J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


ll5 rasmiy bitimlar bo'yicha dollarning oltinga rasmiy kurs bo'yicha 1



Download 1,93 Mb.
bet33/131
Sana29.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#515588
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   131
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari

ll5
rasmiy bitimlar bo'yicha dollarning oltinga rasmiy kurs bo'yicha
1 troya unsiyasi 35 dollardan almashinuvi saqlandi.

  1. 1971 yil 15 avgust. AQSH prezidenti R. Nikson markaziy banklar uchun rasmiy kurs bo'yicha dollarni oltinga konvertatsi yasi vaqtinchalik taqiqlanganligini e'lon qildi.

  2. 1971 yil 17 dekabr. Dollarning oltinga nisbatan devalvatsi yasi 7,89% tashkil etdi. Oltinning rasmiy bahosi I troya unsiyaga 35 dollardan 38 dollarga, dollarning oltinga mazkur kurs bo'yicha qayta almashinuvisiz oshdi.

  3. 1973-yil 13-fevral. I troya unsiyaga 42,2 dollargacha dollar devalvatsiyalandi.

  4. 1976 yil 8 yanvar. Yamaykaning Kingston shahrida XVF a'zolarining yig'ilishida yangi jahon valuta tizimini tashkil etish to'g'risidagi yangi bitimi qabul qilindi.

Bretton Vuds tizimi amal qilgan davrda jahon iqtisodiyoti juda tez sur'atlarda rivojlandi. Ushbu davr «iqtisodiy mo'jiza•> yillari bo'ldi: inflyatsiya past darajada saqlandi, ishsizlik darajasi qisqar­ di, aholi turmush darajasi yaxshilandi. Lekin, bir vaqtning o'zida mazkur tizimning asosi barbod bo'ldi. AQSH sanoatida mehnat unumdorligi Yevropa va Yaponiyaga qaraganda past bo'ldi. Bu esa, AQSHga Yevropa va Yaponiya tovarlari eksporti o'sishiga olib keldi. Natijada, Yevropada <ning yirik miqdori to'plandi. G'arbiy Yevropa banklari esa, ularni amerika g'aznachilik qog'ozlariga sarflashdi. Bu holat, AQSHning tashqi qarzi o'sishiga olib keldi. <>ning bir qismi 60 yillarning oxirida taqdim etildi, AQSHning oltin zaxirasi esa kamayib ketdi va natijada dol larni oltinga nisbatan erkin almashinuvi bekor bo'ldi.
Yamayka valuta tizimi - zamonaviy jahon valuta tizimi bo'lib, alohida mamlakatlarning valuta tizimlariga emas, balki huquqiy mustahkamlangan davlatlararo tamoyillarga asoslangan. Yamay ka valuta tizimining o'ziga xos xususiyati erkin suzib yuruvchi valuta kurslarining joriy etilishi bo'ldi.
Bretton-Vuds tizill!ining inqirozi valuta islohotlarining ko'pgina loyihalarini keltirib chiqardi: jumladan, jamoaviy zaxira
birliklarini tashkil etish, tovar va oltin bilan ta'minlangan jahon valutalarini chiqarish va oltin standartiga qaytish loyihalari.
Monetarizm tarafdorlari davlat aralashuviga qarshi bozor to monidan tartibga solishni yoqlashdi, to'lov balansini avtomatik tarzda o'z o'zidan tartibga solinish g'oyasiga asoslangan holda su zuvchi valuta kurslari rejimi joriy etishni taklif qilishdi (M. Frid man, F. Maxlup va bosh.). Neokeynsianchilar J.M. Keynsning xalqaro valuta tashkil etish to'g'risidagi oldingi g'oyasiga qaytishdi (R. Triffin, U. Martin, A. Dey. F. Peru, J. Denize). AQSH oltinni to'liq demonetizatsiya qilish va dollarning mavqeini qo'llab­ quvvatlash maqsadida xalqaro likvid vositani tashkil etish yo'lini tutdi. G'arbiy Yevropa, ayniqsa Fransiya dollarning yetakchiligini cheklash va XVF kreditlarini kengaytirish sari harakat qildi.
Valuta inqirozidan chiqishga bag'ishlab jahon miqyosida bir
gator konferentsiyalar o'tkazildi. 1972-1974 yillarda XVF jahon valuta tizimini isloh qilish loyihasini tayyorladi.
Mazkur loyiha 1976 yilda XVFga a'zo mamlakatlarning keli shuviga ko'ra Kingstonda o'tkazilgan konferensiyada rasmiy ji hatdan kuchga kirdi. Yamayka valuta tizimi asosiga oltin stan­ dartidan to'liq voz kechish tamoyili qo'yildi.
Mazkur tizimga muvofiq valuta munosabatlari quyidagi ta­ moyillarga asoslangan holda amalga oshirilishi lozim:
oltin andozasi tizimi rasman bekor qilindi;

  • oltin demonetizatsiyasi belgilandi, uning jahon puli funksi yasi bekor qilindi;

  • valutani oltinga bog'lovchi oltin paritetlari taqiqlandi;

  • markaziy banklarga bozor bahosi bo'yicha oltinni oddiy tovar sifatida sotish va sotib olishga ruxsat etildi;

SDR (Special Drawing Rights) standarti joriy etildi, un dan jahon puli sifatida, shuningdek, valuta almashinuv kurslarini o'rnatish hamda rasmiy aktivlarni baholashda foydalanish ko'zda tutildi;
alohida markaziy banklarga ichki pul siyosatini mustaqil o'tkazish imkoniyati kengaytirildi. Mamlakatlarning markaziy
banklari valutaning qat'iy belgilangan paritetini ushlab turish uchun valuta bozorlari faoliyatiga aralashishga majbur emaslar. Biroq, ular valuta kurslarini barqarorlashtirish uchun valuta in­ tervensiyalarini amalga oshiradilar;

  • zaxira valutalari sifatida AQSH dollari, Germaniya mar kasi, funt sterling, shveysariya franki, yaponiya ienasi, fransuz franki rasman tan olindi (yevro muomalaga kiritilishiga qadar);

  • erkin suzuvchi valuta kurslari rejimi o'rnatildi, shuningdek, ularni jahon valuta bozorida talab va taklif asosida shakllantirish belgilandi;

  • davlatlarga valuta kursi rejimini mustaqil belgilashga ruxsat etildi.

Yamayka bitimining barcha ishtirokchi mamlakatlari aso­ sida valutalarning oltin tarkibi yotgan qat'iy belgilangan valuta kurslaridan valuta bozorlaridagi talab va taklif ta'sirida muay­ yan chegaralarda erkin o'zgaruvchan suzuvchi valuta kurslariga o'tishdi.
SOR o'zida xalqaro shartli hisob pul birliklarini ifodalaydi. SORning emissiyasi XVF tomonidan amalga oshiriladi. SOR XVF to'lov birliklari sifatida va maxsus hisob raqamlarda yozish yo'li bilan xalqaro naqdsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda qo'llaniladi. SOR funksiyasiga, to'lov balanslarini tartibga so­ lish, rasmiy valuta zaxiralarini to'ldirish, milliy valutalar qiy­ matini taqqoslash kabilar kiradi. SOR hech qanday valuta yoki qarz mqjburiyati hisoblanmaydi. Ushbu to'lov vositasi 1969-yilda a'zo mamlakatlarning mavjud zaxira aktivlariga qo'shimcha si­ fatida XVF tomonidan tashkil etilgandi. Tashkil etishdan asosiy rnaqsad, Bretton-Vuds valuta tizimi doirasida Triffin paradoksini bartaraf qilish edi.
SOR kursi har kuni e'lon qilinadi va to'rtta yetakchi valu­ tadan tashkil topgan savatning dollar qiyrnati asosida aniqlanadi. Ushbu valutalar, AQSH dollari, yevro, iena va funt sterlingdan iborat. Yevro muomalaga kirguniga qadar kurs beshta valutadan tashkil topgan savatga bog'langan edi, ular AQSH dollari, nemis
markasi, fransuz franki, iena va funt sterlingdir. Valutalarning savatdagi og'irligi har besh yilda ko'rib chiqiladi.
5.1-jadval Asosiy jahon valutalarining SDRga nisbatan kursi (qavs ichida SDR valuta savati tarkibida milliy valutalar ulushi ifodalangan) 17

Davr

USO

DEM

FRF

JPY

GBP

1981-
1985

0,540
(42%)

0,460
(19%)

0,740
(13%)

34,0 (13%)

0,071 (13%)

1986-
1990

0,452
(42%)

0,527
(19%)

1,020
(12%)

33,4 (15%)

0,089 (12%)

1991-
1995

0,572
(40%)

0,453
(21%)

0,800
(11%)

31,8 (17%)

0,081 (11%)

1996-
1998

0,582
(39%)

0,446
(21%)

0,813
(I 1%)

27,2 (18%)

0,105 (11%)

Davr


Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish