14.5 -rasm. Qo ‘sh katakli motor rvtorining umumiy ko ‘rinishi (a) (bunda:
— ishchi katak sterjenlari, 2 — ishga tushirish (chuig'ami) sterjenlari, 3 — rotoming po ‘lat ozagi; 4 — sterjenlami qisqa tutashtiruvchi halqalar); b — 1- va 2- sterjeniar joylashgan pazning qirqimi; d — tok zichligining ishga tushirish paytida (1) va normal ishlashida (2) tarqalish diagrammasi; e — mexanik xarakteristikalari (bunda: 1 — ishga tushirish chulg'ami momenti;
— ishchi chulg‘am momenti; 3 — qo‘sh kataklimotomingnatijaviy momenti).
iborat, shu sababli uning aktiv qarshiligi katta bo‘ladi. Ichki katak (1) ishchi chulg‘am deyiladi va u ko‘ndalang kesim yuzasi katta bo‘lgan steijenlardan iborat, shu sababli uning aktiv qarshiligi kichik boMadi. Ishga tushirish katagi bronza yoki latundan, ishchi chulg‘ami esa misdan tayyorlanadi.
Steijenlarning pastki qismi tarqoq oqim bilan ularning yuqori qismiga nisbatan ko‘proq ilashadi (14.5-rasm). Steijenlarning induktiv qarshiligi ularning pastki tomonida juda katta boMadi. Shu sababli rotor tokining deyarli hammasi ishga tushirish katagidan o‘tadi. Rasmda ishga tushirish va normal ishlash toklari zichliklarining taqsimlanishi ko‘rsatilgan.
Elektr jihatdan ishga tushirish va ishchi chulg‘amlari parallel ulangan boMadi. Shu sababli rotor toki chulg‘amlarning to‘la qarshiliklariga teskari mutanosib bo‘ladi:
I /I =7 / Z =
*2(ish) 2(ish)' 2(i.l)
(-yjr ~2(ish) +X~2(ish) j/[^Jr~2(i.t) + X22(i.t) j ■ (14.6)
Ishga tushirishning boshlang‘ich paytida (s =1) katakning induktiv qarshiligi aktiv qarshilikdan bir necha barobar katta bo'ladi. Shuning uchun rotordagi tok ishga tushirish katagi orqali oqadi. Rotorning tezligi osha borgan sari sirpanish s va chastota f2 kamayadi. Bu jarayonda rotordagi tok ishga tushirish katagidan ishchi katakka o‘ta boshlaydi. Natijada sirpanish s juda kichik bo‘ladi va tokning tarqalishida induktiv qarshilik kam ta'sir etadi va tok asosan ishchi katagi orqali o‘tadi.
Qo‘sh katakli asinxron motorining mexanik xarakteristikasi 14.5,d- rasmda ko‘rsatilgan. Bunday motorda ishga tushirish momentining karraligi Mit/ MN =1,3+1,7 ishga tushirish toki karraligi esa Ijt/ IN = 4,5+6 bo'la'di. ‘
Chuqur pazli va qo‘sh katakli motorlarning ishga tushirish xarakteristikalari ancha yaxshi bo‘lsa ham, rotor sterjenlarining induktiv qarshiligi katta bo‘lgani sababli, ulaming quwat koeffitsientlari kichikroq bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday rotorlami tayyorlash texnologiyasi murakkab va tannarxi qimmat bo‘lganligi ularning kamchiligidir.
Uch fazali asinxron motorlarning aylanish chastotasini rostlash usullari
Asinxron motorlarning aylanish chastotasini rostlash muammosi muhim ekspluatatsion ahamiyatga ega. Sanoatning ayrim sohalarida motorlarning rostlash harakteristikalariga juda yuksak (keng ko‘lamda rostlanishi, bir tekis rostlanishi va iqtisodiy samarali bo‘lishi kabi) talablar qo‘yiladi.
Asinxron motorning aylanish chastotasi (13.3) formula, ya’ni
Do'stlaringiz bilan baham: |