Sinxron momentlar. Asinxron mashinalarda maydon yuqori garmonikalaridan birontasining aylanish chastotasi rotor aylanish chastotasi bilan mos tushsa sinxron moment paydo bo‘ladi. Agar bu moment nisbatan katta bo‘lsa asinxron motorni ishga tushirish jarayonida rotor sinxron chastotada aylanayotgan yuqori garmonika maydoni bilan ta'sirlashib aylanish chastotasi nominalga yetmagan chastotada “tutilib” turg‘un ishlab qolisni mumkin. Sinxron moment elektromagnit momentning o'zgarish shaklida rotor aylanish chastotasining kichik zonasida chuqur “o‘pirilish”lar yaratadi, lekin rotorning kinetik energiyasi tufayli bu to‘siqlar yengib o‘tiladi.
Stator va rotor tish garmonikalari hosil qilgan sinxron momentlar
Z, = Z2 va 2) Z2 — Z = ± 2p bo‘lgan shartlarda eng noqulay (yomon) hisoblanadi. Z, = Z2 da bir tomonga aylanadigan garmonikalaming chastotalari mos tushsa, 2-holda esa qarama-qarshi tomonlarga aylanadigan garmonikalaming chastotalari mos tushadi. Birinchi holda rotor qo‘zg‘almas bo‘lib, yukning qarshilik momenti katta, asosiy moment kichik bo‘lganda esa motorning rotori aylanmay qoladi.
Reaktiv momentlar. Stator va rotorda tishlaming mavjudligidan har xil magnit o‘tkazuvchanlikning hosil bo'lishi tufayli reaktiv momentlar vujudga keladi. Ferromagnit jism magnit maydonda magnit qarshiligi eng kam bo‘lgan holatni egallashga intiladi. Eng katta reaktiv moment Z, = Z2 da boMadi. Reaktiv moment: chulg‘am faqat statorda yoki rotorda boMsa; tish garmonikasining qutb boMinmasi inn rotor tish boMinmasi tz2 = 2tiR/Z2 bilan stator yoki rotor yuzasi silliq boMganda mos tushgan hollarda paydo boMadi. Reaktiv momentlar zararli ta'sir ko‘satishi mumkin, lekin bu momentlardan ijobiy texnik effektlami olish uchun ham foydalanish mumkin (masalan, reaktiv sinxron mashinalarda).
Nazorat savollari: /. Asinxron motorda elektromagnit kuch va moment qanday hosil bo ‘ladi? Asinxron motoming turg'un ishlash shartlari nimalardan iborat?
Faza rotorli asinxron motoming afzalligi va kamchiligi nimalardan iborat? BOB. ASINXRON MOTORNING DOIRAVIY
DIAGRAMMASI, ISH XARAKTERISTIKALARI VA
ULARNI HISOBLASH USULLARI Asinxron motor toklarining doiraviy diagrammasini asoslash
Asinxron mashina toklarining doiraviy diagrammasi sirpanishning har qanday qiymatida mashinaning ish rejimini xarakterlaydigan barcha elektromagnit kattaliklarni bilvosita (vositali) aniqlashga imkon beradi.
Asinxron motoming aktiv va induktiv qarshiliklari nisbatan o‘zgarib turishi mumkin. Bunday motorlar toklarining o‘zgarish diagrammasi ancha murakkab xarakterga ega bo'ladi. Lekin asinxron motorning xarakteristikalari to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun toklarning soddalashgan doiraviy diagrammasidan foydalanish amaliy ahamiyatga ega.
Quyida parametrlari o'zgarmas deb va o'zgaruvchan kattaliklar (kuchlanish, tok, MYK va boshq.)ning o‘zgarishi sinusoidal shaklda deb taxmin qilingan asinxron motorning soddalashgan doiraviy diagrammani qurish tartibi bilan tanishamiz. Bunday motorlar stator va rotor toklarining o'zgarish diagrammasi aylana shaklda bo‘lgani uchun uni toklarning doiraviy diagrammasi deyiladi.
Mazkur diagramma asinxron motorning soddalashgan G-simon almashtirish sxemasi (11.4-rasm) asosida quriladi. Bu sxemaning magnitlanish shoxobchasi parametrlari o‘zgarmasdir. Ishchi shoxobcha (r2+ jx2) esa o‘zgaruvchan parametr (r2)ga ega. Bu shoxobcha uchun diagrammani kuchlanishlarning to‘g‘ri burchakli uchburchagi ABC ko‘rinishida tasvirlab berish o‘ng‘ay hisoblanadi. Bu uchburchakning
katetlari: = UL= I2x2 va BC= Ur= I2r2_ kuchlanish U, ning
tegishlicha reaktiv va aktiv tashkil etuvchilari; aq = U,= Ur+ jUL—
motorga berilgan kuchlanish (13.1,A-rasm). ABC uchburchakning har
bitta tomonini x2 ga bo‘lib HDC uchburchagini hosil qilamiz. Bunda