7.1-rasm. Valuta risklari va ularni boshqarish usullarining tasniflanishi.
Operatsion riskning vujudga kelishi tijorat banklarining ke lajakdagi pul o'tkazmalariga valuta kursining ta'sir qilishi bilan tushuntiriladi. Odatda tovar va xizmatlarning sotilishi va ular bo'yicha pul to'lovlarining sotuvchi hisobraqamiga kelib tushi shi bir vaqtda sodir bo'lmaydi. Xorijiy valutada savdo qiluvchi yirik kompaniyalarning kelajakdagi pul oqimlari valuta ayirbosh lashdagi o'zgarishlar tufayli riskka duchor bo'ladi. Shu sababli kompaniyalar kelajakda qancha miqdorda milliy valuta olishini aniq bilmaydi. Chunki suzib yuruvchi valuta kursi rejimida valuta kursi talab va taklif asosida shakllanadi va doimiy o'zgarib turadi. Operatsion risk mavjud bo'lar ekan, firmalar 3 ta yirik vazifani bajarishi lozim bo'ladi: birinchidan, risk darajasini aniqlash; ik kinchidan, riskni xedjirlash kerakligi yoki zarur emasligi borasida qaror qabul qilish; uchinchidan, agar riskning barchasini yoki bir qismini xedjirlashga qaror qilinsa, mavjud xedjirlash vositalaridan
eng maqbulini tanlash.
Har bir firma xedjirlash borasida biror qaror chiqarishdan oldin barcha valutalar (u shartnomalarda qo'llaydigan) bo'yicha o'zining sof operatsion riskni aniqlashtirishi lozim. Bu yerda «sofo termini ma'lum bir vaqt va valutada kelajakda kutiladigan barcha kirim va chiqimlarning konsolidatsiyalashtirilishini bildiradi.
Kutiladigan pul kirimlari va chiqimlari borasida hisobot tuzishda har bir shoxobchadagi boshqaruvchilar muhim rol o'ynaydi. Markazlashgan boshqaruvchilar guruhi turli muddat larda va har bir valutadagi kelajakda kutiladigan sof pozitsiyasini aniqlash uchun shoxobchalarning hisobotlarini umumlashtiradi. Har bir shoxobchaning sof valuta pozitsiyasini sinchkovlik bilan ko'rib chiqish orqali multimilliy kompaniyalar o'zining umumiy sof riskini aniqlashi mumkin.
Lekin amaliyotdan ma'lumki, kompaniyalarning shoxobcha laridan bir nechtasi o'zaro qarama-qarshi valuta pozitsiyasini egallashi mumkin. Bunda valuta kursi qanchalik o'zgarmasin, bu ikki shoxobchaning umumiy sofkutiladigan riski O ga teng bo'ladi, ya'ni riskka barham beriladi. Shuning uchun ko'p shoxobchali
kompaniyalar barcha shoxobchalarnikini emas, balki bir-birini riskini qoplamaydigan shoxobchalarining valuta pozitsiyalarini tahlil qilishi lozim. Bu vaqt va iqtisodiy jihatdan korxona uchun foydali hisoblanadi.
Ayrim hollarda kompaniya o'zining bal10 siyosatini opera tsion riskni xedjirlash uchun qayta ko'rib chiqishi mumkin, ya'ni firma eksport va import shartnomalarida bir xii valutadan foy dalanishga harakat qiladi. Lekin xorijiy valutadagi put kirimlari va chiqimlarining muddat jihatdan muvofiq kelishida cheklovlar mavjud. Shuning uchun odatda firmalar ma'lum darajada tran zaksion riskka duch keladi va ular turli xedjirlash vositalari orasi dan optimalini tanlashi talab etiladi.
Operatsion riskni xedjirlashning quyidagi vositalari amaliyot- da keng tarqalgan:
Xedjirlash vositalarini tanlashdan avval firmalar har bir vosi ta taqozo qiladigan pul oqimlarini batafsil taqqoslashlari lozim. Turli xedjirlash vositalarining nisbiy afzalliklari vaqt o'tgan sayin o'zgarishi tufayli eng maqbul xedjirlash vositasi ham o'zgarib tu radi.
Fyuchers orqali xedjirlash.
Yaluta fyuchersini xarid qilish. Yaluta fyuchersini sotib ol gan firma belgilangan muddatda, o'rnatilgan bahoda, kelishilgan valutada va belgilangan miqdorda valutani sotib olish huquqiga ega bo'ladi. Kelajakdagi xorijiy valutadagi kreditorlik qarzlari bo'yicha to'lovlarni xedjirlash uchun firma yaqin kelajakda zarur bo'lgan valuta uchun valuta fyuchersini sotib olishi mumkin.
Forvard orqali xedjirlashda bitimlar ma'lum makonda-birjada emas, balki virtual tuzilishi ham mumkin. Bundan tashqari for vard bitimi summasi bitim ishtirokchilari talabidan kelib chiqib tuziladi, ya'ni fyuchersga o'xshab standartlashtirilmaydi. Shun-
day bo'lsada, bu bitim ishtirokchilariga nisbatan qat'iy majburiyat yuklaydi.
Pul bozori xedjiri deyilganda o'zgarish ehtimoli mavjud valu tada ma'lum pozitsiyani egallash tushuniladi. Bunda agar kor xona ma'lum muddatdan so'ng xorijiy valutani to'lashi lozim bo'lsa va xorijiy valuta qadri oshishi kuzatilayotgan bo'lsa, mil liy valutada bankdan kredit oladi va bu mablag'ni xorijiy valu taga ayirboshlab, bankka belgilangan muddatga qadar depozitga joylashtiradi.
Yaluta opsioni orqali xedjirlash nisbatan qimrnat va o'z navba tida qulay hisoblanadi, u xaridoriga majburiyat emas, balki huquq beradi. Agar opsion bitimi kursi amaldagi kursga nisbatan no qulay bo'lsa, unda xaridor opsiondan foydalanmaydi va uni mud dati o'tgandan so'ng bekor bo'lishiga yo'l qo'yib beradi va qulay bahoda bozordan zarur mablag'ni xarid qiladi.
Valuta riskini boshqarish qiyin bo'lgan turi bu iqtisodiy risk dir. Chunki firma bozordagi mavjud konyunktura o'zgarishidan ham talafot ko'rishi mumkin. Kurs o'zgarishi hisobiga korxona sotib oladigan xomashyo tovarlari va u sotadigan tayyor mahsu lot kuchli ta'sir ostida qoladi. Bunda korxonaning rejalashtiril gan tushumga erisholmay qolishi valuta kursi iqtisodiy riskining yorqin salbiy oqibati hisoblanadi. Chunki korxona talab va taklif qonunini tartibga solish imkoniyatiga ega emas. Shu tufayli bun day riskni boshqarish usuli sifatida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:
I. Korxona operatsion faoliyatini restrukturizatsiya qilish. Bunda korxona xarid qiladigan xomashyolar va sotadigan tovar lari bitimining bir-biriga nisbatan teskari korrelyatsiyada bo'lgan valutalarda tuzilishi maqsadga muvofiq sanaladi.
2. Sotib olinadigan va sotiladigan tovarlar bitimi muddatini birxillashtirish. Bunda korxona tovarlarini sotgan kuni xomashyo sotib oladi va valuta kursi riskidan ma'lum ma'noda himoyala nadi. Lekin korxona tovarlarini qachon va qancha miqdorda so tilishini rejalashtira olmaydi.
Translyatsion risk turli xorijiy valutadagi mablag'larni jam lanma moliyaviy hisobotni tuzish paytida bitta valutaga ayir boshlashda yuzaga keladi. Bunda kurs o'zgarishi haqiqatda salbiy ta'sirni yuzaga keltirmaydi. Chunki xorijiy valutadagi mablag' haqiqatda ayirboshlanmaydi, u hisobraqamda turadi, faqat bitta valutaga hisobot uchun translyatsiya qilinadi.
Lekin bunda muammo bu translyatsiyaning bozor ishtirokchi lariga bir aksiyaga to'g'ri keladigan daromad sifatida signal beri shida namoyon bo'ladi. Boshqacha aytganda, joriy kurs bo'yicha tarnslyatsiyalangan mablag'ning kamayishi hisobiga aksiya bahosi pasayishi mumkin. Bu esa, investorlar uchun noxush xabar hisob lanadi. Shu tufayli, korxonalar translyatsion riskni ham muddatli valuta bozori bitimlari yordamida xedjirlashga kirishadi. Buning salbiy tomoni shundaki, korxona mablag'lari haqiqiy valuta ris ki yo'qotishiga duch kelmagan holda, tuzilgan bitim summasiga haqiqiy riskka uchraydi. Buning natijasida haqiqiy yo'qotishlar ham yuzaga kelishi mumkin.
Tayanchso'zvaiboralar
Valuta riski, operatsion valuta riski, translyatsion valuta riski, iqtisodiy valuta riski, valuta pozitsiyasi, xedjirlash, liding va leg ging, kross xedjirlash, valuta diversifikatsiyasi, fyuchers, forvard, opsion.