Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategik pirovard maqsadi



Download 106,5 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi106,5 Kb.
#80236
Bog'liq
Fuqarolik jamiati referat

Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategik pirovard maqsadi.

Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. SHu kabi jamiyatgina O‘zbekiston xalqining munosib

turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analar va ma’naviyatimizni qayta tiklashi, shaxs sifatida insonning ma’naviy-axloqiy kamol topishini ta’minlay olishi e’tirof etildi.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida shunday deb ta’kidlaydi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zo‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi.

Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi»

1.Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri bu uning huquqiy negizini yaratishdan iborat bo‘lganligi bois, birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida

fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o‘rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o‘z ifodasini topishiga alohida e’tibor berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining asosiy qoida va talablarini aks ettiruvchi prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan normalar sifatida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi (2modda), xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi (7modda), O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanishi (11modda),

O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafko‘ralar va fikrlarning xilmaxilligi asosida rivojlanishi, hech qqaysi mafko‘ra davlat mafko‘rasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi (12modda) kabilarda fuqarolik jamiyatining asosiy prinsipial masalalari yuridik jihatdan mustahkamlanganligini ko‘rishimiz mumkin.

Mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha Konstitutsiyamizda qayd etilgan asosiy prinsiplar va normalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, saylov huquqi erkinligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tadrijiy islohotlar amalga oshirildi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan uch bosqichga bo‘lib tahlil qilish tavsiya etiladi.2 Birinchi bosqich o‘z ichiga 19912000 yillarni qamrab oladi. Bu davrda, birinchi navbatldafuqarolik jamiyatining shakllanishining asoslari yaratildi Ikkinchi bosqich (20002010 yillar) damamlakatni demosratlashtirish va modernizatsiyalash bo‘yicha faol jarayonlar davom ettirildi. 2010 yil 12 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Mamlakatda demokratik islohatlarni yanada chuvurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” e’lon qilindi. Bu Konsepsiya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning ikkinchi bosqichiga yakun yasadi va yani – uchinchi bosqichni boshlab berdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarining mazmun mohiyatidan kelib chiqib fuqarolik jamiti tushunchasiga turli xil darajada tariflar berilmoqda. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan fuqarolik jamiyatiga quyidagicha ta’rif

berildi: “Fuqarolik jamiyati – bu qonun ustuvorlik qiladigan; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalashni

ta’minlanadigan, shaxsning rivojlanishi va o‘zligini namoyon

qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan; aholinig keng qatlamlari tomonidan qo‘llabquvvatlanidigan mustaqil qva barqaror institutlar amal qiladigan ijtimoiy makondir” Yurtimizdagi jamiyatshunos olimlar ham fuqarolik jamiyatini “...... bu erkin, demokratik, huquqiy sivilizatsiyalashgan jamiyat bo‘lib, unda yakka hokimlik rejimiga, volyuntarizmga, sinfiy adovatga, totalitarizmga, odamlar ustidan zo‘ravonlik qilishga o‘rin yo‘q, Bunday jamiyatda faqat va faqat qonun, axloq, insonparvarlik, adolat ustuvorlik qiladi. Bu jamiyatda ko‘p ukladli raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti, tashshabbuskor tadbirkorlar iqtisodiy rivojlanishning asosini tashkil etadi, turli ijtimoiy qatlamlar manfaatlari muvozanatga keltirib turiladi”3 yoki “Fuqarolar o‘rtasidagi

muaayyan kompromiss, davlat va nodavlat tashkilotlpr o‘rtasida konsensus madaniyati vujudga kelganda, shuningdek, dunyoqarashlar plyuralizm, davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishishga layoqatli jamoatchilik institutlari vujudga kelganda shakllanishi mumkin deya tariflaydi. Fuqarolik jamiyati tushunchasiga tariflarning turli-tumanligi fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining murakkab, ko‘p qirrali jarayyon ekanligi bilan harakterlanadi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo qilishning ustuvor yo‘nalishlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Buni biz qonunchilikning demokratik tamoyillari, fuqarolik institutlarining huquqiy kafolati rivojlanishi, milliy g‘oya mafko‘rasining shakllanishi hayotimiz va yashash tarzimizda muhim ahamiyat kasb etishida ko‘ramiz. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.KarimovOliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida (2010 yil 12 noyabr) ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida fuqarolik jamiyatining shakllanishi hamda ravnaq topishiga alohida e’tibor qaratib, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilni amalda to‘liq tatbiq etishning aniq va ravshan qirralarini belgilab berdi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Faqatgina biz tanlagai bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo‘li xalqimiz ko‘zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo‘lgan, qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar” 5 Mamlakatimiz istiqloli jamiyatimiz taraqqiyotining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy sohalarini o‘zida to‘liq mujassam etgan hamda zamonaviy rivojlanishning barcha prinsiplarini e’tiborga olgan taraqqiyot modelini yaratilishini ob’ektiv zarurat qilib qo‘ydi. Shu bilan bir qatorda, yosh mustaqil mamlakatimiz oldida islohotlarning dastlabki bosqichidayoqbelgilab olingan bir qator vazifalar taraqqiyotning o‘ziga xos milliy modelini yaratishni yanada dolzarb qilib qo‘ygan edi. Ma’lumki, ushbu vazifalar quyidagi muhim jihatlarni o‘z ichiga qamrab oldi:

