J. S. Salimov, N. B. Pirmatov



Download 3,86 Mb.
bet127/172
Sana26.02.2022
Hajmi3,86 Mb.
#471207
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   172
Bog'liq
ELEKTR3

Fa=(X'>N/(ltDa)= TA> (28.1)
bunda: N/(tiDu) — chulg'amdagi o'tkazgichlarning yakor aylanasi uzun- lik birligiga to‘g‘ri keluvchi soni; z'a = Iu / (2a) — yakor chulg'amining har bir o‘tkazgichidan (demak, parallel shoxobchadan) o‘tadigan tok; A = z/ N / (tiDo) — yakorning chizig‘iy yuklamasi, ya'ni yakor MYK ning yakor aylanasi uzunlik birligiga to‘g‘ri keladigan qismi.
MYK Fa to‘g‘ri chiziqli o‘zgaradi, ya’ni bosh qutb o‘qida nolga teng bo‘Iib, clio'tka joylashgan ko‘ndalang o‘qda esa maksimal qiymatga ega bo'ladi. Uning qo‘shni qutblar o'qlari orasidagi taqsimlanishi uchburchak shaklda bo‘ladi. Shunday qilib, yuklama bilan ishlayotgan 0‘T mashinasida qo‘zg‘atish chulg'ami MYK F .z(0) va yakor chulg‘ami MYK F bo‘ladi. Yakor magnit induksiyasining mashina havo oralig‘ida taqsimlanishi qutb uchliklari chegarasidagina yakor MYK F ning taqsimlanishi bilan mos tushadi. Qutblararo fazoda yakorning magnit oqimiga nisbatan qarshilikning ortib ketishi tufayli magnit induksiya keskin kamayadi (28.2,6-rasm).
Mashinaning magnit sistemasi to‘yinmagan holda yakor reaksiyasi asosiy magnit oqimni buzadi xolos, lekin uning kattaligini o'zgartirmaydi. Qutbning yakor kirib kelayotgan tomonida va yakor o'zagining shu qutb ro'parasidagi tishli qatlami yakor MYK ning yo'nalishi asosiy qutblar MYK larining yo‘nalishi bilan mos tushganligi tufayli ularning magnitlanishi oshadi; qutb tagidan yakor chiqib

  1. rasm. 0‘zgarmas tok mashina- sining havo oralig‘ida magnit induksiya- ning taqsimlanishi: a) qo'zg'atish chulg‘amining magnit induksiyasi (Bqo.); b) yakor chulg'amining magnit induksiyasi (BJ; d) mashinaning natijaviy magnit induksiyasi (BnJ

ketayotgan tomonida va yakor o‘zagining shu qutb ro‘parasidagi tishli qatlami esa yuqoridagi MYK laming qarama-qarshi yo'nalganligidan magnitsizlanadi. Shu sababli natijaviy magnit oqim asosiy qutblarning o‘qiga nisbatan ma’lum burchakka buriladi.
Mashina natijaviy maydonining buzilishi uning ish xossalariga yomon ta’sir etadi: 1) cho‘tka kontakti ish sharoitini yomonlashtiradi, ya’ni kollektordan uchqun chiqishining kuchayishiga sabab bo‘ladi; 2) mashina qutblarining ikkala maydon kuch chiziqlari bir xil yo‘nalgan chekkalari ostidagi yakor chulg‘amining seksiyalarida EYK larning oniy qiymatlari keskin oshadi. Natijada, qo‘shni kollektor plastinalariaro kuchlanish Uk oshadi va katta qiymatli yuklamalarda uning qiymati standart tomonidan yoi qo‘yilganidan katta boisa, plastinalar orasidagi mikanit (izolatsiya)ning elektr mustahkamligi bunga bardosh bera olmay, ular orasida elektr yoyi vujudga keladi. Bu hol kollektoming normal ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uning xizmat muddatini keskin qisqartiradi.
Magnit sistemasi to‘yingan 0‘T mashinasida yakor reaksiyasining salbiy ta’siri, ya’ni mashinani magnitsizlashi uning ish xossalarini yomonlashtiradi. Bu holda generatorlarda EYK, 0‘TM larida esa aylantiruvchi moment kamayadi.
Cho‘tkalarning geometrik neytralga nisbatan siljishida yakor reaksiyasining mashina ishiga ta’siri quyidagi sabablarga ko ‘ra kuchayadi. Cho‘tkalar siljiganda u bilan birga yakor MYK ning vektori ham siljiydi va bunda yakoming MYK Fa ko'ndalang tashkil etuvchisi (Faq = Facosp)
dan tashqari, qutblar o‘qi bo'yicha yo‘nalgan bo‘ylama tashkil etuvchisi
(Fad = Fusinp) ga ham ega boiadi. Generator rejimda ishlaganida
choikalar yakorning aylanish yo'nalishi tomonga siljisa, MYK ning bo‘ylama tashkil etuvchisi Fad qo‘zg‘atish chulg‘ami MYK F .z(0) ga qarama-qarshi yo'nalib mashinaning asosiy magnit oqimini kuchsizlantiradi; cho‘tkalar yakor aylanishiga teskari tomonga siljiganda esa, Fad MYK F .z(n) ga mos yo‘nalishi tufayli mashina magnitlanashini oshiradi va kollektorda uchqun chiqishiga sababchi boiadi.
Agar 0‘T mashinasi motor rejimda ishlaganida cho‘tkalarning yakor aylanishi bo‘yicha siljiganida MYK Fad mashinani qo‘shimcha magnitlab, ular teskari tomonga siljiganda esa magnitlanish darajasini kamaytiradi.

    1. Yakor reaksiyasining salbiy ta’siri va uni bartaraf qilish

Kompensatsion chulg‘am mashina yuklamasining me’yoriy qiymatlarida yakor MYK ning salbiy ta’sirini avtomatik ravishda bartaraf qilishni ta'minlaydi va natijada bosh qutblar ostidagi havo oralig‘ida asosiy magnit maydon shakli deyarli buzilmaydi. Lekin qutblararo fazoda yakor MYK ning bir qismi kompensatsiyalanmay qoladi. Bu MYK ning cho‘tkalar kontakti ishiga salbiy ta’sirini yo‘qotish rhaqsadida mashina ko‘ndalang o‘qiga qo ‘shimcha qutblar o‘matiladi va lilarning chulg‘ami yakor chulg'amiga uning cho‘tkalari orqali ketma-ket ulanadi.
Kompensatsion chulg‘am an'anaviy konstruksiyali mashinada qutb uchligida maxsus qilingan pazlarda joylashtiriladi, noayon qutbli konstruksiyali 4P seriyali 0‘T mashinalarida esa asosiy qutb chulg‘ami pazlarida joylashtiriladi. Bu chulg‘am mashina konstruksiyasini murakkablashtiradi, shuning uchun ular faqat og‘ir sharoitda (yuklama keskin o‘zgaradigan, oshirilgan yuklamali rejimda) ishlatiladigan o‘rta va katta quwatli (kuchlanishi UN > 440 V, quwati esa P >150 kW bo'lgan) 0‘TM larida, masalan, elektr transportida, po‘lat jo‘valash dastgohlari (prokat stanlari)da qo‘llaniladi.

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish