va yakorning kuchlanishi UN = const bo‘lganida / = f (Ia) bog‘liqlik — generatoming rostlash xarakteristikasini ifodalaydi.
Bu xarakteristikani, yuklama tokini kamaytirib olingan hol uchun ko‘rib chiqamiz■ (30.1) formulaga asosan, agar qo‘zg‘atish toki I ning qiymatini o‘zgartirmay qoldirilsa, yuklama toki Ianing kamayishi tufayli yakor reaksiyasining kuchsizlanishi va IflRa ning kamayishi sababli, generatorning chiqish klemmalaridagi kuchlanish miqdori oshadi. Lekin, shartga ko‘ra, Ua= UN= const bo'lishi kerak, shu maqsadda, rostlash xarakteristikasini olayotgan paytda qo‘zg‘atish toki /qo,z ni kamaytirib borish lozim bo'ladi (30.3,Z>-rasm).
Tajribada rostlash xarakteristikasining ikkita shoxobchasini, ya’ni yuklama toki Iani 0 < Ia< IN oraliqda tobora oshirib (1-shoxobcha), so‘ngra, tok Ia ni IN qiymatidan asta-sekin 0 gacha kamaytirib (2-shoxobcha) olinadi. Bunda 1-shoxobcha ikkinchiga nisbatan yuqorida joylashadi. Bunga sabab: 1-shoxobchani olishda yuklama toki Ia ning qiymati INgacha oshganda bir vaqtning o‘zida qo‘zg‘atish toki /qo.z ham oshiriladi. Bu esa, magnit zanjirining poTat qismlarida qol ning nisbatan ko'payishiga olib keladi, natijada xarakteristikaning 2- shoxobchasini olganda Ua= UN = const boTishi uchun kamroq qo‘zg‘atish magnit oqimi (demak, kamroq qo‘zg‘atish toki) talab qilinadi. Bu ikkala shoxobchaning o‘rtasidan o‘tkazilgan punktir chiziq rostlash xarakteristikasi uchun qabul qilinadi (30.3,6-rasm).
Shuni ta’kidlash kerakki, rostlash xarakteristikasi, yuklama tokini o‘zgartirganda generatorning kuchlanishini o'zgartirmay saqlab turish maqsadida, qo‘zg‘atish tokini rostlash qonuniyatini ifodalaydi. Masalan, yuklama tokini oshirganda generator kuchlanishining nominal qiymati UN ga nisbatan kamayishini bartaraf etish, ya’ni kuchlanishni UN= const qilib saqlash uchun qo‘zg‘atish toki / , ni biroz oshirish kerak boTadi. q°"
Parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatorining o‘z- o‘zini qo‘zg‘atishi va normal rejimdagi xarakteristikalari
Parallel qo‘zg‘atishli generatorlaming o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishi (demak, qo‘zg‘atish uchun alohida 0‘T manbayi talab qilinmasligi) hamda normal yuklamada turg‘un kuchlanish berishi sababli ular amalda keng qoTlaniladi.
Salt ishlash xarakteristikasi. Bunday generatorning SIX, mustaqil qo‘zg‘atishli 0‘T generatorinikiga o‘xshagan boTib, yuklama toki Ia=0
328
va yakorning aylanish chastotasi nN = const bo‘lganda, U0= f (/ ) bog‘liqlikni ifodalaydi. Parallel qo‘zg‘atishli generatorning, salt ishlashida I = / , bo'ladi (mustaqil qo‘zg‘atishlida esa yakor toki I =
o). “ qH/ “
Qo‘zg‘atish toki / , odatda, yakor zanjiri nominal toki IaN ning
(2+4) foizini tashkil qilgani uchun, 0‘T generatori kuchlanishi muvozanat tenglamasi (30.1)da kuchlanish pasayishlari (IaRava AUch) kichikligidan ularni e'tiborga olmasdan, U() ~ E(| deb hisoblasa bo‘ladi.
Parallel qo‘zg‘atishli generatorning SIX ni tajriba yo‘li bilan, kuchlanish U0 va qo‘zg‘atish toki /qo.z larning faqat musbat qiymatlari uchun aniqlab olish mumkin, chunki qo‘zg‘atish tokining ishorasini o‘zgartirganda, generatorning kuchlanishi U0 o‘zining 0 qiymati orqali o‘tadi va, buning natijasida, mashina magnit zanjirining po‘lat qismlaridagi qoldiq magnit oqimi yo‘qoladi va mashina o‘z-o‘zini qayta qo‘zg‘atish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
Parallel qo‘zg‘atishli generatorning' o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayoni.
Zavod sinovidan o‘tgan har qanday 0‘T mashinasi magnit zanjirining po‘lat qismlarida qoldiq magnit oqimi F , mavjud bo‘ladi. Agar shunday magnit oqimi mashinada bo‘lmasa, uni hosil qilish uchun tashqi 0‘T manbayini qo‘zg‘atish chulg‘amiga ulab qisqa muddatli tok o‘tkazish kerak bo‘ladi.
Agar yakor birlamchi motor yordamida aylantirilsa, uning chulg‘amida OqoI ta’sirida, dastlab kam diqdorda EYK (E ,) hosil bo‘lib, uning ta'sirida «yakor chulg‘ami — qo‘zg‘atish chulg‘ami» yopiq zanjirida kam miqdorda tok vujudga keladi. Bu tok, o‘z navbatida, qo‘zg‘atish chulg‘amida MYK Fqo.z ni hosil qilib, uning ta'sirida qo‘shimcha magnit oqimi O z hosil bo‘ladi. Mashina o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish uchun bu oqimning Fqol ga nisbatan yo‘nalishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar bu oqimlarning yo‘nalishi qarama-qarshi bo‘lsa, mashinaning magnit zanjiri magnitsizlanadi va o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayoni boshlanishga imkon bo‘lmaydi. Bu oqimlar mos yo‘nalgandagina qo‘zg‘atish oqimining natijaviy qiymati osha boradi. Bu esa yakor chulg‘amidagi EYK ning ko‘payishiga, demak, qo‘zg‘atish toki / z va oqimi ®qo.z larning oshishiga hamda yakor chulg‘ami EYK ning navbatdagi oshishiga olib keladi va hokazo.
Agar r = const bo‘lsa, qo‘zg‘atish zanjiridagi kuchlanish pasayishi (Iqo-z'Vz) qo‘zg‘atish tokiga to‘g‘ri mutanosib ravishda o‘zgaradi (30.4- rasm, 1). 13u to‘g‘ri chiziq absissalar o‘qi bilan a burchak hosil qilib
o‘tadi. Bu burchakni uning tangensi orqali qo‘yidagicha aniqlanadi: tg a = (mu / m,)-AV /OV =
Do'stlaringiz bilan baham: |