Ijtimoiy-siyosiy sohada: ma’muriybuyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmi va tuzilmalaridan qutilish hamda davlat qurilishining demokratik, huquqiy tamoyil va me’yorlariga o‘tish, fuqarolik jamiyatiga o‘tishning poydevorini qurish. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada: insonning ishlab chiqarish vositalaridan begonalashuvidan, rejalitaqsimotchilik tizimidan kechish va ko‘p ukladli iqtisodiyotga hamda bozor munosabatlariga o‘tish. Ma’naviyat sohasida: aqidabozlik va o‘ta siyosatlashtirilgan mafko‘ra hukmronligidan qutulish, milliy ma’naviyatni shakllantirish. Xalqaro munosabatlar sohasida: butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o‘zni chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish, jahon hamjamiyatiga kirib borish va teng huquqli

hamkorlikka yo‘l ochish. Islohotlarning mazkur asosiy yo‘nalishlari orqali respublikamizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning murakkabligi va ulkan miqyoslarini tasavvur qilish mumkin. O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘z xalqi tarixi va uning ongiruhiyatidan, aniq sharoitlaridan kelib chiqib tanladiInsoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g‘oya sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi G‘arb tamadduni mahsuli sifatida amaliyotga tadbiq etilmoqda deb hisoblamoqdalar, aslida SHarq mamlakatalarimutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan. Ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum davrlarida sharq mamlakatlari etakchilik mavqeini egallagan. Har qanday fan, o‘z mohiyatiga ko‘rat umumbashariydir. Dunyo xalqlari kattakichikligidan qatiy nazaruning rivojiga hissalarini qo‘shgan.

Shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi g‘oyalar, bilimlar bir yoqlama bo‘rttirish yoki kamsitish noto‘g‘ri yondoshuvdir. Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalari Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotining yorqin namunasi “Avesto” muqaddas kitobida yoritilgan. 2001 yilda millat ma’naviy madaniyatining eng qadimgi manbasi “Avesto”ning 2700 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov: “ ... bu noyob asar

bebaho tarixiy hujjat bo‘lib, u biz yashagan bu qadim yurtda, bu zaminda o‘zining madaniyati va boy ma’naviyatiga ega bo‘lgan buyuk davlat bo‘lganligidan, ajdodlarimizga, asrlar davomida bitmas tuganmas quch vaqudrat va tayanch sifatida xizmat qilganligidan dalolat beradi” debalohida e’tirof etgan. Darhaqiqat, “Avesto”ning bosh g‘oyasi “ezgu fikr, ezgu maqsad, ezgu amal” har qanday jamiyat va insonlararo munosabatlarning ma’naviy asosi ekanligidan dalolatdir. Markaziy Osiyo uyg‘onish davri IXXV asrlarda davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish, davlat rahbari va xizmatchilarining faoliyat darajalari tasniflari, ijtimoiy mas’uliyati mezonlarining nazariy jihatlari haqidagi g‘oyalar Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, YUsuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Alisher Navoiy va boshqalar ijodida keng tahlil qilingan. Xususan, Abu Nasr alFarobiy (870–950) ning “Fozil odamlar shahri”, “Davlat arbobining aforizmlari” asarlarida sharqona siyosiyhuquqiy va ijtimoiy fikr tarixida ijtimoiy tizim, siyosat,

davlat va hukumat haqidagi qarashlar nazariy asoslangan. Abu Nasr Farobiy fikricha adolatli jamiyat qurish uchun uni mudofaa qilish va oqilona boshqarish usulini bilish, odamlarga yovuzlikdan saqlanish ezgulikka intilish yo‘llarini ko‘rsatish lozim. U davlat rahbarining boshqaruv mahorati umumiy baxtga erishish yo‘lidir deb hisoblaydi. Adolatli davlatni ma’rifatli hukmdor boshqaradi, u ma’naviyat, adolat etakchisi bo‘lishi, o‘z fazilatlari bilan qat’iy talablarga javob berishi lozim. Bu borada Abu Nosir Forobiy “Ularning o‘zlaridan saylangan rahbar yoki boshliqlar hokimi mutloq bo‘lmaydi. Ular odamlar ichidan ko‘tarilgan, sinalgan eng oliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‘ladilar. SHuning uchun bunday rahbarlar o‘z saylovchilarini to‘la ozodlikkachiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladilar” 6, deb davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarni ta’minlash bilan bog‘liq axloqiy va madaniy qadriyatlarni tizimlashtiradi Adolatli davlat boshqaruvi, uning mukammal nazariy asoslarini yaratish borasida ulkan ilmiy meros qoldirgan o‘rta asrlar mutafakkiri, davlat arbobi Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari muhim manba hisoblanadi. U amaldorlarni axloqiy fazilatlariga qarab tanlash, adolat va insofni

oyoq osti qiladigan kishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borish, faoliyatlarni mungazam nazorat qilish, itoat, ijro va sifatlari to‘g‘risidagi

qarashlari bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, Nizomulmulkning«Ko‘pchilik bo‘lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo‘ladi va shunday yo‘l tutish kerak» degan fikrlari ajdodlarimizning davlat qurilishining adolatli tartibotlarigakatta e’tibor berganligidan dalolatdir.

