-mi elementi uchun, sababli, tufayli yordamchilari bilan shakllan-gan ergash gaplarning kesimlaridan keyin ham qo’shilib keladi va gumon, taxmin, noaniq sabab ma'nosini ifodalaydi: Kecha tog’da tuman borliga uchunmi (sabablimi) samolyot uchmadi.
6. -gan (+lig+i+dan) bo’lsa kerak: Bu vosita bilan shakllangan ergash gaplar ham noaniq sabab ifodalaydi: Qalandarov Saidaning zarbga bunday epchillik bilan chap berishini xayoliga keltirmagan bo’lsa kerak, o’zi shoshib qoldi (A.Q.). Yig’ilish kechiktirilgan bo’lsa kerak, boshqarmada Rahmonqulov ham ko’rinmadi (Asq.M.).
7. shekilli, chog’i. Bu shakllar ham vazifasi jihatidan -mi yordam-chisiga yaqin turadi; bosh gapdagi voqelikni yuzaga keltirgan sabab aniq bo’lmaydi: Bu fojeani hamma undan ko’rayotgandek tuyuldi shekilli, u qayoqqadir g’oyib bo’ldi (Asq.M.). U uzoqni, o’tgan bahorni, yozni esladi chog’i, ko’zlarida uychan, g’amgin bir jilmayish ko’rindi (Asq.M.). Rahmonqulov Elchibekning kamgapligidan shubhalandi shekilli, u qaytayotib asta gap ochdi (Asq.M.).
8. -ki: Baxtim borki, har narsa go’zal ko’rinadi mening kuzimga (H.O.). Chorva qishloviga tayyorgarlik ishlari o’lda-jo’lda qolganki, tegishli rahbarlar bunga javob beradilar (gazeta).
9. -deb: Qora yerga yaqin kelsin deb kuyosh, Ulug’bek yo’qotdi ko’kday ulug’ bosh (G’.G’.). Siz xafa bo’lmang deb, kutubxonaga keldim (E.A.).
10. keyin, so’ng: O’zim bir ishchi bo’lganimdan so’ng, o’rtoqlarim kim bo’lardi (Asq.M.). Ketaman deb turib olgandan keyin, ruxsat berdim-da! (Asq.M.) – (Ketaman deb turib olganligi uchun ham, javob berishga majbur bo’ldim mazmunida).
11. -b (ib): Nahotki Dilbar o’z kelajagidan cho’chib, ruhi ezilib ketgan edi (Asq.M.). Men ilg’orlarga ergashib, tuppa-tuzuk ko’zim ochilib qoldi (O.).
12. -gach: Bolasi bu yerda student bo’lgach, Otasi osuda va ko’ngli to’qdir (G’.G’.). Yurtboshimiz rahnamo bo’lgach, tinchligimiz doim barqaror (gazeta).
13. -may, -masdan: Ko’pincha suv tashiydigan odam topilmay, suvsiz o’tiramiz (O.). Kelgindilarning so’zi o’tmay, yerga kuchi yetmay, qishloqdan chiqib ketdi (Po’lkan shoir). Bu alamlarga chidolmay, ko’zda yoshim shashqator (Muq.).
Bevosita kesim yoki uning shakli orqali emas, bog’lovchilar orqali bosh gapga birikadigan sabab ergash gaplarni bosh gapga quyidagi vositalar biriktiradi:
1. chunki: Halol mehnat qilmoq eng yaxshi odat, chunki mehnat berdi bizga saodat (H.O.). Biz yengdik, chunki biz hak edik (gazeta).
2. negaki: Adolat buning sababini surishtirmadi, negaki boshqa brigada boshliqlari ham kelishlari kerak edi (A.Q.).
3. sababki: Bu to’g’rida u kishidan o’pkalamadim, sababki ozodlik nimaligini ozodlikdan mahrum bo’lgan odam biladi (A.Q.).
4. shuning uchun, shu sababli, shu boisdan, shu vajdan: Har kun ortar ko’zlarimda nur, shuning uchun yo’q aslo g’amim (H.O.). Tojixon safardan ikki kun kechikib qaytibdi, shuning uchun brigadasidan ko’ngli hech tinchimayotgan emish (A.Q.). Uyda mehmonlar ko’p bo’ldi, shu sababli qizlar yon qo’shninikida alohida bir xonani egalladilar (O.). Ne ilojkim davlatim yo’q ganju mehrimdan bo’lak, Bul boisdan ko’z tulaydur qatra-qatra dur – xiroj (E.V.). Uning aytishiga ko’ra, Qalan-darov bog’chaga Xurinisoni qaytarmoqchi ekan, shu boisdan Xuriniso kasalman deb yig’labdi (A.Q.).
5. -ki: Men sizga shuning uchun ham ishona olmaymanki, siz olg’a qarab emas, orqaga qarab ketayapsiz (A.Q.).
Sabab ergash gap komponentlarining o’rinlashish tartibi quyida-gicha:
a) sabab ergash gap bosh gapga -gach, -ganidan, -ganligidan, -may, -masdan shakllari, uchun, deb, sababli, tufayli ko’makchilari, -mi, shekilli, chog’i kabi modal so’z va yuklamalar bilan biriksa, birinchi o’rinda, bosh gap ikkinchi o’rinda keladi; biriktiruvchi shakllar ergash gapning kesimi tarkibida bo’ladi.
b) sabab ergash gap bosh gapga chunki, negaki, sababki bog’lov-chilari bilan biriksa, bosh gap birinchi, ergash gap ikkinchi o’rinda bo’ladi, bog’lovchilar ergash gaplarning boshida qo’llaniladi.
v) sabab ergash gap bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu boisdan, shu vajdan, shu sababdan bog’lovchilari bilan biriksa, ergash gap birinchi o’rinda, bosh gap ikkinchi o’rinda keladi, bog’lovchilar bosh gap tarkibida uning bosh qismida qo’llaniladi.
g) -ki bog’lovchisi orqali bosh gapga bog’langan sabab ergash gaplar bosh komponentdan oldin ham, keyin ham keladi, ham ergash gap, ham bosh gap tarkibida qo’llanadi. Qiyoslaylik: Baxtim borki, har narsa go’zal ko’rinadi mening ko’zimga (ergash gap birinchi o’rinda). Men sizga shuning uchun ham ishonmaymanki, siz olg’a qarab emas, orqaga qarab ketayapsiz (bosh gap birinchi o’rinda).
d) agar bosh gapdagi ega tarkibiga ahamiyat berib aytilsa, shu qism ergash gapdan oldin qo’llaniladi: Murod, elektr nuri tushib turganidan, uni ko’rmadi (S.Ahm.). Uning bolalarcha qo’ng’iroq tovushi, zal keng va tinch bo’lganidan, o’zi kutgandan ham kuchliroq jaranglab ketdi (Asq.M.).
Tahlil namunasi: Nega Navro’zni bunchalik sharaflayapmiz, xalqi-miz uni muqaddas hisoblaydi. Chunki rizqu ro’zimiz Navro’zdan boshlanadi. Chunki Navro’z yasharish, yangilanish faslidir (gazetadan)
1) to’rtta sodda gapdan tuzilgan,
2) birinchi, ikkinchi gaplar bosh gaplar; uchinchi, to’rtinchi gaplar – ergash gaplar,
3) ergash gaplar bosh gaplarga chunki bog’lovchisi orqali birikkan, chunki ergash gaplar tarkibida, ergash gaplar ikkinchi, bosh gaplar birinchi o’rinda qo’llangan,
4) chizmasi:
chunki chunki
Do'stlaringiz bilan baham: |