan mard va fidokor ritsar. Qahramonlik haqidagi tushuncha ham o‘zgardi: endi bu, shaxsning yuksak, oliy maqsad yo‘lidagi xatti-harakatlarini badiiy ifoda qilish edi.
O‘rta asrlar qahramonlik eposi asarlarining mualliflari haqidagi masala xali-hanuz bahsli-munozarali bo‘lib qolmoqda. Ular jamoaviy-individual ijodning natijasi bo‘lib, mualliflarning nomlari bizgacha yetib kelmagan. O‘rta asr qahramonlik dostonlarining asosida – afsonaviy-tarixiy qahramonlar va ularning faoliyati haqidagi xalq afsonalari yotadi.
G‘arbiy Yevropa qahramonlik eposi. Eposning dastlabki namunalari zamonaviy Britaniya hududida yashagan kelt qabilalari tomonidan yaratilgan. V asr boshlarida kelt (irland) qabilalari Rim imperiyasining zaiflashganidan foydalanib, mustaqillikni qo‘lga kiritdilar. Ilk o‘rta asrlarda kelt qabilalari hayoti haqidagi xalq she'riyati negizida qahramonlik eposi shakllandi. Eposlarni kuylovchilar 2 guruhga – lirik she'riyatni kuylovchi bardlar va epik she'riyat bilan shug‘ullanuvchi filidlarga bo‘lingan. Filidlar o‘z qissalarini nasrda bayon qilganlar, keyinroq ular “saga”(qissa) nomini olgan. Sagalarning ta'sir kuchini yanada oshirish uchun filidlar she'riy parchalar kiritganlar.
Kelt eposining qahramonlik qissalari ulad qiroli Konxobar va uning jiyani Kuxulinning sarguzashtlariga bag‘ishlangan. Bizgacha ushbu qissalarning bir nechtasi yetib kelgan bo‘lib, “Usnex o‘g‘illarining quvilishi”, “Mak-Dato cho‘chqasi haqida qissa”, “Kualngendan buqa o‘g‘irlash”, “Kuxulinning Ferdiad bilan jangi”, “Kuxulinning xastaliga”, “Kuxulinning o‘limi” shular jumlasidan. Qahramonlik eposi bilan bir qatorda maishiy, sarguzasht, fantastik mavzularda ham qissalar yaratildi: “Beyli haqida qissa”, “Etaynga muhabbat”, “Febelning o‘g‘li Branning suzishi”. Qadimgi kelt(irland) eposi G‘arb adabiyotiga sezilarli ta'sir ko‘rsatdi, undagi syujet, obrazlardan keyingi davr adiblari unumli foydalandilar.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish