BOB. ASINXRON MASHINALARNING MAXSUS
MAQSADLI VA ZAMONAVIY TURLARI. ASINXRON
MOTORLARNI ISHLATISHGA OID AMALIY
MASLAHATLAR
Maxsus maqsadli asinxron mashinalarning ba’zi turlari
Ko‘pgina sohalarda umumiy maqsadli asinxron motorlar va generatorlar bilan bir qatorda maxsus maqsadli asinxron mashinalari ham ishlatiladi. Bunday maxsus mashinalarga asinxron chastota o‘zgartgich, faza rostlagich, induksion regulator, aylanuvchi (buriluvchi) transformator, selsinlar, chiziqli motorlar va boshqalar kiradi. Ular yordamida chastotani, fazani va kuchlanish qiymatlarini rostlash; rotorning burilish burchagini shu burchakka yoki uning biror bir funksiyasiga mutanosib o‘zgaradigan kuchlanishga aylantirish; o‘zaro mexanik bog‘liq bo‘lmagan ikki yoki bir nechta o‘qlarning
17.1-rasm. Birlamchi (yurituvchi motori tarmoqqa (a) yoki chastota o'zgart- gichning chiqishiga (b) ulan- gandagi asinxron chastota o ‘zgartgichning sxemalari; P — elektr quvvat; Pmex~ mexanik quvvat; AsM — asinxron mashina.
sinxron burilishi yoki aylanishini- ta'minlash; mexanik obyektlarning chiziqli yoki yoysimon siljishini amalga oshirish mumkin.
Asinxron chastota o''zgartgich. Faza rotorli asinxron mashina chastota o‘zgartgich sifatida ishlashi mumkin, chunki rotordagi tok chastotasi f, ga teng, ya’ni:
f = f,s = p(n,±n) / 60, (17.1)
bunda ” belgisi rotoming magnit maydoni bilan bir xil yo‘nalishda aylanishini, “+” belgisi esa uning magnit maydoniga teskari tomonga aylanishini ko‘rsatadi.
Asinxron chastota o‘zgartgich faza rotorli asinxron mashina va uning valiga ulangan aylanish chastotasi rostlanadigan ishga tushirish
motoridan iborat (17.1-rasm). Asinxron mashinaning birorta (masalan, stator) chulg‘ami, chastotasi f, bo‘lgan uch fazali elektr tarmog'iga ulansa, boshqa chulg‘amidan (rotor chulg‘amidan) chastotasi f2= f,s bo'lgan o'zgaruvchan tok olinadi.
f2 > f, chastota olish uchun asinxron mashina stator magnit maydoni yo‘nalishiga teskari bo‘lgan tomonga aylantiriladi. Bunda chastota o‘zgartgich elektromagnit tormoz (s > 1) rejimida ishlaydi, motor esa unga mexanik quwat uzatadi.
f2 < f, chastota olish uchun chastota o'zgartgich motor rejimida va stator magnit maydoni yo‘nalishi bo‘yicha aylantirilishi lozim. Bunda chastota o'zgartgich generator bo'lib ishlayotgan birlamchi motor hosil qilgan elektromagnit momenti ta'sirida tormozlanadi. Generator rejimida ishlayotgan motor elektr energiyasini asinxron mashina ulangan tarmoqqa uzatadi.
Chastota f2ni ravon bir tekis rostlash uchun birlamchi motor sifatida o'zgarmas tok motoridan foydalanib, uning aylanish chastotasini o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |