Rotor chulgfamiga ulangan qo'shimcha aktiv qarshilik qiymatining mexanik xarakteristikaga ta’siri.Buni faqatgina faza rotorli asinxron motorda amalga oshirish mumkin. Qarshilik (tormoz) momenti M =const bo‘lgandagi faza rotorli asinxron motoming mexanik xarakteristikalariga qo‘shimcha qarshiliklaming ta'siri 12.5,6-rasmda ko‘rsatilgan. Bunda rotor chulg'amidagi elektr isroflari katta bo'lganligi tufayli, motoming FIK nisbatan kichik bo‘ladi. Bu esa uning kamchiligidir. Ishga tushirish jarayonidagi tokning kamayib, ishga tushirish momentining oshishi esa faza rotorli asinxron motorning afzalligi hisoblanadi.
Magnit maydon yuqori garmonikalarining asinxron motor mexanik xarakteristikasiga ta’siri
Asinxron mashinaning havo oralig‘idagi magnit maydoni nosimmetrik bo‘ladi, chunki unda magnit maydonning asosiy (birinchi) garmonikasidan tashqari, yana fazoviy va vaqt bo'yicha o‘zgaradigan yuqori garmonikalari bo‘ladi. Stator va rotorda tishlaming bo‘lishi va MYK ning stator va rotor aylanasi bo‘ylab nosinusoidal tarqalishi, mashina parametrlarining nochizig'iy bo‘lishi va boshqalar fazoviy garmonikalarni keltirib chiqaradi. Vaqt bo‘yicha o'zgaradigan yuqori garmonikalar esa kuchlanishning nosimmetrikligi va nosinusoidalligi oqibatida hosil bo‘ladi. Ana shu fazoviy va vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan yuqori garmonikalar qo‘shimcha momentlarni hosil qiladi va mexanik xarakteristikaga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bu momentlarga: asinxron, sinxron, vibratsion va reaktiv momentlar kiradi.
Quyida qo‘shimcha (asinxron, sinxron va reaktiv) momentlarga oid umumiy ma'lumot keltiramiz.
Asinxron momentlar. Stator maydoni v-fazoviy garmonikalarining rotor chulg'amida hosil qilgan toklari bilan ta'siri tufayli vujudga keladi. Bu momentlar motorning xossalarini yomonlashtirgani uchun ularni parazit (keraksiz, ortiqcha) momentlar deyiladi.
rasmda asinxron motorning soat miliga teskari aylanadigan to‘g‘ri maydonning 7-garmonikasi va soat mili bo'yicha aylanadigan teskari maydonning 5-garmonikasi hosil qilgan Mv=/' (s) asinxron momentlarning graflklari keltirilgan (bunda s — maydonning asosiy garmonikasiga nisbatan rotor sirpanishi).
5-garmonika hosil qilgan teskari maydon sirpanish 5 = 0+1 oralig‘ida teskari moment M5 ni yaratadi (bu tormoz rejimga xos); 7-garmonika hosil qilgan to‘g‘ri maydon sirpanish 0,8577 ni yaratadi (bu motor rejimga xos), sirpanish s < 0,857 bo‘lganda esa — teskari moment M? ni yaratadi (bu generator rejimga xos). M5 va M7 momentlarning ordinatalarini asosiy garmonika ordinatasi bilan qo‘shib natijaviy asinxron moment Mnol ning o'zgarish chizig'ini olamiz (12.6-rasm):
Mna,= M, + M5 + M7 . (12.21)
Natijaviy asinxron moment sirpanish 0,7< s < 0,85 boMganda Mno < M9 bo‘lib “o‘pirilish”(natijaviy momentning keskin kamayishi) hodisasi ro‘y berib motorni ishga tushirish jarayonini qiyinlashtiradi va rotor kam aylanish chastotada “tutilib” qolishi mumkin.
12.6-rasm. Maydonning yuqori (5 va 7) garmonikalari va 1- garmonikasi (asosiy maydon) hosil qilgan asinxron momentlar (Ms, M7 va M j) hamda natijaviy asinxron moment (MnJ; Mm —statik moment. Elektromagnit momentning o‘zgarish shakliga stator va rotorda tishlarning mavjudligi tufayli vujudga keladigan maydonning tish garmonikalari hosil qilgan asinxron parazit (keraksiz, salbiy ta’sir etuvchi) momentlar sezilarli ta’sir qiladi. Ularning salbiy ta'sirini kuchsizlantirishning samarali usuli — rotor pazlarini bitta tish
bo'linmasiga qiyshaytirib yasashdir (bunga oid batafsil ma'lumot 10.5- bandda berilgan).
Yuqori garmonikalaming motor xossasiga zararli ta’sirini uni loyihalash jarayonida stator Z, va rotor Z2 pazlar sonini to‘g‘ri tanlash bilan ham kamaytirish mumkin. Bu pazlar nisbati Z2 < 1,25 (Z2±p) bo'lishi kerak.