Ventilli o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish sistemada (18.4,c-rasm) qo‘zg‘atish chulg‘ami, sinxron generator (masalan, gidrogenerator) yakor chulg'ami chiqishiga ulangan boshqariladigan statik to‘g‘rilagichdan o'zgarmas tok bilan ta’minlanadi. Bunga oid avtomatik sistemaning strukturali sxemasi 18.4,e-rasmda ko'rsatilgan. Sinxron generatoming boshlang‘ich qo‘zg‘atilishi, uning qutblaridagi qoldiq magnitlanish tufayli yuzaga keladi.
Ventilli mustaqil qo‘zg‘atish sistemada, rotori bosh generator vali bilan ulangan, alohida uch fazali sinxron generator (qo‘zg‘atgich) yakoridan olingan o‘zgaruvchan tok, statik to‘g‘rilagichda o‘zgarmas tokka aylantirilib kontakt halqalar orqali qo‘zg‘atish chulg‘amiga beriladi.
Cho‘tkasiz qo‘zg‘atish sistemasi (18.4,Z>-rasm) ventilli mustaqil qo‘zg‘atish sistemaning bir turidir. Faqat bu holda qo‘zg‘atgich vazifasini konstruksiyasi almashtirilgan, ya’ni o‘zgarmas tok mashinaning konstruksiyasi singari, rotorda — yakor, statorda esa induktor joylashtirilgan sinxron generator bajaradf. Qo‘zg‘atgichning yakor chulg‘ami asosiy generatorning qo‘zg‘atish chulg'ami bilan generator valida joylashtirilgan aylanuvchi to‘g‘rilagich orqali ulanadi. Bu holda sirpanish kontaktidan foydalanishga zarurat qolmaydi va qo‘zg‘atish sistemasining ishonchliligi hamda mashinaning FIK oshadi.
Zamonaviy sinxron motorlarni qo‘zg‘atish uchun o'zgaruvchan tok tarmog‘iga ulanadigan va motorning har turli rejimlarida qo‘zg‘atish tokini avtomatik boshqarishni amalga oshiradigan tiristorli qo‘zg‘atgich qurilmalari qo'llaniladi. Bunday qo‘zg‘atish usuli eng ishonchli va tejamlidir, chunki tiristorli qo‘zg‘atgich qurilmalarining FIK o‘zgarmas tok generatorlarnikidan yuqoridir.
Sinxron motorlarning zamonaviy seriyalarida TE-320/48 (qo‘zg‘atish kuchlanishi U = 48 V) va TE8-320/75 (qo‘zg‘atish kuchlanishi U .z=75 V) tipli tiristorli qo‘zg‘atgich qurilmalari keng qo'llaniladi.
Qo‘zg‘atishga sarflanadigan quwat, odatda, mashina foydali quwatining 0,2-r 5% ni tashkil qiladi (kam qiymatlar katta quwatli mashinalarga oid). Quwati bir necha kW gacha bo‘lgan sinxron mashinalarda qo‘zg‘atishni doimiy magnit yordamida amalga oshiriladi (bu holda qo‘zg‘atish chulg‘ami bo‘lmaydi).
Nazorat savollari:
Sinxron mashinaiar konstruksiyasining o ‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?
Sinxron mashinada dempfer chulg'ami qayerda joylashtiriladi va uning vazifasi nimadan iborat?
Sinxron mashinalar qo‘zg‘atish sistemasining qanday turlari mavjud?
Cho‘tkasiz qo‘zg‘atish sistemasining afzalligi nimadan iborat?
BOB. SINXRON GENERATORNING SIMMETRIK YUKLAMA BILAN ISHLASHI VA YAKOR REAKSIYASI
Sinxron generatorning simmetrik yuklama bilan ishlashidagi elektromagnit jarayonlar
SG statorining har bir faza chulg‘amlariga qiymatlari simmetrik yuklama ulansa, chulg‘amlardan bir-biriga nisbatan 120° ga siljigan uch fazali toklar o'tadi. Bu toklar statorda n,= n aylanish chastota bilan aylanadigan magnit maydonni hosil qiladi. Yuklama toki yakor magnit oqimi Fa ni hosil qiladi. Fa va qo‘zg‘atish chulg‘amining magnit oqimi F0 bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almas bo‘lib, bu oqimlar birgalikda mashinaning natijaviy magnit oqimini hosil qiladi.
Umuman, yuklama bilan ishlayotgan generatorda natijaviy magnit oqimi
not qo‘zg‘atish chulg‘amining MYK F0 va yakorning MYK Fo lari ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. MYK F0 yuklamaga bog‘liq bo'lmaydi, a esa yuklamaning qiymatiga va xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Yuklamaning xarakteri deganda yakor MYK ning asosiy magnit oqimga qanday burchak ostida ('F =0°; 0°< Y< +90°; 0°> Y< —90°) ta'sir qilishini tushunish lozim. Shuning uchun ham generatorning natijaviy oqimi Onat salt ishlash rejimidagi oqim O0 dan farq qiladi.
Yakor MYK Fa ning asosiy magnit oqimi O0= O .z ga ta'siri yakor reaksiyasi deyiladi. Sinxron mashinalarda yakor reaksiyasi yuklama qiymatiga va xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Quyida noayon va ayon qutbli sinxron mashinalar uchun yakor reaksiyasini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |