Shuni eslatib o‘tish lozimki, faqat parallel qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokning yo‘nalishini o‘zgartirib, qo‘zg‘atish chulg‘amlarning o‘zaro ulanishlarini o‘zgartirib boлmaydi, bunga sabab, parallel qo‘zg‘atish chulg'amidagi tok yo'nalishining o'zgarishi yakor chulg‘amidagi EYK ning yo‘nalishini o‘zgartiradi, bu esa, o‘z navbatida, yakor tokining va ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokning ham yo‘nalishini o'zgartiradi.
Nazorat savollari:
0‘zgarmas tok generatori (0‘TG)ning tuziiishi va ishlash prinsipini so‘zlab bering.
Mustaqilqo ‘zg‘atishli 0‘TG ning tashqi va rostlash xarakteristikalarini tahlil qilib bering.
Parallel qo‘zg‘atishli 0‘TG ning mustaqil qo‘zg‘atishli turidan asosiy afzalligi nimadan iborat?
Parallel qo ‘zg ‘atishli 0‘TG ning o ‘z-o ‘zini qo ‘zg ‘atish jarayoni qanday sodir bo‘ladi?
Aralash qo‘zg‘atishli 0‘TGdagi ketma-ketqo ‘zg'atish chuig‘ami qanday vazifani bajaradi?
BOB. 0‘ZGARMAS TOK MOTORLARI
Ishlash prinsipi va ish jarayonining asosiy tenglamalari
Boshqa EM lari kabi 0‘T mashinalari ham Lens kashf qilgan qaytarlik xossasiga binoan, ular generator sifatida ham, motor sifatida ham ishlay oladilar.
Tuzilishi. OTM ning tuzilishi generatornikidan farq qilmaydi, ya’ni qo‘zg‘almas qismi — stator: stanina, bosh va qo‘shimcha qutblar, qo‘zg‘atish chulg‘ami, cho‘tka tutqich (cho‘tkalari bilan), podshipnik qalqonlari va boshqa yordamchi qismlardan iborat (31.1-rasm).
Asosiy qutblar mashinaning asosiy magnit oqimini hosil qiladi. Qo'shimcha qutblar esa mashinaning cho'tkalari joylashgan o‘qi, ya’ni geometrik neytral (ko‘ndalang o‘qi) bo‘yicha yuklama tokiga mutanosib ravishda o'zgaradigan magnit maydonini hosil qilib, cho‘tkalaming uchqunsiz ishlash sharoitini (kommutatsiyani) yaxshilaydi.
Aylanadigan qismi — yakor. Tuzilishi: yakor chulg‘ami, kollektor, ventilator, podshipnik, val va boshqa yordamchi qismlardan iborat (31.1-rasm).
31.1-rasm. Umumiy maqsadli P seriyaga mansub bo'lgan 0‘zgarmas tok motori:
1 — ventilator; 2 — yakor chulg‘ami; 3 — kompensatsion chulg'am; 4 — bosh qutb qo‘zg‘atish chulg‘amining g‘altagi; 5 — bosh qutb o‘zagi; 6 — yakoming po ‘lat o ‘zagi; 7 — stanina (tana gardishi); 8 — kollektorplastinasi; 9 — cho‘tka tutqich; 10 — cho‘tkalar; 11, 11' — oldingi va orqa tomondagi podshipnikli qalqonlar; 12 — val; 13, 14 — sharikli (kollektor tomondagi) va rolikli (orqa tomondagi) podshipniklar; 15 — qo'shimcha qutb qo‘zg‘atish chulg‘amining g'altagi; 16 — qo‘shimcha qutb o‘zagi; 17 — ventilatsion kanallar; 18 — qisqich.
Yakorning o‘zagi qalinligi 0,5 mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat list (tunuka)lardan yig'iladi. Bu holda uyurma toklar tufayli hosil bo‘ladigan isroflar kamayadi.
Ishlash prinsipi. 0‘TM larining ishlashi “magnit maydoniga joylashtirilgan tokli o‘tkazgich orasida o‘zaro ta’sir kuchi vujudga kelishi”ga asoslangan. Bu hodisaning asosida quyidagi kashfiyotlar: “tokli o‘tkazgichning magnit strelkasiga ta’siri” (Ersted); “tokning magnit qutbiga ta’siri” (Bio va Savar) va Amperning “Elektrodinamik hodisalar nazariyasi” yotadi.
Agar 0‘T mashinasi 0‘T energiya manbayiga ulansa, mashinaning qo‘zg‘atish chulg‘amidan va yakor chulg‘amidan toklar o‘tadi. Yakor toki qo‘zg‘atish maydoni (asosiy maydon) bilan ta’sirlashib yakor valida elektromagnit moment M ni hosil qiladi. Lekin bu moment generatordagi singari tormozlovchi emas, balki aylantiruvchi bo‘ladi va uning ta’sirida mashina yakori aylana boshlaydi. Bu holda mashina, tarmoqdan elektr energiyani olib, motor sifatida ishlaydi va uni mexanik energiyaga aylantiradi.
0‘T mashinasi generator sifatida ishlaganida kollektor va cho‘tkalar to‘g‘rilagich vazifasinibajaradi. Motor rejimida ishlaganida esa, kollektor va uning sirtiga tegib turuvchi cho‘tkalarni, o‘tkazgichlaridan o‘zgaruvchan tok o'tuvchi yakor chulg'amini 0‘T tarmog‘i bilan bog‘lovchi, chastota o‘zgartirgich, deb qarash mumkin.
Qutblaming berilgan qutbiyligi (ishorasi)da va yakor aylanishining ma’lum yo'nalishida yakor chulg'amidagi EYK ning yo'nalishi generator va motor rejimlarida ishlaganida bir xU bo‘lib, yakor chulg‘ami tokining yo‘nalishi har xil bo‘ladi. Shu sababdan 0‘TM yakorining magnit maydoni generator rejimdagiga nisbatan yo‘nalishi teskari bo'lib, yakor reaksiyasi ham teskari ta’sir qiladi, ya’ni:
cho‘tkalar geometrik neytralda bo'lganida ko‘ndalang yakor reaksiyasi asosiy magnit maydonini qutb o‘qidan o‘ng tomonida susaytiradi, uning chap tomonida esa, kuphaytiradi;
cho‘tkalar yakor aylanishi tomonga siljigan bo‘lsa, yakorning bo'ylama magnit yurituvchi kuchi (MYK) ham vujudga keladi, agar cho‘tkalar teskari tomonga siljigan bo‘lsa, bu MYK bo'ylama magnitsizlovchi ta’sir qiladi.
Odatda, 0‘TMda cho‘tkalarni yakor aylanishiga teskari tomonga siljitiladi, bu holda MYK magnitsizlovchi ta'sir qilib, yakor aylanish chastotasini o ‘zgartiradi.
O'TM larining ish jarayoni: ishga tushirish, ish, mexanik, rostlash va tormozlash xarakteristikalaridan iborat boлadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |