Жаббаров, Юсупов



Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/87
Sana14.08.2021
Hajmi4,09 Mb.
#147103
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87
Bog'liq
mexanika va molekulyar fizika

S
F


 
 
      Mexanik  kuchlanish  ta’sirida  jismning  yuqori  qirrasi  pastki  qirrasiga  nisbatan  α 
masofaga siljiydi. 
 
 
27-rasm 
       Agar  jismni  xayolan  elementar  gorizontal  qatlamlarga  bo’lsak,  har  bir  qatlam 
o’ziga  qo’shni  bo’lgan  qatlamga  nisbatan  siljiydi.  Shuning  uchun  bunday 
deformatsiya  siljish  deformatsiyasi  deb  taladi.  Bunday  deformatsiyada  dastlab 
gorizontal qatlamga tik bo’lgan  har qanday to’g’ri chiziq biror  υ burchakka siljiydi. 
Binobarin,  ixtiyoriy  olingan  ikkita  qatlamga  tegishli  δα  siljishning  qatlamlar 
orasidagi masofa δB ga nisbatan har qanday juft qatlamlar uchun bir xil qiymatga ega 
bo’ladi.  Bu  nisbatni siljish  deformatsiyasi  uchun  xarakteristik kattalik deb  hisoblash 
mumkin. 
 


42 
 
               
                                        (121) 
 
Bu  kattalikka    nisbiy  siljish  deb  ataladi.  υ-burchak  juda  kichik  bo’lgani  uchun 
tgυ≈υdeb  olish  o’rinli  bo’ladi.  Demak,  γ-nisbiy  siljish  burilish  burchagi  υ  ga  teng 
bo’lib  qoladi.  Tajribalar  nisbiy  siljishning  tangensial  kuchlanishga  proporsional 
ekanligini ko’rsatadi: 
 
                     
                                           (122) 
 
G-koeffitsiyent  materialning  xossalariga bog’liq bo’lib, unga siljish  moduli deyiladi. 
U shunday tangensial kuchlanishga teng kattalikki, unda siljish burchagi 45
0
 ga teng 
bo’ladi.  (tg45
0
=1). 
Albatta, 
elastiklik 
chegarasigacha 
 
yuz 
beradigan 
deformatsiyalarda.  Bulardan  tashqari  sterjenning    buralish  deformatsiyasini  ham 
ko’rib o’tamiz. Agar sterjenning bir tomoni qo’zg’almas qilib mahkamlanib, ikkinchi 
tomoniga  uning  o’qi  bo’ylab  yo’nalgan  aylantiruvchi  moment  qo’yilsa  (28-rasm), 
sterjen shunday deformatsiyalanadiki,  uning pastki asosi yuqorigi tomoniga  nisbatan 
υ burchakka buriladi. 
 
 
 
28-rasm 
 
Ayrim hisoblashlardan so’ng, sterjenning buralish burchagi quyidagi 
 
                      
                                   (123) 
 
formula yordamida aniqlanishi ko’rsatiladi. 
Bu  yerda  L-cterjen  uzunligi,  r-uning  radiusi,  G-siljish  moduli,  M-aylanish  momenti. 
Berilgan  sterjen  uchun  M  oldidagi  doimiy  ko’paytuvchini    k  bilan  belgilab  (123) 
munosabatga quyidagi ko’rinishni berish mumkin.  


43 
 
         
                            
                                     (124) 
 
oxirgi munosabat buralishda Guk qonunini ifodalaydi. 
            Har  qanday  qattiq  jism  ma’lum  chegaragacha  Guk  qonuniga  bo’ysinuvchi 
defrmotsiyaga  ega  bo’ladi.  Nisbiy  uzayishning  kuchlanishga  bog’lanish  grafigi  29-
rasmda  tasvirlangan.  Kuchlanishning  chiziqli  bog’lanishdan  chetlanish  bo’la 
boshlagan  σ=σ
pr
  qiymatiga  proporsionallik  chegarasi  deyiladi.  Kuchlanishning  σ
el
-
elastiklik  chegarasi  deb  ataluvchi  qiymatidan  boshlab  deformatsiyaning  kuch 
olingandan  so’ng  to’liq  yo’qolmaydigan  plastik  deformatsiya  deb  ataluvchi 
boshqacha  ko’rinishi  paydo  bo’ladi.  Agar  plastik  deformatsiya  sohasida  yotuvchi 
biror s nuqtaga yetgandan so’ng kuchlanishni dastlabki SO chizig’i bo’ylab O gacha 
tushirilganda deformatsiyaning kamayishi  ce punkt r chizig’i bo’ylab  yuzaga keladi, 
bunda  jism  oye  qoldiq  deformatsiyaga  ega  bo’ladi.  29-rasmda  temirning  cho’zilish 
diagrammasi tasvirlangan. 
          Oa  to’g’ri  chiziq  Guk    qonunining  bajarilishiga  mos  keladi,  ab  qismi  elastik 
deformatsiyaga  tegishli  bo’lsa  ham,  Guk  qonunidan  chetlanish  kuzatiladi:  bu  yerda 
uzayish  kuchlanishdan  tezroq  osha  boradi.  Jismda  uzilishga  mos  keluvchi  maksimal 
kuchlanishga mustahkamlik chegarasi deyiladi, d nuqta uzilishiga mos keladi. 
         Real  qattiq  jismlarda  Guk  qonuni  bilan  ham,  qarab  o’tilgan  oddiy  sxemalar 
bilan  ham  hisobga  olinmaydigan  deformatsiyaning  vaqtga  bog’langan  oddiy  yoki 
murakkab bog’lanishi kuzatiladi. 
 
 
29-rasm 
 
            Yuqori  elastiklik  chegarasiga  ega  moddalarga  elastik  moddalar  deyiladi 
(metallarning  ko’pchillik  qismi).  Plastik  jismlar  deb  katta  elastik  deformatsiyaga 
ya’ni kichik elastiklik moduliga ega bo’lgan jismlarga aytiladi, masalan, kauchuk, 
 mo’rt  jismlar  deb  elastik  deformatsiyasi  kichik  chegaraga  ega  bo’lgan  jismlarga 
aytiladi (cho’yan, toblangan po’lat).              
           Moddaning mexanik xossalari haroratga ham bog’liq. Haroratning ko’tarilishi 
plastiklik  oshishiga,  kamayishi esa  mo’rtlikka  olib  keladi.  Xona  haroratidagi    mo’rt 


44 
 
shisha  isitish  yordamida  plastik  holatga,  xona  haroratidagi    elastik  kauchuk  past 
haroratlarda  mo’rt  holatga  keladi.  Deformatsiya  tirik  organizmlarda  ham  hosil 
bo’ladi.  Masalan,  odamning  tayanch  apparati  elementlari  har  xil  mexanik 
yuklanishlarga duch keladi. Bu vaqtda tayanch apparatga har xil kattalikdagi kuchlar 
ta’sir etishi mumkin. Bu kuchlar siqilish (umurtqa suyagi, taz suyagi, oyoq suyaklari) 
deformatsiyalarini  yuzaga  keltiradi.  Agar  yuklanish  tayanch-harakat  elementlarining 
mustahkamlik  chegarasidan  o’tsa,  ularning  shkastlanishi  (suyak  sinishi,  poylarning 
uzilishi)  mumkin.  Suyakning  bo’g’indan  chiqib  ketishi,  muskullar  uzilishi,  teri  
shikastlanishi va h.k. bo’lishi mumkin. 
            Suyak  deformatsiyasi  Guk  qonuniga  bo’ysunadi.  Har  bir  suyak  o’ziga 
tushadigan yuklanishga moslab tuzilgan. Egilishga moyil bo’lgan  uzun suyaklarning 
o’rta qismi naysimon shaklga ega. 
          3-jadvalda  odam  organizmi  to’qimalari  va  ayrim  texnik  materiallarning 
deformatsiya xarakteristikalari berilgan. 
 
3-jadval 
  

Download 4,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish