Tayanch so'z va iboralar
Moliyaviy globallashuv, valuta, kredit, SDR, budjet defitsi ti, <> kreditlash mexanizmi, kengaytirilgan kreditlash mexanizmi
Takrorlasb ucbun savollar:
Xalqaro moliya tashkilotlari qanday funksiyalarni bajaradi?
Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishiga qaysi omillar sabab bo'lgan?
Xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatining asosiy maqsadlari nimalardan iborat?
Xalqaro valuta fondi faoliyatining asosiy yo'nalishlarini izohlang?
XVFning kreditlash dasturlari qanday kategoriyalarga ajra tiladi?
Jahon bankining asosiy maqsadi va funksiyalarini izoh
lang?
Jahon banki guruhiga qaysi tashkilotlar kiradi?
Mintaqaviy valuta-kredit tashkilotlari yuzaga kelishining asosiy sabablari nimalardan iborat?
Xalqaro hisob-kitoblar bankining asosiy maqsadi va funk siyalarini izohlang?
IO. Osiyo Taraqqiyot Bankining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Mustaqi/ o'rganish uchun topshiriqlar
XVFga a'zo mamlakatlarning fonddagi kvota miqdorini va ovoz berish huquqini tahlil eting.
XVF Kelishuvlar moddalarini tarkibiy jihatdan o'rganing.
Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlarning moliyaviy operatsiyalari rivojlanishini tahlil eting.
Xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatiga oid yillik moliyaviy hisobotlarni o'rganing. (Yillik hisobotlar mazkur tashkilotlar ning rasmiy saytida mavjud).
Asosiy terminlar lug'atini tuzing.
Test savollari
Xalqaro valuta fondining asosiy maqsadi - ...
mamlakatlarda valuta-kredit munosabatlarini joriy etish va uni qo'llab-quvvatlash hamda turli maqsadlarda kreditlar berish bilan shug'ullanuvchi hukumatlararo tashkilot.
a'zo davlatlar o'rtasida valuta-kredit munosabatlarini tar tibga solish va ularga to'lov balansining kamomadi bilan bog'liq valutaviy qiyinchiliklar paytida chet el valutasida qisqa va o'rta muddatli kreditlar berish yo'li bilan moliyaviy yordam ko'rsatish uchun mo'ljallangan hukumatlararo tashkilot.
a'zo davlatlar iqtisodiyotini barqarorlashtirish hamda ularda ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida uzoq va qisqa muddatli kreditlar berish uchun tashkil etilgan xalqaro tashki lot.
a'zo davlatlardagi tijorat banklarida valuta munosabatla rini joriy etish va ularni tartibga solish hamda valuta munosabat laridagi mavjud muammolarni bartaraf qilish maqsadida kreditlar berishga mo'ljallangan hukumatlararo tashkilot.
XVF qachon va qayerda tashkil topgan?
1948-yil 27-dekabr, BMTning valuta-moliya masalalari bo'yicha Bretton - Vudsdagi konferensiyasida.
1945-yil 27-dekabr, BMTning valuta moliya masalalari bo'yicha Parijdagi konferentsiyasida.
1945-yil 27-dekabr, BMTning valuta moliya masalalari bo'yicha Bretton - Vudsdagi konferensiyasida.
1945-yil 27-dekabr, BMTning valuta moliya masalalari bo'yicha Genuyadagi konferensiyasida.
Jahon Bankining asosiy maqsadi -
rivojlanayotgan mamlakatlarga kredit ajratish yo'li bilan ishlab chiqarishni barqarorlashtirish hisoblanadi.
rivojlanayotgan mamlakatlardagi tijorat banklari faoliyatini tartibga solish hisoblanadi.
iqtisodiy o'sish davrini boshdan kechirayotgan rivojlanayot gan mamlakatlarni kreditlash yo'li bilan kambag'allik darajasini pasaytirish hisoblanadi.
iqtisodiy o'sish davrini boshdan kechirayotgan rivojla nayotgan mamlakatlarda bank-moliya tizimini barqarorlashtirish hamda uni tartibga solish hisoblanadi.
Jahon Banki guruhiga kiruvchi xalqaro tashkilotlar qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), lnvestitsiyalarni kafolatlash bo'yicha ko'p tomonlama agentlik, Investitsion bahslarni hal qilish bo'yicha xalqaro markaz.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA), Xalqaro valuta fondi (XVF), Investitsiyalarni kafolatlash bo'yicha ko'p tomonlama agentlik, Investitsion bahslarni hal qilish bo'yicha xalqaro markaz.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Investitsiyalarni kafolatlash bo'yicha ko'p tomonlama agentlik, EKOSOS, YNKTAD, YNIDO.
Investitsiyalarni kafolatlash bo'yicha ko'p tomonlama agentlik qachon va nima maqsadda tashkil topgan?
rivojlanayotgan mamlakatlarga xorijiy to'g'ri investitsi yalarni yo'naltirishga ko'maklashish, shuningdek, axborot va konsultatsiya xizmatlarini ko'rsatish maqsadida, 1988-yilda a'zo mamlakatlarning badallari evaziga tashkil topgan.
rivojlangan mamlakatlarga xorijiy to'g'ri investitsiyalarni yo'naltirishga ko'maklashish, shuningdek, axborot va konsultatsi ya xizmatlarini ko'rsatish maqsadida,1980-yilda a'zo mamlakat larning badallari evaziga tashkil topgan.
rivojlanayotgan mamlakatlarga xorijiy to'g'ri investitsi yalarni yo'naltirishga ko'maklashish hamda kreditlar berish maqsadida, 1960-yilda a'zo mamlakatlarning badallari evaziga tashkil topgan.
rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar berish· va ularda ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida,1982-yilda a'zo mam lakatlarning badallari evaziga tashkil topgan.
Xalqaro moliya korporatsiyasi(XMK) · qacho n1 va nima maqsadda tuzilgan?
1965-yilda rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar berish maqsadida tuzilgandir. , .. - c,.H•
1980-yilda rivojlanayotgan mamlakatlarda korporatsiyalar-
Do'stlaringiz bilan baham: |