Fuqarolik jamiyati konsepsiyasining Evropacha an’anasi antik ildizlarga ega. Mazkur an’ananing mazmunmohiyati nafaqat siyosiy, balki shaxsni ijtimoiyaxloqiy nuqtai nazardan baholash bilan bog‘liq edi. Bunga Aflotun, Arastu, Sitseron kabi mutafakkirlarning qarashlarini

misol keltirish mumkin. Fuqarolik jamiyatining antik konseptual ta’limotida jamiyat va davlat fenomenlarining uzviyligi qadimgi yunon dunyoqarashining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Xususan,

Aflotunning (mil. av. 427–347 y.) “Davlat” dialogida fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy hayotini ajratishgina emas, ijtimoiy sohani hozirgidek zamonaviy talqinda, siyosiy faollik sifatida tushunilgan. Bunda jamiyat hayotining siyosiy jihatlari, fuqarolik jamiyati tizimining umumiy

tavsifi sifatida namoyon bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati g‘oyasining keyingi rivoji Aflotunning shog‘irdi Arastu(mil. av. 384–322 y.) ijodi bilan bog‘liq. Ustozi kabi Arastu ham eng mukammal jamiyat g‘oyasini ishlab chiqishga diqqat e’tiborini qaratadi, biroq fuqarolik jamiyati g‘oyalari tarkibida bu masala o‘zgacha nazariy

jihatlarni tashkil qiladi. Uni ko‘proq ijtimoiy transformatsiya emas, balki davlat tuzilmasidagi o‘zgarishlar qiziqtiradi. Bundan tashqari Arastu o‘zining nazariy ishlanmalarida davlat haqidagi

mavhum g‘oyaga tayanishni emas, jumladan Aflotunga xos bo‘lgan, balki voqe’likda mavjud bo‘lgan boshqaruv shakllarini solishtirish, qiyosiy tahlil qilishga tayanadi, bu jihat esa uning davlat

va jamiyat borasidagi pozitsiyasini konkretroq bo‘lishini ta’minlaydi.

Qadimgi rim mutafakkiri Mark Tuliy Sitseron (mil. av. 10643 yillar) ham jamiyat va davlat (respublika)ni tenglashtiradi. Sitseronning «Davlat haqida» va «Qonunlar haqida» asarlari davlat va

huquq muammolariga bag‘ishlangan. Davlat Sitseron talqinida qadimgi yunon mutafakkirlarining konsepsiyalaridagi kabi davlatning barcha erkin a’zolari umummanfaat ifodasi sifatidagina emas, balki bu a’zolarning o‘zaro kelishilgan huquqiy munosabatlari majmui, muayyan huquqiy tuzilma, «umumiy huquqiy tartibot» sifatida ham namoyon bo‘ladi. Sitseron davlat tushunchasiga birinchilardan bo‘lib huquqiy tus beradi, bu ta’limot keyinchalik juda ko‘p mutafakkirlar, shu jumladan «huquqiy davlat» g‘oyasining hozirgi tarafdorlari tomonidan ham e’tirof etiladi.

Sitseron konsepsiyasiga ko‘ra, “fuqarolik jamiyati” g‘oyasi antik davr uchun klassik ahamiyatga ega bo‘ladi, bu o‘z navbatida yangi davrda shakllangan nazariy qarashlarga asos bo‘ladi. Ko‘pgina ekspertlar fikricha, aynan Sitseronning ijtimoiy-siyosiy ta’limotida “fuqarolik jamiyati” o‘zining tushunchaviy asoslariga ega bo‘ladi.

Fuqarolik jamiyatining tarixiy ko‘rinishlari ifodasi EvropaO‘rta er dengizi an’anasi asosida fuqarolik jamiyatining dastlabki ko‘rinishlari – Uyg‘onish davridagi italyan shahardavlatlariga borib taqaladi. Bunda fuqarolik jamiyati shahar boshqaruvi tizimiga asoslangan, muayyan shahar doirasidagi, ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida harakterlanadi.

Olimlar fuqarolik jamiyatining yana bir tarixiy ildizini, olmon madaniy doirasi ta’siridagi kontinentalevropa an’anasi bilan bog‘lashadi. Erkin fuqaroning paydo bo‘lishiga, birinchilardan bo‘lib birlashgan hunarmandlar va savdogarlar gildiyasi, feodallardan himoyalovchi va shaharlar boshqaruviga ta’sir qilgan birinchi assotsiatsiya sabab bo‘lgan deb hisoblanadi. Uchinchi tarixiy ildiz fuqarolik jamiyati zamonaviy tushunchasi shakllanishida liberal angloamerika an’anasi muhim ahamiyat kasb etgan. Tadqiqotchilar bu borada turlicha fikr bildiradi.

Masalan, fuqarolik jamiyati tabiiy huquq va erkinlik asosida mulkka egalik qilishi haqidagi g‘oyani Jon Lokk, modernizatsiya va o‘zo‘zini boshqarishni fuqarolik jamiyatining muhim komponentlari sifatida Adam Smit, minimal davlat konsepsiyasi, fuqarolik jamiyati va zaruriy yovuzlik sifatidagi davlatning o‘ta chegaralangan roli haqidagi g‘oyani Tomas Peyn, amerikacha demokratiya tahlili hoyasini Aleksis de Tokvil, davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatlarni belgilab bergan

va fuqarolik jamiyati mustaqil bo‘lishi kerakligini ta’kidalagan Jon Styuart Mill kabi olimlarni ko‘rsatish mumkin. Fuqarolik jamiyati haqida turlicha tarixiy va metodologik yondashuvlar va interpretatsiyalarni

inkor etmagan holda, yangi davrda fuqarolik jamiyati konseptuallashuvi jarayonida muhim rol o‘ynagan Uyg‘onish davri olimlardan biri Nikolo Makiavelli (1469–1527) bo‘lib, u pragmatik, tajribaviy ijtimoiy fanga asos soldi. Fuqarolik jamiyati Makiavelli uchun sinfiy, partiyaviy

qaramaqarshi qiziqishlar majmuidir. Unga ko‘ra fuqarolik jamiyati xalqqan axloqiy asosni – ezgulik va fazilatni, ijtimoiy qiziqishlar va respublika tuzilmasi qiziqishlari oldida burchni his qilish va

jasoratni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, u erkin individlar uchun munosib birlashma bo‘ladi. Davlatni himoya qilish uchun hukmdor qo‘lidagi barcha vositalarni ishga solishi kerak bo‘ladi, yolg‘on, shafqatsizlik hatto urush ham bundan mustasno emas. Davlat qiziqishlari unda birlamchi ahamiyat kasb etgan. Makiavelli davlatning mutlaqo mustaqilligini talab qilgan, cherkovdan ham, ya’ni davlat va umuman siyosat sohasining sekulyarizatsiyasi tarafdori bo‘lgan. U davlat boshqaruvining o‘ziga xos siyosiy mahorat maktabini yaratadi, unda hech qanday axloqiy normalar bilan hisoblashmay, “maqsad har qanday vositani oqlaydi” degan tamoyilni ishlab

chiqqan. Zamonaviy tadqiqotchilar ta’kidlashicha, demokratik qayta qurish g‘oyalari va fuqarolik jamiyati shakllanishi yosh xivaliklar va yosh buxoroliklar uyushmalari dasturlarida o‘z aksini topgan. Ular jadidlar liberal harakati sifatida nafaqat ijtimoiy munosabatlarni isloh qilishda, balki 1920 yilda Xiva va Buxoroda xalq namoyishlarida ishtirok etganlar. Turkiston avtonomiyasi uchun ko‘rashgan jadidlar, mustaqillik uchun harakatga munosib hissasini qo‘shgan. Yurtimizda ijtimoiyfalsafiy fikr, xususan jadidlar qiyofasida, fuqarolik jamiyati g‘oyalari ma’rifat qadriyatining shakllanishiga qaratilgan edi. M.Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat o‘z davridan ilgarilab o‘tib, fuqarolik jamiyati faqat mustaqil mamlakat doirasida amalga oshishi, haqidagi xulosasini aytadilar. Bundan tashqari, ular, an’ana va urfodatlar demokratlashuvga to‘siq

bo‘lmasligini, aksincha, mavjud an’analar doirasida amalga oshirilgan modernizatsiya, fuqarolik jamiyatining shakllanishi va barqaror taraqqiyotining muhim omili ekanligini asoslaydi.

XX asr boshlaridan fuqarolik jamiyati sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlar “fuqarolik jamiyati” kategoriyasini funksional harakteristiqalarini tushunish murakkablashadi. Bu fuqarolik

jamiyati tushunchasini tadqiq etishda, fuqarolarning ijtimoiy hayotida dolzarb talablarini aks ettiruvchi, yangi mezonlarning kiritilganligi bilan asoslanadi. SHunday qilib fuqarolik jamiyati haqidagi tasavvurlar rivojini tizimlashtirish: birinchidan, ularning ijtimoiyfalsafiy asoslari

harakteristiqasi bilan, ikkinchidan, mafko‘raviy asoslarning xususiyatlariga ko‘ra, uchinchidan, fuqarolik jamiyatining sof ilmiy konsepsiyalarini aniqlash bilan belgilanadi.

2. Mustaqil O‘zbekiston Milliy taraqqiyot modelining ishlab chiqilishi.

Strategiya ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bosh yo‘nalishi, barcha say-harakatlarning poydevori, davlat va jamiyat hayotidagi tub burilish davri uchun xos bo‘lgan

boshqaruv san’ati mazmunini ifoda etadi. Strategiyaning bugungi kun uchun xos bo‘lgan ma’nosi hozirgi murakkab davrda O‘zbekistonning erkin va farovon davlat bo‘lishiga erishish, odamlar hayotini tubdan yaxshilash, baxtli turmushini, kafolatli tinchligini ta’minlash, har bir insonning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat.

Jadal taraqqiyot jadal taraqqiyotga turt omil uyg‘unligi asosida erishiladi. Buning uchun eng avvalo tez rivojlanish sur’atlariga erishishni ta’minlaydigan etarli investitsiyalarga ega bo‘lish; ikkinchidan, puxta rejalashtirilgan taraqqiyot modeli va bu modelni uzluksiz amalga oshirishga qaratilgan mexanizm va "yo‘l haritalari" zarurligi, uchinchidan esa, ana shu yuksak sur’atlarni ta’minlashga qodir bo‘lgan inson kapitali, salohiyatli qadrlar, mutaxassislarning bo‘lishi,

to‘rtinchidan esa, jadal rivojlanish modelini ro‘yobga chiqarishga qodir iroda, liderning jamiyatni etaklovchi kuchi va qat’iy azmu qarori taqozo etiladi. Mamlakatimizda ana shu omillarning barchasi bor.

«Yo‘l haritasi» biror bir maqsadga oqilona yo‘l bilan erishishning puxta ishlab chiqilgan rejasi, qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlarni samarali amalga oshirish, ko‘zlangan rejalar va muddaolarni ro‘yobga chiqarishning eng maqbul mexanizmi. "Yo‘l haritasi" qonunlar va boshqa huquqiy me’yoriy hujjatlarning ochiq oshkora va shaffoflik bilan hayotga joriy etilishini ta’minlaydi.Barqarorlik tinchlik, osoyishtalik va ijodiy mehnat muhiti qat’iy, uzil-kesil hamda mustahkam o‘rnatilgan muhim sharoit. Barqarorlik har qanday bunyodkorlik faoliyatining zamini va zaruriy sharti hisoblanadi. Davlat suverenitetiga erishish natijasida mamlakatimiz o‘z sotsiomadaniy zaminlariga tayangan holda, rivojlanish imkoniyatlariga bevosita ega bo‘ldi. SHu munosabat bilan alohida

ta’kidlab o‘tish joizki, har qanday yosh mustaqil davlat oldida o‘z istiqlolini ro‘yobga chiqarish uchun mamlakatning aniq shart-sharoitlari, ehtiyojlari, maqsadlarini qamrab oluvchi samarali siyosiy taraqqiyot modelini belgilab olish vazifasi turadi. Ushbu masalaning yuqori darajada hal etilishi mamlakatning izchil taraqqiyoti uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Har bir mamlakat konkret amaliyotidan kelib chiqqan holda, rivojlanish g‘oyasini qabul qilinishi ya’ni, taraqqiyotning konseptual asoslarini aniq belgilanishi bu o‘rinda hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, nutq va ma’ruzlarida mustaqil mamlakatimiz siyosiy taraqqiyotining nihoyatda o‘ziga xos, davr talablarini har tomonlama hisobga olgan, xalqimizning asriy orzu-umidlarini o‘zida mujassam etgan ilmiy￾nazariy jihatlari echib berildi. Ijtimoiy fanlarda siyosiy taraqqiyotning turlari haqida fikr yuritilganda dastavval uni ikki katta

turga ajratib ko‘rsatish ustuvorlik qiladi. Bu o‘rinda gap taraqqiyotning evolyusion va inqilobiy usullari haqida bormoqda. Siyosiy taraqqiyotning evolyusion turi o‘z ichiga siyosiy taraqqiyotning bir qancha shakllarini qamrab oladi va ijobiy mohiyatga egadir.

Taraqqiyotning inqilobiy turi ko‘p hollarda salbiy oqibatlarga olib kelishi hamda u tufayli jamiyatda kuchli siyosiy inqirozlar, regress holatlari ro‘y berishini tajribalar isbotlagan. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida jahonning ilg‘or tajribalarini inobatga olgan holda, ayni paytda, jamiyatimizning milliy negizlariga tayanib siyosiy taraqqiyotning evolyusion yo‘li tanlab olindi va bunday siyosiy taraqqiyot zaminini zamonaviy demokratiya g‘oyalari tashkil etdi. Mazkur g‘oya asosida O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo

qilishning o‘ziga xos ilmiy va amaliy asoslari shakllantirildi. Mamlakatimiz istiqloli jamiyatimiz taraqqiyotining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy sohalarini o‘zida to‘liq mujassam etgan hamda zamonaviy rivojlanishning barcha prinsiplarini e’tiborga olgan taraqqiyot modelini yaratilishini ob’ektiv zarurat qilib qo‘ydi. SHu

bilan bir qatorda, yosh mustaqil mamlakatimiz oldida islohotlarning dastlabki bosqichidayoq belgilab olingan bir qator vazifalar taraqqiyotning o‘ziga xos milliy modelini yaratishni yanadadolzarb qilib qo‘ygan edi. Ma’lumki, ushbu vazifalar quyidagi muhim jihatlarni o‘z ichiga qamrab oldi: Ijtimoiy-siyosiy sohada: ma’muriy-buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmi va tuzilmalaridan qutilish hamda davlat qurilishining demokratik, huquqiy tamoyil va me’yorlariga o‘tish, fuqarolik jamiyatiga o‘tishning poydevorini qurish. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada: insonning ishlab chiqarish vositalaridan begonalashuvidan, rejali￾taqsimotchilik tizimidan kechish va ko‘p ukladli iqtisodiyotga hamda bozor munosabatlariga o‘tish. Ma’naviyat sohasida: aqidabozlik va o‘ta siyosatlashtirilgan mafko‘ra hukmronligidan qutulish, milliy ma’naviyatni shakllantirish. Xalqaro munosabatlar sohasida: butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o‘zni chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish, jahon hamjamiyatiga kirib borish va teng huquqli

hamkorlikka yo‘l ochish. Islohotlarning mazkur asosiy yo‘nalishlari orqali respublikamizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning murakkabligi va ulkan miqyoslarini tasavvur qilish mumkin. O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘z xalqi tarixi va uning ongi-ruhiyatidan, aniq sharoitlaridan kelib chiqib tanladi. Bu modelning mohiyati O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan islohotlarning besh tamoyilida ta’riflab berildi. Tarixan qisqa, ammo zafarli natijalarga boy bo‘lgan taraqqiyotimiz, tanlangan modelning to‘g‘riligini isbotladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek,

“Beshta asosiy qoida O‘zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o‘zagidir. Ularning mohiyati quyidagicha:

“birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafko‘raga bo‘ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafko‘radan xoli qilish zarur; ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart; uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Buning ma’nosi shuki,

demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim; to‘rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi;

beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, o‘tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya’ni evolyusion yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Bu qoidalar o‘z istiqlol, rivojlanish va taraqqiyot yo‘limizga asos qilib olingan bo‘lib, o‘tish davri dasturining negizini tashkil etadi. Hozir bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikada

ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini joriy etish yo‘lidan izchil harakat qilishni ta’minlaydi” I.A. Karimov tomonidan asoslab berilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli” va uning asosiy tamoyillari mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va pirovardida fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda kuchli ijtimoiy himoya tamoyillariga asoslangan erkin bozor munosabatlarini barpo

etishda dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. Ushbu model islohotlarning barqarorligi va xavfsizligini kafolatli ta’minlashning etakchi ustuni bo‘lib kelmoqda. Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” g‘oyasiga ko‘ra, yurtimizda yangi jamiyatni barpo etish uchun amalga oshiriladigan barcha islohotlar zaminiga inson omili qo‘yildi. YA’ni “islohot islohot

uchun emas, balki, inson manfaatlari, uning, erki va farovonligi uchun”, degan g‘oya barcha yangilanishlarning asosiy o‘zagi etib belgilandi. SHu munosabat bilan qurilayotgan yangi mustaqil «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual tamoyil va uning mohiyati. O‘tgan asrning 80yillari oxiri 90yillar boshida totalitar tuzumdan endigina xalos bo‘lgan, o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekistonda yangi jamiyat va davlatni bunyod etish islohotlarining jahon tajribasining qanday yo‘lidan borishi hali aniq va ravshan emas edi. Lekin, mamlakat

rivojining bosh yo‘li tanlandi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq Birinchi Prezident I.A.Karimov quyidagi maqsadni ilgari surdi: «Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil adolatli jamiyatni bunyod etish bosh vazifadir… Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi

insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi kerak» Mustaqillik davrida fuqarolik jamiyati qurish stregiyasiyani shakllanishida Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari»

konseptual tamoyil muhim ahamiyat kasb etdi. Bu tamoyilning asosiy mazmunmohiyati, yo‘nalishlari, umuminsoniy va milliy jihatlari uning ma’ruzalari va asarlarida mujassamlashdi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish islohotlari eng murakkab va mashaqqatli sinovlardan o‘tdi. Chunki, mamlakatda eskidan meros bo‘lib qolgan davlatchilik an’analari va totalitar jamiyat asoratlari hali saqlanmoqda edi. Shuningdek, xalqning ham hali yangi jamiyat qurish va uni tashkil etishga doir tajribasi kam, ruhiyati va siyosiy madaniyati esa fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi tasavvurlardan ancha uzoq edi. Ana shunday sharoitda Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat va bozor munosabatlariga o‘tish davrining nazariy asoslariniishlab chiqildi. Albatta, ular mamlakat tarixiy rivojlanish an’analari, demokratik prinsiplar va xalq dunyoqarashi, qolaversa, mamlakat milliy manfaatlarini o‘zida ifoda etar edi.

Bu davrdagi muhim voqeliklardan biri Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan O‘zbekistonda o‘tish davri uchun davlat qurilishi, bozor iqtisodiyotini shakllantirish, fuqarolik jamiyati qurish, umuman, jamiyatning barcha sohalarini isloh qilish jarayonlarini beshta asosiy

prinsip asosida amalga oshirishning “O‘zbek modeli” konsepsiyasining ishlab chiqilishi bo‘ldi. Bu beshta asosiy prinsiplarning mohiyati quyidagicha ifodalandi:«birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo‘ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish zarur: ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi,

jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart; uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim;to‘rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi;beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’yektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, o‘tmishdagi «inqilobiy sakrashlar»siz, ya’ni evolyusion yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichmabosqich amalga oshirilishi kerak.

Bu qoidalar o‘z istiqlol, rivojlanish va taraqqiyot yo‘limizga asos qilib olingan bo‘lib, o‘tish davri dasturining negizini tashkil etadi»

O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati barpo etish ham milliy, ham rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasida obdan sinalgan demokratik qadriyatlar asosida amalga oshirishga muhim

ahamiyat berildi. Chunki, demokratik qadriyatlar nafaqat xalqaro tajriba va sinovlardan o‘tganligi uchun, balki o‘zbek xalqining milliy manfaatlariga mos kelganligi uchun ham islohotlar jarayonlariga tatbiq etila boshlandi. Mamlakatda fuqarolik jamiyati uchun muhim bo‘lgan

demokratik qadriyatlarni Birinchi Prezident I.A.Karimov quyidagicha baholagan edi: «Ma’lumki, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor. Insonning o‘z xohish￾irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi» Mamlakat Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etishga doir nazariy qarashlari uning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida o‘z takomiliga etganini kuzatish mumkin. Bu asarda fuqarolik jamiyatining eng asosiy institutlari O‘zbekiston mamlakati shartsharoitlari, milliy mentalitetini hisobga olgan holda talqin etiladi. Shuningdek, bu asarda yangi jamiyat qurish muammolari «shaxsjamiyatdavlat» o‘zaro uyg‘unligi asosida tahlil etiladi. Muhimi, davlatning shaxs va jamiyat manfaatlari asosida faoliyat yuritadigan siyosiy institut ekanligi, bu institutning doimo jamiyatni rivojlanishi va uning ijtimoiyiqtisodiy jihatlardan farovon bo‘lishi hamda

barqarorligi uchun mas’ulligini oshirib borish zarurligi asoslanadi.

Umuman olganda, Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili ilg‘or demokratik qadriyatlar bilan adolatli jamiyat qurishga doir milliy qadriyatlar va an’analarni uyg‘unlashtirish asosida rivojlanib bordi.

SHuningdek, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlarini yanada chuqurlashtirish, unga mutanosib ravishda huquqiy davlat qurish maqsadlaridan kelib chiqib jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish (liberallashtirish) konsepsiyasini ishlab chiqdi va uning quyidagi yo‘nalishlari belgilab berdi: mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish;

mamlakat siyosiy hayotida haqiqiy ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik muhitini qaror toptirish; nodavlat notijorat tuzilmalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish; jamiyatda fikrlar xilmaxilligi va qarashlar rangbarangligi, ularni erkin ifoda etish sharoitini ta’minlash; inson huquqlari va erkinliklarini, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish. Mamlakatda fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan demokratik siyosiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari, uning demokratik tamoyillarini rivojlantirish masalalari Birinchi Prezident


I.A.Karimovning birinchi va ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning sessiyalaridagi (19952004 yillar), shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2005, 28 yanvar)

ma’ruzalari «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual siyosiy dasturning asosini tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2005 yil 28 yanvar) «Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» nomli

ma’ruzasida mamlakat jamiyatini demokratlashtirish va yangilash konsepsiyasining, shuningdek, mamlakatimizni 2005 yil va kelgusi davrda modernizatsiya va isloh etish bo‘yicha asosiy vazifalarning dasturiy konseptual yo‘nalishlari belgilab berildi. Mazkur ma’ruzada mamlakatni modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko‘zlaydigan «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari», degan tamoyilga asoslangan islohotlarni yanada chuqurlashtirishning barcha yo‘nalishlarida

amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsad va vazifalar aniq va ravshan ifoda etildi. Mamlakatda markaziy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini nomarkazlashtirish asosida kuchli jamiyatning

shakllanishi uchun shartsharoitlar yaratish maqsadlarida «hokimiyat vakolatlarining ma’lum bir qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazishga qaratilgan mavjud qonun va huquqiy hujjatlarni bir tizimga keltirish va ularga qo‘shimcha tarzda yangilarini ishlab chiqish» vazifasi belgilandi. Shu bilan birga, «o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalla, mahalla qo‘mitalari va qishloq fuqarolik yig‘inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish»16 muhim vazifalar sirasiga kiritildi. Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual dasturni amalga oshirish yangi bosqichga kirdi. Bu bosqichda mamlakat yo‘lboshchisining nazariy qarashlarini hayotga tatbiq etish davriga o‘tildi. Rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarga erkinlik bag‘ishlagan, shaxsning erkin kamol topishi uchun barcha

shartsharoitlarni yaratgan, jamiyatning hamma jabhalarini demokratlashtirishga qobil bo‘lgan fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi islohotlarning yangi bosqichi boshlandi. Shunisi diqqatga sazovorki, Milliy mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yangi davlat va jamiyat qurish masalasida rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tarixiy tajribasini chuqur o‘rganish natijasida fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi «O‘zbek modeli»ning nazariy asoslari ishlab chiqildi. Uning

nazariy qarashlari «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual tamoyilda va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish amaliyotida o‘z ifodasini topib bormoqda. Bu

sohani rivojlantirish maqsadlarida qonunchilikni isloh etish, fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirishga imkoniyat yaratadigan huquqiy asoslar yaratishga muhim ahamiyat berila boshlandi.Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda davlatning bosh islohotchilik o‘rni. birinchidan, mamlakatda huquqiy davlat qurish demakdir. Chunki, faqat huquqiy davlat sharoitidagina fuqarolik jamiyati qurish uchun shartsharoitlar yaratiladi. O‘z o‘rnida, huquqiy davlat ham o‘z shakllanish

jarayonida fuqarolik jamiyati sari rivojlanish natijalaridan oziqlanadi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati – bu bir medalning ikki tomonidir: bu ikki tomon bir butunlikni tashkil etadi. Ikkinchidan, davlatning bosh islohotchiligi – bu davlat tomonidan fuqarolik jamiyatining shakllanishi va yashashi uchun huquqiy asoslarning yaratib berilishidir. Uchinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllanib, bo‘y cho‘zishi uchun davlat tomonidan ularni ijtimoiyiqtisodiy jihatlardan muhofaza qilish demakdir; To‘rtinchidan, davlatning bosh islohotchiligi – bu fuqarolik jamiyatining

shaklanishi va rivojlanishi uchun davlat tomonidan ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlanishidir. Chunki, fuqarolik jamiyati faqat va faqat ijtimoiy barqaror muhitdagina shakllanadi yoki rivojlanadi; Beshinchidan, davlatning bosh islohotchiligi – bu davlat tomonidan

fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi o‘rta sinfni shakllantirish siyosatini olib borishdir. Chunki, fuqarolik jamiyati g‘oyasi, uni shakllantirish o‘rta sinf tashabbusi bilan boshlangan edi.

Qolaversa, o‘rta sinf jamiyatda ko‘payib borishiga mutanosib ravishda fuqarolik jamiyatining institutlari rivojlanib boradi.

Albatta, O‘zbekistonda davlatning bosh islohotchiligi natijasi o‘laroq nafaqat fuqarolik jamiyati, balki huquqiy davlat ham shakllanadi. Huquqiy davlat unsurlari paydo bo‘lishi bilan fuqarolik jamiyati tuzilmalari shakllana boshlaydi. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatini yaxshi idrok etish uchun “huquqiy davlat” tushunchasini bilishga ehtiyoj tug‘iladi. O‘zbekistonda ham Milliy mustaqillikning ilk davridan boshlab ijtimoiy huquqiy davlat qurish asosiy strategik maqsad darajasiga ko‘tarildi. Birinchi Prezident I.A.Karimov o‘tgan asrning 90yillari boshidayoq quyidagi vazifalarni belgilagan edi: «Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti O‘zbekistonning davlat suverenitetining iqtisodiy asosi sifatida olingan, u respublika ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi bosqichiga hamda o‘ziga xos sharoitlariga eng ko‘p darajada muvofiq keladi»

Mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy ijtimoiy islohotlarning bosqichmabosqich rivojlanib borishining asosiy sabablaridan biri ham kuchli ijtimoiy siyosatni qo‘llashga muhim ahamiyat berilganligidir. Shu tufayli ham jamiyatda ijtimoiy barqarorlik ta’minlanib, davlatning islohotlarni izchillik bilan o‘tkazishi uchun shartsharoitlar tug‘ildi. Keyingi davrlarda MDH davlatlari rahbarlarining ko‘pchiligi O‘zbekistonning bu sohadagi tajribasidan keng foydalana boshladi.


O‘zbekistonda Milliy mustaqillik davriga kelib milliy an’analar hamda demokratik qadriyatlarga asoslangan yangi tipdagi davlat hokimiyatini shakllantirish imkoniyatlari tug‘ildi.

Yangi o‘zbek milliy davlatchiligi sohasidagi islohotlar Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etishning besh tamoyili asosida amalga

oshirildi. Davlat hokimiyatini yangidan shakllantirish uchun, avvalo, yetuk va rivojlangan davlatlardagi siyosiy tizimning tuzilishi va amal qilish prinsiplarini shakllanish tajribasi va tarixiy milliy an’analar asos qilib olindi. Respublikada Milliy mustaqillik asoslarini yaratishga doir

islohotlar jahondagi ilg‘or rivojlangan mamlakatlar tajribasi va o‘zbek xalqi mentalitetiga xos bo‘lgan an’analarni uyg‘unlashtirish asosida kecha boshladi. Mamlakatda davlatning bosh islohotchi sifatida yangi jamiyat qurishning milliy va demokratik qadriyatlarga doir huquqiy

asoslarining yaratish sohasidagi faoliyati muhim strategik maqsadga fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratildi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston sobiq ittifoq davrida ham milliy, ham yakkahokim mafkura zulmi ostida yashadi. Totalitar tuzum O‘zbekistonda bir necha ming yillar mobaynida rivojlanib kelgan milliy qadriyatlar va milliy madaniy merosni butunlay inkor etib keldi. Sotsializm davrida fuqarolik jamiyatining oddiy bir unsurlari ham shakllanmadi. Jamiyatni partiya va davlat o‘z ichiga «yutib» yuborgan edi. Totalitar tuzumdan qolgan mutelik ruhiyati mustaqillik davrida ham doimo o‘zini namoyon qilib keldi. Milliy mustaqillikning dastlabki davridan boshlab O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllanishining huquqiy asoslarini yaratishga kirishildi. Sobiq ittifoq davrida partiya tevaragida faoliyat yuritgan jamoat birlashmalari, ijodiy uyushmalar, turli jamg‘armalar mafkuraviy mazmunlardan xalos etildi, ularning aksariyat qismi qaytadan tashkil etildi. Shuningdek,

O‘zbekiston uchun butunlay yangi bo‘lgan ko‘p partiyaviylik tizimining hamda turli ijtimoiysiyosiy va milliy nodavlat notijorat tashkilotlarning shakllanish davri boshlandi.Mamlakatimizda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab

berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari, belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida, eng muhimi, xalqimizning ongu tafakkuri, intilish va harakatlarida yaqqol ko‘zga

tashlanmoqda. SHu ma’noda, Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonni tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgan zamon talablari asosida jadal rivojlantirishning ilmiy-nazariy, amaliy-konstruktiv

asoslarini belgilab beradigan, tarakqqiyotning yangi davri uchun mo‘ljallangan muhim dasturilamaldir, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.

Harakatlar strategiyasi odamlarni ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik muhitida yashash va ishlashga da’vat etmoqda. Har bir soha faoliyati ulkan ta’sir kuchiga ega bo‘lgan, fuqarolik jamiyatining ajralmas bir qismi bo‘lgan jamoatchilik nazorati ostida rivojlanishi zarurligini kun

tartibiga qo‘ymoqda. Bunday muhitda insonning davlat, jamiyat va o‘zi oldida mas’uliyatni to‘la xis etib yashashi, so‘zi bilan ishi bir bo‘lishiga rioya etish fazilatlari asosiy mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonda huquqiy demokratik asosdagi xalq davlatini barpo etish yo‘lini har tomonlama asoslab beradigan hujjat hisoblanadi.

Mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoev davlat rahbari sifatidagi dastlabki nutq va ma’ruzalaridayoq “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” degan g‘oyalarni o‘rtaga tashladi. Bu

g‘oyalar mamlakatimiz konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan "Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir" degan qoidaga har tomonlama mos bo‘lib, uning mantiqiy rivoji, amaliy natijasini ifoda etadi. YA’ni, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai bo‘lsa, bu hokimiyatni amalga



oshiradigan davlat idoralari avvalo kimga xizmat qilishi kerak? Albatta, birinchi navbatda xalqqa xizmat qilishi lozim.
Download 106,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish