bob. XALQARO KORPORATSIYALAR XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARI SUBYEKTI SIFATIDA
Xalqaro korporatsiyalarning yuzaga kelishi va ular faoli yatining mohiyati.
TransmiJliy korporatsiyalar faoliyatining asosiy xususiyat lari va rivojlanish bosqichlari.
Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining iqtisodiyot uchun afzalliklari.
Transmilliy korporatsiyalar faoliyati rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari.
Globallashuv sharoitida TMKlar o'rtasidagi birlashish va qo'shib olish (M&A) jarayonlari.
Xalqaro korporatsiyalarning yuzaga kelishi va ular faoliyatining mohiyati
Hozirgi davrda xalqaro korporatsiyalar jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining muhim element laridan hisoblanadi. Oxirgi yillarda ularning jadal ravishda rivoj lanishi jahon xo'jaliklari aloqalarining globallashuvida, kapital va ishlab chiqarishning baynalminallashuv jarayonlarida namoyon bo'lmoqda. Xalqaro korporatsiyalar jahon xo'jaligi aloqalarining barcha sohalarida faol ishtirokchi bo'lib hisoblanadi. Xalqaro korporatsiyalar bir tomondan jadal rivojlanib borayotgan xalqaro moliya munosabatlarining mahsuli, boshqa tomondan esa, maz kur munosabatlarga ta'sir etuvchi qudratli mexanizm sifatida namoyon bo'ladi.
Xalqaro korporatsiyalar xalqaro moliya munosabatlariga faol ta'sir ko'rsatgan holda yangi munosabatlar shak]]anishida muhim o'rin tutadi.
Xalqaro korporatsiyalarning paydo bo'lishi va taraqqiy etishida jahon iqtisodiyotida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga bo'lgan zaruratning kuchayishi hamda xo'jalik hayoti baynalmi nallashuvining jadallashuvi muhim o'rin tutdi.
Transmilliy korporatsiyalardan farqli ravishda xalqaro korpo ratsiyalar egalari yagona davlatning emas, balki ikki yoki undan ortiq davlatlar kapitallarining egalari hisoblanadi. Ular faoliya tining muhim xususiyati, aksiyadorlik kapitalini xalqaro ko'lamda bo'lib-bo'lib joylashtirishdadir.
Xalqaro korporatsiyalarning jahon iqtisodiyotiga ta'siri eng av valo ishlab chiqarishning nihoyatda keng tarqalishi orqali yuzaga keladigan afzalliklarda namoyon bo'ladi.
Xalqaro korporatsiyalar faoliyatining xususiyatlariga ko'ra quyidagicha shakllarga ajratiladi:
Transmilliy korporatsiyalar - asosiy kompaniya bir mam lakat kapitaliga tegishli bo'lib, filiallari esa dunyo bo'ylab tarqal gan kompaniyalardir.
Ko'p millatli kompaniyalar - asosiy kompaniya ikki va un dan ortiq mamlakat kapitaliga tegishli bo'lib, xorijiy bo'limlari turli mamlakatlarda joylashgan kornpaniyalar.
Xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda xalqaro monopoliyalarning ko'pgina tasniflarini uchratish mumkin, ular jumlasiga, ko'p millatli korporatsiyalar, xalqaro korporatsiyalar, transmilliy va global korporatsiyalar kiradi. Taniqli amerikalik marketolog olim F. Kotler xalqaro kompaniyalarni tashkil topishi jihati dan to'rt turga bo'lgan edi, ya'ni global kompaniya, transmil liy kompaniya, ko'p millatli kompaniya va baynalminal kom paniya.
Rossiyalik iqtisodchilar xalqaro korporatsiyalarni quyidagicha tasnif etadilar. Xalqaro korporatsiyalar bu xorijiy aktivlarga ega bo'lgan milliy monopoliyalar bo'lib, ulaming mahsulot ishlab chiqarishi va savdo faoliyati bir mamlakatdan tashqarida amalga oshiriladi.
Amerika qo'shma shtatlarida korporatsiyalar sifatida aksiya dorlik jamiyatlari ta'riflanadi. Jahon iqtisodiyotidagi yetakchi transmilliy korporatsiyalaming aksariyati AQSH kompaniyala rining ekspansiyasi tufayli yuzaga kelganligi bois mazkur atama keng miqyosda tarqalgandir.
Transmilliy korporatsiyalarning huquqiy tuzilmasi sho'ba kompaniyalar va filiallarni tashkil etish orqali turli mamlakat larda amalga oshiriladigan ish faolligini talab qiladi. Ushbu kom paniyalar nisbatan mustaqil ishlab chiqarish va tayyor mahsulot larni sotish, ilmiy-tadqiqot ishlanmalari va boshqa xizmatlarga egadirlar. Umuman olganda, ular yagona yirik ishlab chiqarish majmuini tashkil etgan holda aksionerlik kapitaliga faqat ta'sischi davlat vakillari egalik qilishadi. Ayni vaqtda filial va sho'ba kom paniyalar tashkil etilgan mamlakat kapitali ustunligida aralash korxonalar bo'lishi ham mumkin.
Ko'p millatli korporatsiyalar - ishlab chiqarish va ilmiy-texnik asosda bir gator davlatlarning milliy kompaniyalari birlashishi dan yuzaga kelgan xalqaro korporatsiyalardir. Mazkur korporatsi yaga misol sifatida 1907-yildan o'z faoliyatini boshlagan Angliya Gollandiya konserni hisoblangan <>ni keltirish mumkin. Mazkur kompaniyaning kapitali 60:40 nisbatda taqsim langan. Ko'p millatli korporatsiyaga misol bo'lib, Yevropada bir muncha taniqli bo'lgan mashinasozlik, elektrotexnika injeneriyasi sohasiga ixtisoslashgan Shveysariya-Shvetsiya kompaniyasi ABB (Asea Brown Bovery)ni keltirish mumkin.
Xalqaro huquqiy normalar nuqtayi nazaridan ko'p millatli korporatsiyalarning o'ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:
ko'p millatli aksiyadorlik kapitalining mavjudligi;
ko'p millatli boshqaruv markazining mavjudligi;
xorijiy filiallar ma'muriyatini mahalliy sharoitlarni biladi- gan kadrlar bilan to'ldirish.
Oxirgisi, ko'pgina transmilliy korporatsiyalarga xos bo'lgan xususiyat hisoblanadi.
Xalqaro korporatsiyalar yuzaga kelishidan buyon bir qancha bosqichlarni boshdan kechirishgan. Zamonaviy xalqaro korpo ratsiyalarning birinchi avlodi, umumiy tarzda xomashyo trans milliy korporatsiyalari sifatida namoyon bo'lgan. Birinchi jahon urushi va urushdan keyingi davrda TMKlar qurol-yarog' ishlab chiqarishga ixtisoslashgan holda o'z faoliyatlarini rivojlantirishdi.
Ushbu bosqichda TMKlarning rivojlanishi jahon iqtisodiyotiga va jahon xo'jalik aloqalariga unchalik ahamiyatli ta'sir ko'rsatmadi. XX asrning 40-yillari boshlarida xalqaro monopoliyalarning umumiy soni 300 tadan oshmasdi.
Xalqaro korporatsiyalar yuzaga kelgan davrdan boshlab asta sekinlik bilan o'z faoliyatlarining istiqboldagi strategiyasini ish lab chiqishdi. Ularning asosiy belgilariga quyidagilarni kiritish mumkin:
o'zining ishlab chiqarishini xorijiy xomashyo bilan ta'minlash;
filiallari tarmog'i orqali xorijiy bozorlardagi o'rnini mus tahkamlash;
asosiy mamlakatdagiga qaraganda ishlab chiqarish xara jatlari past mamlakatlarda ishlab chiqarishni joylashtirish;
tabaqalashtirilgan ishlab chiqarish-savdo-moliya faoliyatiga yo'naltirilganlik.
50-yillarning boshlarida xalqaro korporatsiyalar jahon bo zorlarini egallash bo'yicha faol harakatlarini boshladilar. Bunga xalqaro iqtisodiy aloqalarning erkinlashtirilishi, jahon maydonida ko'plab mustaqil davlatlarning paydo bo'lishi, jahon iste'mol ta labining o'sishi va boshqa shu kabi omillar imkon yaratdi. Xalqa ro korporatsiyalarning miqdori bo'yicha ham, faoliyatining hajmi va ko'Iami bo'yicha ham jadal rivojlanishi ularning jahon iqti sodiyotida muhim o'rin egallashiga sabab bo'ldi.
Milliy kompaniyalarning xalqaro kompaniyaga aylanishi bir qator bosqichlarda sodir bo'ladi.
Birinchi bosqichda xorijiy xo'jalik faoliyati amalda butun kompaniya holatiga kam ta'sir ko'rsatadi. U faqat xorijiy iqtisodiy faoliyatni eksport shaklida rivojlantirishdan boshlanadi. Ushbu bosqichda kompaniya yuridik jihatdan bitta davlatga tegishli bo'ladi.
lkkinchi bosqichda xorijiy xo'jalik faoliyati nisbiy mustaqil likka ega bo'ldi. Kompaniyaning xorijdagi faoliyati kompaniya faoliyatining boshqa barcha tomonlari bilan 0'zaro bog'liqlikning
murakkab tizimiga kiradi. Xalqaro faoliyat markazi eksportdan xorijiy ishlab chiqarishga o'tadi. Xorijiy faoliyatni ichki bozordagi faoliyatdan ajralishi sodir bo'ladi. Bu esa, kompaniyaning tash kiliy tuzilmasiga ta'sirni yuzaga keltiradi. Kompaniya xalqaro xususiyatga ega bo'ladi. Uchinchi bosqichda kompaniya xorijiy faoliyatning roli oshadi. lchki bozor ustuvorligi yo'qolgan holda bir gator tashqi bozorlarda faoliyat shakllanadi. Aynan mazkur bosqichda kompaniya yuqorida qayd etilgan belgilar bilan haqi qatda xalqaro kompaniya bo'ladi.
Qayd etilgan uchta bosqich barcha mamlakatlarda biznesni baynalminallashuv jarayonlari uchun taalluqli hisoblanadi.
Mamlakatlar iqtisodiyotiga kapital kiritishiga muvofiq xalqaro korporatsiyalar bir nechta shaklda namoyon bo'ladi:
xorijiy korxona shaklida, bunda ushbu norezident korxona jami kapitalning 50 foizidan kam bo'lgan qismiga egalik qiladi;
xorijiy bo'linmalar shaklida, bunda korxona to'liq TTXI hi sobidan tashkil etilishi mumkin.
Xalqaro korporatsiyalarning tashkiliy qobig'i, ularning milliy negizi va ko'p miqdordagi sho'ba va boshqa tashkilotlari bilan birgalikda ilmiy-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanishining zamo naviy xalqaro mehnat taqsimoti uchun muvofiq shakJ sifatida namoyon bo'ldi.
Yetakchi xalqaro korporatsiyalar jahon miqyosida kapital va mehnat kuchlarini umumJashtirib, ishlab chiqarish xarajatJarini optimallashtirgan va raqobatbardoshlikni oshirgan holda xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etadi. Natijada ular o'zlarining global korporatsiyalar shaklidagi yangi darajasiga aylanishadi.
Global korporatsiyalar o'zida yirik moliya-sanoat, ilmiy-texni kaviy va savdo birlashmalarni ifodalaydi. Global korporatsiyalar zamonaviy jahon moliya kapitalining butun qudratini jamlaydi. Xalqaro ishlab chiqarishning yirik salmog'i, shu jumladan, asosiy ilmiy sig'imli qismi, global korporatsiyalar tomonidan nazorat
qilinadi. Globallashuvda nisbatan yuqori darajada kimyo, elek trotexnika, neft sanoati, avtomobilsozlik va bank tarmoqlari faol ishtirok etmoqda.
Mazkur bosqichning xarakterli xususiyati bo'lib nafaqat xo'jalik yuritishning baynalminallashuvi balki, mulkchilikning baynalminallashuvi ham hisoblanadi. Bir vaqtning o'zida uchin chi jihatning, ya'ni boshqarishning baynalminallashuvi ham yu zaga keladi.
Xalqaro korporatsiyalar faoliyati orqali iqtisodiyotda quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
ishlab chiqarishning yirik hajmi va ko'lami hisobiga mah sulot birligiga to'g'ri keladigan xarajatlarni kamaytirish;
ishlab chiqarishning samarali tashkil etilishi hisobiga mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvni yanada chuqurlashtirish;
tashqi muhit o'zgarishlariga tezda moslashish;
xorijiy bo'linmalar orqali ular joylashgan mamlakatlardagi bozorlar holatining va mahsulotlarga bo'lgan talab darajasining o'zgarishiga tegishli ma'lumotlarni to'plash hamda tahlil etib borish;
jahon bozoridagi talabning o'zgarishiga muvofiq strategik loyihalarni amalga oshirish.
Agar kompaniya jahon bozorlarida faoliyat yuritishning qu yidagi talablarini kompleks tarzda hisobga olsa, xalqaro korpo ratsiyalarning strategiyasi global bo'lib hisoblanadi:
raqobat va bozorlarning umumjahon holatini doimiy muho kama qilish;
o'zining raqobatchilarini va global raqobat kurashida faoli yat yuritish usullarini yaxshi bilishi;
o'z faoliyatini umumjahon yoki yirik mintaqaviy ko'lamda amalga oshirishi;
o'z foydasining ma'lum qismini ilmiy tadqiqot ishlariga yo'naltirishi va yuqori texnologiyali tarmoqlarda faoliyat ko'rsatishi;
tez moslashuvchan axborot, ishlab chiqarish, moliyaviy texnologiyalar yordamida o'z faoliyatini muvofiqlashtirishi;
o'zining korxona va ishlab chiqarish filiallarini yagona xalqaro boshqaruv tarmog'iga birlashtirish va boshqa transmilliy korporatsiyalar bilan o'zaro yaqin aloqalar o'rnatishi.
Hozirgi davrda xalqaro korporatsiyalar faoliyati rivojlanishiga xos bo'lgan asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat:
jahon bozoridagi talabning o'zgarishiga tezda moslashishi;
umumjahon global strategiyasi doirasida faoliyat ko'rsatib jahon bozorining barcha tarkibiy qismlariga ta'sir o'tkazish im koniga egaligi;
ishlab chiqarishning global omillaridan keng tarzda foy dalanishi;
xalqaro korporatsiyalar deyarli dunyoning barcha mam lakatlarida xalqaro ishlab chiqarishning global tizimini yarata olishganligi.
Zamonaviy transmilliy korporatsiyalarning faoliyat yuritish mexanizmida bank va moliya institutlarijuda muhim rol o'ynaydi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va baynalminallashuvi jara yonlari, moliya sohasidagi kuchli raqobatlashuv kurashi trans milliy banklarning shakllanishiga va faoliyatining kengayishiga imkon yaratdi.
Transmilliy banklarning xususiyati, birinchidan, o'zlarining milliy bozorlarida yetakchi rol o'ynovchi yirik banklarning faoli yati bilan belgilanadi. lkkinchidan, ularning faoliyatida xalqa ro operatsiyalarning ulushi yuqori bo'ladi. Shuningdek, ular tomonidan xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish xorijdagi bo'limlarining bir-biri bilan o'zaro aloqador tarmog'i orqali sodir bo'ladi. Uchinchidan, transmilliy banklar turli xildagi xizmatlar ni ko'rsatish qobiliyatiga va yirik moliyaviy kapitalga ega bo'lgan moliyaviy institut hisoblandi.