J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


-bob. XALQARO VALUTA OPERATSIYALARI



Download 1,93 Mb.
bet37/131
Sana29.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#515588
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   131
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari

6-bob. XALQARO VALUTA OPERATSIYALARI


    1. Valuta kursi va uning turlari.

    2. Valuta operatsiyalarining mohiyati.

    3. Valuta siyosati.

    4. O'zbekistonda valuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi.

    1. Valuta kursi va uning turlari

Valuta kursi (exchange rate) bir mamlakat pul birligining ik­ kinchi bir mamlakat valutasiga nisbatan bahosi hisoblanadi.
Valuta yoki ayirboshlash kursi ma'lum bir mamlakatni tashqi dunyo bilan bog'lab turadi, shuningdek milliy iqtisodiyot hola­ tini tashqi dunyo bilan taqqoslash, xalqaro iqtisodiy operatsiyalar samaradorligini baholash imkonini beradi. Valuta kursi mam­ lakatning joriy iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holati va istiqboldagi rejalari to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni o'zida mujassam eta­ di. lqtisodiyoti nisbatan ochiq mamlakatlar uchun valuta kursi muhim ko'rsatkichlardan hisoblanadi. Chunki uning iqtisodi­ yotga bevosita yoki bilvosita ta'sir etishi, valuta kursidagi keskin o'zgarishlar esa, milliy iqtisodiyotda inqirozli holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Xususan, valuta kursining o'zgarishi mam­ lakatdagi umumiy talab hajmiga, narxlar darajasiga, foiz stavkalar o'zarishiga, mamlakat ichidagi daromadlar taqsimotiga va iqti­ sodiyotning boshqa sohalariga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Milliy valuta kursini amaldagi zamonaviy talablar va qonun­
chilik me'yorlariga mos ravishda o'rnatish tartibi valuta kotirovkasi (currency quotation) deyiladi. Jahon amaliyotida 2 xil turli valuta kotirovkalaridan foydalaniladi.

  1. Xorijiy valuta birligining ma'lum miqdordagi milliy valutaga tenglashtirilishi to'g'ri kotirovka deyiladi. Masalan, O'zbekistonda 1 AQSH dollari (USD) 2200 so'm (UZS) etib belgilanishi (UZS/ USD), yoki AQSHda 1 yevro (EUR) ma'lum miqdordagi AQSH dollari(USD)ga tenglashtirilishi (USD/EUR) to'g'ri kotirovka

hisoblanadi. To'g'ri kotirovka jahonning ko'p mamlakatlarida qo'llaniladi.

  1. Agar milliy valuta birligini ma'lum miqdordagi xorijiy valu­ taga tenglashtirilsa teskari kotirovka deyiladi. Masalan, Buyuk Britaniyada 1 funt sterling (GBP) ma'lum miqdordagi AQSH dollari (USD)ga tenglashtirilishi (USD/GBP), teskari kotirovka hisoblanadi.

Ma'lum bir davriy oraliqda, belgilangan tartibda aniqlan­ gan valuta kursining eng kichik ko'rsatkichlari o'rtasidagi farq
<
> deb yuritiladi. Masalan, 1 AQSH dollarining so'mga nisbatan kursi 2236,66 so'mdan 2243,49 so'mga ortsa, valuta kur­ si mazkur holat bo'yicha 683 punktga ortgan bo'ladi.
To'g'ri va teskari kotirovkalar orasida quyidagi bog'liqlik mav­ jud: S(UZS/USD) = 1/S(USD/UZS)
Turli anglashilmovchiliklarni sodir etmaslik uchun mavzuga tegishli keyingi holatlarni izohlashda to'g'ri kotirovkadan foy­ dalanamiz.
Xalqaro hisob-kitoblarda kross-kurslardan keng foydalaniladi. Kross-kurs uchinchi valuta (USD) orqali ikki valuta (UZS, JPY, GBP) o'rtasidagi kursni aniqlashdir.
Kross-kurslar ikki xii usulda aniqlanadi. Bunda bazaviy valuta (USD va h.k.) va kotirovka qilinayotgan valutalar (UZS, JPY, GBP va h.k.)dan foydalaniladi. Ya'ni valuta kursidagi 1 birlikka teng valuta bazaviy, boshqa ma'lum qiymatga teng valuta esa, kotirovka qilinayotgan valutadir. Masalan, 1 USD (bazaviy)=
=2200 UZS (kotirovka qilinayotgan), yoki 1 GBP (bazaviy)=
=1,4 USD (kotirovka qilinayotgan).

  1. Ma'lum ikki valuta kursining bazasi bir xil valuta bo'lsa, bunda ushbu kurslarning o'zaro nisbati orqali uchinchi valuta kursi topila i. Masalan, 1 AQSH dollariga 2200 so'm (UZS/USD) yoki 150 Yapon yenasi (JPY/USD) almashtirib berilsa, unda 150 JPY=2200 UZS bo'ladi va bundan 1 JPY=l4,67 UZS kelib chiqadi, ya'ni 1 JPY/UZS=l4,67 yoki 1=14,67 UZS/JPY.

Shunday qilib, 1-holat bo'yicha:
UZS /USD
Kross kurs (UZS/JPY) = JPY / USD = UZS/JPY


  1. Kross kursni topish uchun ishlatiladigan uchinchi valu­ ta ma'lum ikki valuta kursining birida bazaviy ikkinchisida kotirovka qilinayotgan valuta bo'lsa, bunda ushbu kurslarni o'zaro ko'paytirish orqali uchinchi valuta kursi topiladi. Masa­ lan, 1 AQSH dollari 2200 so'm (UZS/USD) va 1 Buyuk Bri­ taniya funt sterlingi 1,4 AQSH dollari (USD/GBP) bo'lsa, unda 1 GBP=l,4·2200 UZS bo'ladi va bundan l GBP = 3080 UZS kelib chiqadi, ya'ni 1 GBP/UZS=3080 yoki 1=3080 UZS/GBP.


Shunday qilib, 2-holat bo'yicha:

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish