J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Valuta risklari tushunchasining iqtisodiy mohiyati va turlari



Download 1,93 Mb.
bet48/131
Sana29.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#515588
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   131
Bog'liq
xalqaro moliya munosabatlari

Valuta risklari tushunchasining iqtisodiy mohiyati va turlari


Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning uzoq yillar mobaynidagi tajribasi asosida tovarlar va xizmatlar, ekvivalent qiymatlar bilan o'zaro almashinishning o'zaro manfaatli shakllari shakllandi.
Xalqaro savdo-kredit va to'lov munosabatlari hamma vaqt valuta hisob-kitoblari bilan qamrab olingan. Bu degani, tashqi iqtisodiy faoliyatning subyekti hisob-kitoblarni uning uchun xori­ jiy hisoblangan valutada amalga oshiradi.
Xalqaro shartnomani amalga oshirish davrida, bir gator iqtisodiy omillarning ta'siri ostida shartnomadagi valuta kursi boshqa valutalar kursiga nisbatan o'zgarishi kuzatiladi. Bu esa o'z navbatida shartnomada ishtirok etuvchi taraflarning ma'lum bir yo'qotishlariga olib kelishi mumkin.
70-yillarning boshidan barcha davlatlarning erkin suzadigan kurslar rejimiga o'tishi, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasida sezilarli salbiy oqibatlarga olib keldi. Boshqacha qilib aytganda, jahon bozorida valuta kurslarining erkin suzish sharoitida iqti­ sodiy muvozanatsizlik kuchaydi.
Valuta riski deganda, tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonida ayir­ boshlash kurslarining o'zgarishidan yoki boshqa turli valuta ope­ ratsiyalarini amalga oshirilishida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yo'qotishlar (yoki daromad olish) tushuniladi. Valuta risklari yu­ zaga kelishining asosiy sababi - valuta kurslarining o'zgarishi hisoblanadi 20.




  1. A. Vahobov, N. Jumayev, U. Burxonov. Xalqaro moliya munosabatlari. - T.:

Sharq, 2003. 70 b.
Valuta riski tijorat riskining bir ko'rinishi bo'lib, xalqaro moli­ ya munosabatlari ishtirokchilari faoliyatida yuzaga keladi.
Valuta risklari xorijiy valutalarni turli xii kurs asosida sotish va sotib olish jarayonlarida muayyan zarar sifatida ifodalanadi. Valuta risklari bank operatsiyalari bozorining baynalminallashu­ vi, transmilliy korporatsiyalar va moliyaviy tashkilotlarning tash­ kil etilishi hamda ular faoliyatining diversifikatsiyalashuvi bilan bog'liq bo'lib, valuta kurslarining keskin tebranishi natijasida pul yo'qotishlari holatini yuzaga keltiradi. Bunda valuta kurslarining bir-biriga nisbatan o'zgarishi bir qator omillar ta'siri orqali so­ dir bo'ladi: jumladan, valutalarning ichki qiymati o'zgarishi bilan bog'liq pul oqimlarining mamlakatlar o'rtasida doimiy ko'chib yurishi, spekulyatsion operatsiyalarning rivojlanishi va boshqalar. Istalgan valutani tavsiflovchi asosiy omil bo'lib, rezident va norezidentlarning valutaga bo'lgan ishonch darajasi hisoblanadi. Valutaga bo'lgan ishonch murakkab ko'p omilli mezon bo'lib o'z ichiga mamlakat iqtisodiyotining ochiqlik darajasi, iqtisodiyot­ ning erkinlashuvi va almashinuv kursi rejimi, mamlakat savdo balansi holati, asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar holati va is­ tiqbolda mamlakat rivojlanishining barqarorligiga investorlarning
ishonchi kabi bir qator ko'rsatkichlarni qamrab oladi.
Valuta riskini uch turga ajratish mumkin:

  • operatsion valuta riski;

  • translyatsion valuta riski;

  • iqtisodiy valuta riski.

Operatsion valuta riski. Operatsion risk asosan savdo ope­ ratsiyalari, shuningdek, dividend to'lovlari va moliyaviy inves­ titsiyalash bo'yicha pulli shartnomalar bilan bog'liq holda yu­ zaga keladi. Operatsion risk pul mablag'lari harakatida yuzaga kelgan holda foyda darajasiga bevosita salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu riskni pul mablag'larining kutilayotgan oqimiga almashinuv kur­ si o'zgarishining bevosita ta'siri natijasida yuqori foydaga erish­ maslik yoki zararning yuzaga kelishi holati sifatida ta'riflash mumkin.
Sotilgan mahsulotga xorijiy valuta olishi lozim bo'lgan eksport qiluvchi milliy valutaga nisbatan xorijiy valuta kursining pasayishi natijasida zarar ko'radi. Xorijiy valutada to'lovni amalga oshirishi lozim bo'lgan import qiluvchi esa, milliy valutaga nisbatan xorijiy valuta kursining oshishidan zarar ko'radi.
Valutalar almashinuvini taqozo qiluvchi bitimlar bilan bog'liq risk narxlar siyosati yordamida boshqarilishi mumkin. Shu­ ningdek, riskka pulni to'lash va olish muddatlari ham birmuncha ta'sir ko'rsatishi mumkin. Agar valuta tushumi va valuta xara­ jatlari o'zaro bir-biriga muvofiq bo'lsa operatsion riskni kamay­ tirish mumkin.
Translyatsion valuta riski. Mazkur risk hisob-kitob yoki balans riski sifatida ham ma'lumdir. Uning manbai bo'lib, turli mam­ lakatlar valutalarida ifodalangan aktiv va passivlar o'rtasidagi nomuvofiqlik holati hisoblanadi. Bu riskning paydo bo'lishiga kompaniya balansini hisob-kitob qilish jarayonida aktiv va pas­ siv tomonlari o'zaro munosabatlarining to'g'ri kel masligi sabab bo'ladi. Kompaniya shoxobchalari tu rli mamlakatlarda joylash­ gani va shu mamlakatlarda milliy valuta kursi o'zgarib turishi ushbu risklarni yuzaga keltiruvchi asosiy shartlardir.
Masalan, Britaniya kompaniyasi AQSHda o'zining sho'ba kom­ paniyasiga ega bo'lib, uning AQSH dollaridagi aktivlari mavjud. Agar Britaniya kompaniyasining AQSH dollaridagi yetarlicha pas­ sivlari bo'lmasa, ushbu aktivlarning AQSH dollaridagi to'langan qiymati tufayli kompaniya riskka duchor bo'ladi. Funt sterlingga nisbatan AQSH dollarining qadrsizlanishi natijasida sho'ba kom­ paniyalar aktivlari qiymatining balans bahosini pasayishiga olib ke­ ladi, chunki asosiy kompaniyaning balans hisoboti funt sterlingda ifodalanadi. Shu singari, mazkur valuta kursining oshishi holatida xorijiy valutadagi passivlar bilan kompaniya riskka duchor bo'ladi. Agar kompaniya o'z faoliyatida translyatsion riskni muhim aha­ miyat kasb etmaydi deb hisoblasa, u holda bunday riskni xedjir­ lashga zaruriyat sezilmaydi. Chunki aktiv va passivlar o'zgarishini balans hisobotida ularning asosiy valutadagi bahosida ifodalash
muhim ahamiyat kasb etmaydigan buxgalteriya hisob-kitoblari hisoblanadi. AQSHdagi sho'ba kompaniyasining funt sterlingda ifodalangan aktivlari qiymati AQSH dollarining funt sterlingga nisbatan almashinuv kursi harakati bilan birgalikda tebranadi, bu holat esa, sho'ba kompaniyaning foyda darajasiga yoki asosiy faoliyatiga umuman ta'sir ko'rsatmasligi mumkin. Shuning uchun, translyatsion riskni xedjirlashga qilinadigan xarajatlar hech qanday ahamiyat kasb etmaydi, chunki amalda kurs tebranishda yo'qotish riski yuzaga kelmaydi. Agar kursning o'zgarishi barqaror kursga nisbatan og'ish sifatida baholansa ushbu fikr o'zini oqlaydi. Biroq kurs o'zgarishining muayyan tendensiyasi mavjud bo'lsa, u holda kursdan u yoki bu tomonga og'ish holati mavjud bo'lganda bu tendensiya sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin.
lqtisodiy valuta riski. lqtisodiy risk kompaniya iqtisodiy hola­ tiga almashinuv kursi o'zgarishining salbiy ta'siri ehtimoli sifa­ tida ta'riflanadi. Bir xil turdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar hamda boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar o'rtasida raqobatlashuvning o'zgarishi, shuningdek, muayyan tovar belgisi iste'molchilari ehtiyojining o'zgarishi natijasida risk yuzaga keli­ shi mumkin.
lqtisodiy valuta riski mamlakatlar o'rtasida tovar almashishda, tayyor mahsulotlarni sotib olish yoki sotishda valutalar kursi­ ning o'zgarishida yuzaga keladi. Kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotini boshqa mamlakatga sotish yoki kompaniyaning o'sha mamlakatdagi shoxobchasida sotib olinadigan tovarlarni hisob­ kitob qilish jarayonida valuta kursi iqtisodiy valuta risklarini yu­ zaga keltiradi.
O'z xarajatlarini faqat milliy valutada amalga oshiruvchi hamda valuta kursi o'zgarishiga ta'sir ko'rsatish qobiliyatiga ega bo'lgan kompaniyalar iqtisodiy riskka kamroq darajada duchor bo'lishadi. Mazkur kompaniyalar o'z mahsulotlarini faqat mam­ lakat ichida sotishadi va tovarlar tomonidan raqobatga uchrash­ maydi, shuningdek, kursning ijobiy o'zgarishi natijasida narxlar birmuncha foydali bo'lishi mumkin. Biroq, bunday kompaniya-
lar ham to'liq riskdan himoyalangan emas, chunki almashinuv kursining keskin tarzda o'zgarishi ular faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi ham mumkin.
Almashinuv kurslarining tebranishi kompaniyalarning xara­ jatlari tarkibiga yoki ularning milliy valutada ifodalangan sotish narxlariga ta'sir etib, boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan raqobatlashuv darajasiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Faqat ichki bozorda faoliyat ko'rsatib milliy valutada xarajatlar qiluvchi kom­ paniya milliy valuta kursining oshishidan zarar ko'radi, chunki raqobatchi import tovarlar birmuncha arzon bo'ladi.

    1. Download 1,93 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish