Sari, sayin ko’makchilari bilan birikkan qo’shma gaplarda ergash gap birinchi (bog’lovchilar shu gap tarkibida), bosh gap ikkinchi o’rinda keladi.
Tahlil namunasi: Tarbiya ne chog’lik to’g’ri va yaxshi bo’lsa, xulq va odobimiz shunchalik go’zal bo’lg’usi (O.):
1) ikki gapdan tuzilgan,
2) birinchi komponent o’lchov-daraja ergash gap, ikkinchisi bosh
gap,
3) ergash gap tarkibida nechog’lik, bosh gap tarkibida shunchalik
miqdor anglatuvchi nisbiy so’zlar qo’llanilgan,
4) ergash gap -sa elementi bilan bosh gapga birikkan, -sa ergash gap
tarkibida,
5) chizmasi: -sa,
CHOG’ISHTIRISH-O’XSHATISH GAPLI QO’SHMA GAP
reja:
1. Chog’ishtirish-o’xshatish ergash gapli qo’shma gaplarning
ta'rifi.
2. Chog’ishtirish-o’xshatish ergash gapli qo’shma gaplarda nisbiy
so’zlar.
3. Chog’ishtirish-o’xshatish ergash gaplarni bosh gapga
biriktiruvchi vositalar.
4. Chog’ishtirish va o’xshatish ergash gapli qo’shma gaplarga doir
tahlil namunasi.
Chog’ishtirish va o’xshatish ergash gapning mazmuni bosh gapning mazmuniga taqqoslanadi, qiyos qilinadi. Ergash gap bosh gapdagi harakat, holat yoki, umuman, o’xshash belgilarni izohlab, aniqlaydi. Misollar: Boya xotini qandiy tajang bo’lib kelgan bo’lsa, endi Jo’raboy undan battar diqqat bo’ldi (S.Ahm.). Quyosh havoni isitsa, do’stlik qalbni isitadi (maqol).
Chog’ishtirish va o’xshatish ergash gapli qo’shma gaplarning fe'l-ning shart mayli shakli orqali bog’langan turlarida nisbiy olmoshlar qo’llaniladi. Bunda ergash gap tarkibida qanday, qanday qilib, bosh gap tarkibida esa shunday, o’shanday, shunday qilib, o’shanday qilib nisbiy so’zlari qo’llaniladi va bu nisbiy so’zlar qo’shma gap kompo-nentlarining birmuncha zich bog’langanligini ko’rsatadi: Ular o’rtasida muhabbat qanday alangalangan bo’lsa, mojarosi ham o’shanday bo’ldi ("S.").
Chog’ishtirish va o’xshatish ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar orqali birikadi:
1. -sa: Uning ko’ngli qanday toza bo’lsa, ishi ham shunday toza. Siz diniy ta'limotga qanday ishonsangiz, men ilmiy ta'limotga shunday ishonaman ("F.T".).
2. -guncha: Tog’day taxt bo’lguncha, tirnoqday baxt bo’lsin (O.). Yigitning sazasi singuncha, ho’kizning buyni sinsin (maqol).
3. ko’ra: Tiz chukib yashagandan ko’ra tik turib o’lmoq afzaldir. (maqol). Birovning yurtida podsho bo’lgandan ko’ra, o’z yurtingda gado bo’lganing yaxshi (maqol).
4. -day,-dek: Erkalanib yotadi u vatan tuprog’ida, Yosh bola yotga-nidek onaning quchog’ida (H.O.). Har bir tunning bir kunduzi bo’lga-nidek, hayotingizning ham kunduzi kelur (O.).
5. kabi, singari: Kuyoshning jamoli yer yuzini yoritganligi va hayotga abadiy umr bag’ishlagani kabi, ilm ham qalblarni nur bilan yoritadi ("K.D".). Zargarov isitma hurujidan uyqusiz qiynalgani singari, sahro ham momaqaldiroq silsilalaridan to’lg’anar edi (Asq.M.).
6. -ki bog’lovchisi va xuddi, guyo yordamchilari orqali. Bu forma-lar bilan birikkan qo’shma gaplarning bosh gapi tarkibida shunday, shu qadar, shunchalik kabi so’zlar ishtirok etgan bo’ladi va ergash gap shu so’zlarning ma'nosini aniqlashtiradi. Bunda bosh gapning fe'l kesimi, ko’pincha, -gan+day (-gan+dek) bo’ldi (edi) shakllarida bo’ladi: Kun shunday charaqlagan, osmon shunday tiniq ediki, unga astoydil tikilgan odam yaqin orada gurkirab turgan bahorni butun go’zalligi bilan ko’rganday bo’lar, bu kunni hech qanday musibat xira qilolmaydiganday edi (Asq.M.). Oppoq nozik yuzi quyoshda shu qadar tiniq ko’rindiki, guyo u nurdan yaratilganday (O.).
Bosh gapi tarkibida shunday, shu qadar, shunchalik so’zlari qo’llangan o’xshatish ergash gapli qo’shma gaplar natija ergash gapli qo’shma gapga o’xshab ketadi. Biroq bundagi nisbiy so’zlar o’xshatish ma'nosini kuchaytirish, ta'kidlab ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, tarkibida go’yo, go’yoki, xuddi o’xshatish yuklamalari bo’lgan, kesimi -day, -dek o’xshatish shakllari bilan ifodalangan gapning o’xshatish ergash gapli qo’shma gap ekanligi sezilib turadi.
Shu narsaga e'tibor berish kerakki, -ki, va -day (-dek), kabi, singari vositalari bilan birikkan o’xshatish ergash gapli qo’shma gaplarda xuddi, guyo o’xshatish shakllarining qo’llanilishida farq bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |