2.3-rasm. Transformator (TM— 250/6) ning fazaviy shaklli magnit o'tkazgichi: 1 — sterjen, 2 va 6 - izolatsiyalovchi qistirmalar; 3 — Uch fazali platrstina; 4 — yarmo; 5 — prujina; 7 — shpilka; 8 — izolat- siyalovchi trubka; 9 — siquvchi kamar; 10 — asos tayanch.
Transformatorlarning chulg‘amlari va ularning konstruksiyasi
Chulg‘amlar transformatoming muhim tarkibiy qismi bo ‘lib, ular elektr cnergiyani o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan magnit maydonni vujudga keltirishni hamda transformatorni amalda ishlatish uchun muhim bo‘lgan EYK lar hosil qilishni ta’minlaydi.
Chulg‘amlarni tayyorlashdagi sarflanadigan materiallar narxi va ularni o‘rash uchun to‘lanadigan ish haqi transformator narxining taxminan 50 foizini tashkil etadi. Transformatorning xizmat muddati uning og‘ir sharoitlarda ishlaydigan chulg‘amlarining xizmat muddati bilan aniqlanadi.
O ‘zakda joylashishiga ko ‘ra chulg‘amlar
konsentrik va
almashinuvchi lurlarga bo‘linadi.
Almashinuvchi chulg‘amlarda YK va PK g‘altaklar o‘zak balandligi bo‘yicha navbatma-navbat o‘zaro almashingan bo'ladi.
Almashinuvchi chulg‘amlar asosan maxsus transformatorlar uchun qo'llaniladi. Umumiy maqsadli kuch transformatorlarida va maxsus transformatorlarning ayrimlarida, odatda,
konsentrik chulg‘amlar qo'llaniladi. Bunda o‘zak yaqiniga PK chulg‘am, uning tashqarisiga esa YK chulg‘am joylashtiriladi.
Konstruksiyasi va o‘rash usuliga ko‘ra konscntrik chulg'amlar
silindrik, g'altakli va vintsimon turlarga bo‘linadi.
rasm. Kuch transfomatorining: a —vintsimon chulg‘amida simlaming o ‘rin almashinish (transpozitsiya) sxemasi; b — biryo ‘lli vintsimon chulg ‘am: (1 — o‘ramlar; 2 — tenglashtiruvchi segmentlar; 3 — ustki tayanch halqasi; 4 — vertikal sovitish kanallari; 5 — izolatsion silindr; 6 — parallel simlar; 7
qistima); d — ko‘p qatlamli silindrik chulg‘am: (8 — vertikal reykalar; 9
chulg'am uchlari; 10 — izolatsion silindr); e — 35 kV kuchlanish uchun uzluksiz g ‘altakli chulg ‘am: (11 — izolatsion silindr; 12 — vertikal reykalar; 13 — chulg'amning kuchaytirilgan izolatsiyali g‘altaklari; 14 — qistima; 15
simlaming o ‘rnini almashtirish uchun o ‘tishlar).
Katta quwatli transformatorlarda parallel simlarning soni bir necha o‘nlargacha yetishi mumkin. Shu sababli bunday transformatorlarning PK chulg‘ami uchun bir necha to‘g‘riburchak kesimli simlardan parallel bajarilgan
ko‘p yo‘lli vintsimon chulg‘amlar qo‘llaniladi. Vintsimon chulg‘amda (2.4,6-rasm) parallel simlar konsentrik ravishda chulg‘am o‘qidan har xil uzoqlikda joylashganligi tufayli o'zakka yaqinroq joylashgan simlarga nisbatan undan uzoqda joylashganlari uzunroq bo‘ladi. Bu farq shu simlar aktiv va induktiv qarshiliklarining tengsizligini vujudga keltiradi va ularda toklar bir tekis taqsimlanmaydi.
Vinsimon chulg‘amlarda parallel simlardagi tokning bir tekis laqsinilanishi uchun bir o‘ramni hosil qiluvchi simlarni ma’lum sxemada o'rin almashtirib (transpozitsiya qilib) joylash talab qilinadi (2.4
,a- rasm). Bunda har bitta sim bitta o‘ram chegarasida mumkin bo‘lgan hamrna holatlarni navbatma-navbat egallashi lozim bo‘ladi.
Quwati S
N < 630 kV A va kuchlanishi U
N< 35 kV gacha bo'lgan Iransformatorlarda PK chulg‘am uchun dumaloq kesimli simdan yasalgan
ko‘p qatlamli silindrik chulg‘amlar qo‘llaniladi (2.4,d-rasm).
Uzluksiz g‘altakli chulg'amda bitta g‘altakdan ikkinchisiga simni uzmasdan o‘tiladi (2.4,e-rasm). Bunday chulg‘amning
afzalliklariga tayanch yuzasining kattaligi sababli qisqa tutashuvda vujudga keladigan bo‘ylama kuchlarga nisbatan katta chidamlilik va sovitish yuzasining kattaligi kiradi. Shu afzalliklari tufayli
uzluksiz chulg‘am keng ko‘lamda qo'llaniladi.
Transformator chulg‘amlarining uchlari bak qopqog'ida o‘matilgan maxsus chinni izolatorlar ichidan o‘tgan kesim yuzasi nisbatan katta bo'lgan o‘tkazgichlarga ulanib tashqariga chiqariladi.
rasm. Quvvati 320 kV'A bo‘lgan quruq kuch transformatorining qoplamasiz ko‘rinishi: [1 — vertikal tortish shpilkasi; 2 —yuqori kuchlanishli chulg‘am; 3 — chulg'amlami presslash uchun chinni taglik; 4 — presslovchi po'lat halqa; 5 — YK ulagichlarning tayanch izolatorlari; 6 — YK ulagichlar; 7 -- PK ulagichlami mahkamlash uchun chinni taglik; 8 — YK klemma (
Moy bilan sovitiladigan («moyli») va havo bilan tabiiy ravishda sovililadigan («quruq») transformatorlarning chulg‘amlari A (105 °C) qizishga chidamlilik klassidagi kabel qog‘ozi tasmasi bilan izolatsiyalangan PB markali mis va APB markali aluminiy o‘rov simlaridan hamda mis va aluminiy tasmasidan yoki o‘lchami chulg‘am hnlandligiga teng boTgan folgadan tayyorlanadi. Quruq
transformatorlarda (2.5-rasm) «V» va «F» klasslariga kiruvchi izolatsiyali o‘rov simlarini ham keng qo‘llaydilar.
Chulg‘amlarning yo‘l qo‘yiladigan (me’yoriy) temperaturasi transformator moyining temperaturasi (105 °C) bilan, ya'ni «A» klassidagi izolatsiya
bilan belgilanganligi sababli, bundan katta temperaturaga mo‘ljallab tayyorlangan izolatsion material moyli transformatorlarda qo‘llanilmaydi.
Zamonaviy transformatorsozlikda kuchlanish klasslari 110-;-1200 kV bo‘lgan so‘nggi yillarda ishlab chiqilgan transformatorlarda YK chulg‘am uchun
to‘qima chu\g‘amlar keng qo‘llanila boshlandi.
To‘qima chulg‘amda qo'shni o‘ramlar orasidagi kuchlanishlar farqi uzluksiz chulg‘amnikiga nisbatan n/2 marta katta. Bunda qo‘shni g‘altaklar orasidagi kuchlanish pasayadi, bu holda ekranlovchi o‘ramlar va ayrim g‘altaklarni qo‘shimcha izolatsiya qilish talab qilinmaydi.