EX i +IM (
= EX IM
total + total
amA I, or
mamlakatlar bilan qilingan savdosi (EXi+IMi)ning mamlakat tashqi savdosi (E otal+IM10131 )dagi salmog'i.
Agar milliy valutaning real samarali kursi oshsa ushbu mam lakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi kamayadi, ya'ni eksport tovarlari qimmatlashib, uning miqdori qisqaradi, import mahsulotlari esa, aksincha arzonlashib, miqdori ortib boradi.
Real samarali valuta kursining rivojlanishi odatda nominal samarali valuta kursining o'zgarish tendensiyasiga mos holatda harakatlanadi. Ular o'rtasidagi katta o'zgarishlar turli hamkor mamlakatlarda keskin holatda yuzaga kelgan yirik darajadagi inflyatsiya sur'atlari bilan bog'liq bo'ladi.
Xalqaro valuta fondi har 10 yillik davriy oraliqda asosiy valuta larga nisbatan hisoblangan real va nominal samarali valuta kursla rini o'zining ommaviy va ilmiy nashrlarida e'lon qilib boradi.
Valutalarning xarid qobiliyati pariteti (purchasing-power parity (PPP))asosida hisoblangan valuta kursi - turli mamlakatlardagi sifati, miqdori va boshqa xususiyatlari bir xii bo'lgan mahsulot lar va xizmatlarning milliy valutada ifodalangan qiymatni o'zaro tenglashtirish orqali aniqlanadigan valuta kursidir.
Masalan, O'zbekistonda 1 kg oliy sortli bug'doy unining narxi 2200 so'm bo'lsa, xuddiy shunday sifatli va sortli bug'doy unining narxi AQSHda I dollar bo'lsa, unda valutalarning xarid qobiliyati bo'yicha kursi I USD=2200 UZS bo'ladi. Valutalarning xarid qobiliyati pariteti va bozor kurslari o'zaro bir-biridan farq qilishi mumkin.
Valutalarning xarid qobiliyati bo'yicha kurslar odatda, iste'mol savati tovarlari narxlari bo'yicha hisoblanadi, ya'ni:
PPP= PA
Pe
Bu yerda, PA - A mamlakat iste'mol savatidagi tovarlar va xizmatlarning jami bahosi; PB - V mamlakat iste'mol savatidagi tovarlar xizmatlarning bahosi.
Valutalarning xarid qobiliyati pariteti valuta kurslari bilan bog'liq o'zgarishlarini o'zida to'liq aks ettira olmaydi. Buning asosiy sabablarini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:
l. Har ikki mamlakat iste'mol savatidagi o'xshash tovarlami bir xii deb hisoblanishi (ulami yetishtirish, yaratish yoki tayyor lash tehnologiyalari va sharoitlari turlicha bo'lishi, natijada sifati va narxi ham farq qilishi mumkin);
2. Mamlakatlar iste'mol savatidagi tovarlar va xizmatlar tur lari sonining har xilligi (bir mamlakatda 100 xii tovar va xizmatlar iste'mol savatiga kirsa, solishtiriladigan boshqa mamlakatda 500 xii va h.k.)
Valutalaming xarid qobiliyati (yoki tovar) pariteti bilan birga mamlakatlaring valuta munosabatlari taraqqiyotida valutalaming oltin va valuta paritetlari ham amalda bo'lgan. Valutalaming ol tin-valuta paritetlari jahon valuta tizimidagi fiksirlangan (qat'iy) belgilangan kurslar rejimi paytida davlatlarning muomaladagi milliy valutasini uning oltin-valuta zaxirasiga nisbati orqali to pilgan nisbatga aytilgan. Masalan, oltin tanga standarti (Parij, 1876-1913-yillar) davrida I unsiya oltin AQSHda $20,67, Buyuk Britaniyada £4,2474 ga tenglashtirilgan. Bu shakldagi valutalar ning oltin tarkibi valutalaming oltin pariteti deb nom olgan. Shuningdek, valutalaming oltin tarkibi, yoki oltin pariteti orqali valuta kurslari ham aniqlangan. Xususan, ($20,67/ I unsiya oltin)
/ (£4,2474 / I unsiya oltin) = $4,8665/£
Valuta kursiga ta'sir etuvchi omillar. Valuta kursiga ta'sir etuv chi fundamental omillaming 4 turini alohida ajratib ko'rsatish mumkin. Xususan:
l. lqtisodiy omillar. lqtisodiy omillarning asosiylari sifati da mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi to'g'risidagi ma'lumotlar (YIM, Sanoatning o'sishi, ishsizlik va aholining mehnat bilan bandligi, inflyatsiya, foiz stavkalar va h.k.)ning o'zgarishi (5.1-jad valga qarang), mamlakatlar markaziy banklari boshliqlarining chiqishlari va yig'ilishidagi qarorlar, valuta interventsiyasi, moliya bozorining valutadan tashqari boshqa bozorlaridagi o'zgarishlami qayd etib o'tish mumkin.
6.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |