J. S. Salimov, N. B. Pirmatov



Download 3,86 Mb.
bet76/172
Sana26.02.2022
Hajmi3,86 Mb.
#471207
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   172
Bog'liq
ELEKTR3

Asinxron generatorning o'z-o'zini qo'zg'atishi. Bunday rejimda AG ni qo‘zg‘atish rotor o‘zagidagi qoldiq magnit maydoni va stator chulg'amiga ulanadigan kondensatorlar yordamida amalga oshiriladi (15.3,0-rasm).
AG ning stator chulg'amiga kondensator S ulanganligidan tok Ir= Ic uning kuchlanishiga nisbatan oldin keladi (15.3,6-rasm). Agar qoldiq magnit oqim (Oqol) bo‘lsa, rotor aylanganda stator chulg'amida kam miqdordagi Eqol hosil bo‘ladi (15.3,c(-rasm). Uning ta'siridan “stator

  1. rasm. 0‘z- o ‘zini qo ‘zg ‘a tishli asinxron generator(a), vektor diagramma (b) vfl AG ning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayonini tushuntirishga oid(d).

chulg'ami — kondensatorlar” zanjirida kuchlanish vektori Uj dan oldin keluvchi reaktiv tok Ic vujudga keladi. Bu tokning reaktiv tashkil etuvchisi Ir oqim
c ning stator chulg‘amida hosil qilgan MYK mashinani magnitlaydi.
0‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayoni AG va kondensatorlarning kuchlanishlari teng bo'lgunga qadar, ya’ni
Ic (0.L, = Ic/(^C), (15.5)
davom qiladi. Bunda L, = (x, + x2)/ co, — AG ning induktivligi; C — bir fazaga to‘g‘ri keladigan sig‘im.
Kondensatorning sig'imi kamaytirilsa, Uc = Icxc xarakteristikaning og‘ish burchagi a kattalashib, AG ning kuchlanishi kamaya boradi va Icxc to‘g‘ri chizig'i salt ishlash egri chizig'ining to‘g‘ri chiziqli qismi
bilan mos tushganda AG o‘z-o‘zini qo‘zg‘ata olmaydi (15.3,c-rasm).
Birlamchi motor bilan asinxron generator rotorini aylantirib n = 30 oij / (np) (15.6)
formula bilan aniqlanadigan aylanish chastotaga erishganda, statorda
©j chastota tebranishlari vujudga keladi va cokr = 1/JLkC —chastotaning
eng yuqori kritik qiymati co, > cokr bo‘lganda o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish buziladi.
Asinxron generatorning yuklama bilan ishlashi. Sirpanishni aniqlash s = (nt— n)/nj formulaga binoan yuklama bilan ishlayotgan AG kuchlanish chastotasini f, = const qilish uchun sirpanishning o‘zgarishiga mos ravishda aylanish chastota n ni o‘zgartirish lozim bo'ladi. Buni amalga oshirish murakkab hisoblanadi, chunki birlamchi motorning aylanish chastotasi regulator (rostlagich) bilan o‘zgarmas qilinganda AG ning sig‘imi va yuklamaning o‘zgarmas qiymatlarida chastota pasayadi.
Bu quyidagicha tushuntiriladi. AG yuklama bilan ishlaganda, stator chulg‘amining induktiv va aktiv qarshiliklarida kuchlanish pasayishi tufayli, uning kuchlanishi biroz kamayadi. Bunga yana ikkinchi sabab, odatda, yuklama bilan ishlaganda AG ning magnitlovchi toki ham biroz kamayadi, chunki kondensator tokining bir qismi rotor tokining reaktiv tashkil etuvchisini va yuklama tokini qoplashga sarflanadi.
Kuchlanishning kamayishi AG magnit sistemasining to‘yinish darajasini kamaytiradi va, natijada, asinxron mashinaning induktivligi

  1. ortadi; uning ortishi esa co, = 2Ttf, = 1/ JlJc ) formulaga binoan,

chastota f: ning kamayishiga olib keladi va xs = 1/ (27tljC) formulaga asosan, kondensatorning induktiv qarshiligi xs ortadi, natijada esa, tok Is kamayadi. Demak, AG ning ishiga yuklamaning xarakteri katta ta'sir qilar ekan.
Agar AG ning yuklamasi sof aktiv bo‘lganda kondensatorlarning quwati generatoming reaktiv quwatiga teng bo‘lishi lozim bo‘lsa, aktiv- induktiv yuklamada esa yuklamani ham reaktiv quwat bilan ta'minlash maqsadida kondensator batareyasining quwatini oshirish zarur bo‘ladi.
0‘z-o‘zini qo‘zg‘atadigan AG kondensator batareyasining quwati ancha katta, ya'ni nominal quwatining 70+100 % ni tashkil qiladi. Bu esa qurilmaning tannarxini oshiradi.
Amaliy jihatdan, tarmoqqa ulanmagan AG ni sof aktiv yuklama bilan ishlatishda kuchlanish va chastotaning o‘zgarish xarakteristikalari yetarli darajada qanoatlanarli bo‘lmaganligidan AG larning qo‘llanish sohalari cheklangan.
Asinxron mashinalarning ishga tushirish xarakteristikalari yaxshiligi tufayli ularni aviamotorlarni ishga tushirish uchun starter sifatida foydalaniladi. So‘ngra generator rejimga o‘tkazilib samolyot bortida o‘zgaruvchan tok manbasi sifatida ishlatilishi mumkin.
0‘z-o‘zini qo‘zg‘atishli asinxron generatorlar rostlanuvchi elektr yuritmada ishlatilishi mumkin (masalan, rekuperativ tormozlashda).
Asinxron mashina generator sifatida avtomobil va traktorlarda ishlatiladigan dizel motorlarini sinash stendlarida ishlatiladi. Bunda motor sovuq paytida asinxron mashina elektr motori sifatida ishlab, uni qizdiradi va keyin, u generator rejimiga o‘tkaziladi. Bu holda AG tormozlovchi momentni hosil qilib, avtomobil va traktor motorlariga yuk vazifasini bajaradi.
Qo‘lda ishlatiladigan elektr instrumenti uchun yuqori chastotali elektr energiya manbayi sifatida; avtomatik boshqarish sistemalarida, ergashuvchi elektr yuritmada va hisoblash qurilmalarida ichi kavak yoki qisqa tutashgan rotorli asinxron taxogeneratorlar qo‘llaniladi.
Nazorat savollari:

  1. Asinxron generatoming ishlash prinsipini so'zlab bering.

  2. AG ning tarmoq bilan parallel ishlashidagijarayonlar qanday kechadi?

  3. AG ning o ‘z-o ‘zini qo ‘zg'atishi uchun qanday shartlar bajarilishi kerak?

  4. AG ning afzalligi va kamchiliklari nimalardan iborat?

  1. BOB. BIR FAZALI ASINXRON MOTORLAR

    1. Bir fazali asinxron motorning tuzilishi va ishlash prinsipi




16.1-rasm. Birfazali asinxmn motor ^) statorining(a) va motoming mexanik xarakteristikalari (b); ishga tushirish chulg'ami bilan ta 'minlangan bir fazali asinxron motomi kondensatorli ishga tushirish sxemasi (d); K — kalit.
Bir fazali asinxron motorlar (P2 < 600 W) avtomatik qurilmalarda va uy xo‘jaligi elektr asboblarida (ventilator, sovitgich, kir yuvish mashinasi, elektr ustara va boshqalar) ishlatiladi. Bir fazali asinxron motorning statorida bir fazali chulg‘am bo‘lib, rotorida esa qisqa tutashtirilgan chulg‘am bo‘ladi (16.1-rasm). Stator chulg'ami o‘zak pazlarining 2/3 qismida joylashgan bo‘ladi.
Chulg‘amning pazlarda bunday joylashishi havo bo‘shlig‘ida magnit induksiyasi shaklining sinusoidalga yaqin bo'lishini ta'minlaydi.
Bir fazali asinxron motorning stator chulg‘amiga bir fazali o'zgaruvchan tok berilganda pulslanuvchi magnit maydon hosil bo‘ladi. Bu maydonni amplitudalari teng va bir-biriga nisbatan teskari bir xil aylanish chastotada aylanuvchi ikkita tashkil etuvchiga ajratish mumkin.
Bir fazali asinxron motorlar boshlang‘ich ishga tushirish momentiga ega emas (16.1,6-rasm) va stator chulg‘ami tarmoqqa ulanganda uning rotori aylanmaydi. Shuning uchun bunday motorlar ishga tushirish chulg‘ami bilan ta'minlanadi (16.l,d-rasm). Aylanish yo‘nalishi rotorning aylanish yo‘nalishi bilan mos bo‘lgan oqimni to‘g‘ri oqim ® , rotoming aylanishiga nisbatan teskari aylanadigan oqimni teskari
®[cs oqim deyiladi. Bu oqimlar to‘g‘ri Mto., va teskari aylantiruvchi moment Mtes lami hosil qiladi. Bu momentlar bir-biriga nisbatan teskari
yo'nalishda bo'ladi. Natijaviy aylantiruvchi moment to‘g‘ri va teskari momentlarning yig‘indisi bilan topiladi:
M = M, .. + M, .
ntft t o g tes
To‘g‘ri oqimga nisbatan rotorning sirpanishi:
W = (ni(u,y) “ n> / ni(.or) = (n, - n) / n, = 1 - n / np teskari oqimga msbatan rotoming sirpanishi esa:
S.cs = t(nl(les) - (“n)l / ni(.es) = (ni(.es) + n) / ni(.es) = 1 + n / ni(.cs)■
Demak, bir fazali asinxron motor ishga tushirish momentiga ega emas. Shu sababli rotor qaysi tomonga tashqi kuch yordamida aylantirilsa, o‘sha tomonga aylanadi. Bunday motorning ish xarakteristikalari uch fazali asinxron motomikiga nisbatan yomon. Bundan tashqari salt ishlayotgan bir fazali motoming aylanish chastotasi, teskari magnit oqimi hosil qilgan tormozlovchi moment ta'sirida uch fazali motorning aylanish chastotasidan kichik bo‘ladi.

    1. Kondensatorli asinxron motor va uch fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni bir fazali manbadan ishlatish


Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish