J. S. Salimov, N. B. Pirmatov


Mexanik xarakteristikani katalog qiymatlari yordamida qurish



Download 3,86 Mb.
bet63/172
Sana26.02.2022
Hajmi3,86 Mb.
#471207
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   172
Bog'liq
ELEKTR3

Mexanik xarakteristikani katalog qiymatlari yordamida qurish.

  1. va (11.28) formulalarga asosan asinxron motoming elektromagnit momenti quyidagiga teng:



M = P't2 / (co,i) =m2-I22 r, / (co, .v) =
= m2 ■sE2 •/-,/[ cy ,(r22 +s2x^)]. (12.15)
Motor validagi mexanik yukning o‘zgarishi bilan magnit oqim o‘zgarmaydi, shu sababli E, ~ const deb hisoblash mumkirr. (12.8) formuladan topilgan momentdan sirpanish bo‘yicha birinchi hosila olgandan keyin, uni 0 ga tenglab (dM/ds= 0), kritik sirpanish skr ni topish mumkin, ya’ni skr= +r2/x2. U holda maksimal moment quyidagiga teng bo‘ladi:
Mn,ax =±m2E22 l(lco^x2). (12.16)
(12.15) ni (12.16) ga bo‘lib ixchamlashtirishdan keyin nisbiy birliklarda hisoblashga qulay bo'lgan quyidagi soddalashgan formulaga ega boMamiz:
M / Mraiiw 2 / (skr/s + s /s^). (12.17)
Bu formulani Kloss formulasi deyiladi va u ba'zan amaliyotda taxminiy hisoblar uchun qoMlaniladi.
(12.17) formula bo‘yicha hisoblashda aniqlik past boMadi, chunki stator chulg‘amidagi kuchlanish pasayishini hisobga olmaydi. Ammo asinxron motoming bitta rejimini tekshirishda, ya’ni sirpanishning kichik qiymatlarida (s = 0 dan skr gacha) magnit oqim juda kam o‘zgaradi va bu formula amaliyotda dastlabki tahlil uchun tezkor natijani beradi.
Asinxron motorning turg'un ishlash shartlari. Motor ishining turg‘unligi deb validagi mexanik yukning qisqa muddat ichida keskin oshishi va stator chulg‘amiga berilayotgan tarmoq kuchlanishi qiymatining kamayishida barqaror aylanish chastotasini tiklay olish qobiliyatiga aytiladi.
Mexanikadan maMumki, motor rotoriga qo‘yilgan momentlaming muvozanat tenglamasi quyidagicha yoziladi:
M = Ma — J dco / dt, (12.18)
bu yerda: M — motorning elektromagnit momenti; Msl=M0+M, — valdagi teskari ta’sir etuvchi statik moment; J dra/ dt — aylanuvchi massalar inersiyasi J va rotoming tezlanishi dco / dt larga bogMiq boMgan dinamik moment.
M = Msl boMganda rotor tezlanishi 0 ga teng:
dco / dt = (M — Msl)/ J = 0, (12.19)
ya’ni rotor barqaror chastotada aylanadi. Agar M > Mst boMsa, rotorning
12.4-rasm. Ba'zi bir ishlab chiqarish mexanizmlarining mexanik xarakteristikalari (a): I — yuk ko‘tarish mexanizjmlari (kran, lift); 2 — ventilatorlar, markazdan qochirma nasoslar; 3 — beton- qorgichlar, sharli tegirmonlar; 4 — tortish elektr yuritmasi; b — asinxron motor statik turg ‘unligini aniqlash uchun grafiklar.
aylanish chastotasi tezlashadi, M < Mst boMganda esa — sekinlashadi.
Turg‘unlik asinxron motor ishlayotgan konkret shartlardan bog‘liq bo‘ladi, xususan, motorning va u yuritayotgan ishlab chiqarish mexanizmlari mexanik xarakteristikalarining o‘zgarish shakliga bog‘liq bo‘ladi.
Aylanish chastotaning oshishi bilan yuk momenti Mst kamayadigan (12.4,6-rasmda, 2-mexanik xarakteristika) ishlab chiqarish mexanizmini yuritayotgan asinxron motorning ishini koTib chiqamiz. Bu holda M = Msi sharti A va B nuqtalarda aylanish chastotalari mos ravishda nA va nv bo'lganda bajariladi. Ammo B nuqtada motor turg‘un ishlay olmaydi, chunki yuk momenti Mst ozgina o'zgarganda aylanish chastotasi barqaror qiymatidan og‘ishi natijasida bu farqni oshiradigan ortiqcha sekinlashtiruvchi yoki tezlashtiruvchi moment ± (M — Mst) vujudga keladi. Masalan, tasodifan statik moment Msl oshganda motor rotorining aylanish chastotasi n kamayadi. Mashina 1-mexanik xarakteristika (Mmax- n0 qismi)ning “B” nuqtasida ishlaganida elektromagnit moment M ning kamayishiga, demak, M - Mst ayirmaning oshishiga olib keladi va, natijada rotorning sekinlashishi uning to‘la to'xtagunicha davom qiladi.
Agar statik moment Msl tasodifan kamaysa, rotorning aylanishi tezlashadi va elektromagnit moment yana oshadi. Bu jarayon mexanik xarakteristikasi (l)ning “A” nuqtasida M=Ma muvozanat hosil boMguna qadar shunday davom qiladi. Bu nuqtada rejim turg‘un bo'ladi, chunki bu holda tasodifan Mst oshsa va rotoming aylanish chastotasi n kamaysa motorning elektromagnit momenti M oshib, yuk momenti Mst ning yangi qiymatiga teng bo'lganda yana barqaror ishlaydi, lekin bunda aylanish chastota biroz kam bo‘ladi.

Shunday qilib, asinxron motor mexanik xarakteristikaning C — Mmax qismida ishlaganida ichki o‘z-o‘zini rostlash xossasiga ega bo‘lib, uning aylantiruvchi momenti M=Msl qonuni bo'yicha avtomatik rostlanadi (bunday rostlash statik rostlash sistemaga xos).
Asinxron motoming turg‘un ishlash shartlari quyidagilardan iborat:

  1. Agar rotorning aylanish chastotasi n ning oshishida statik moment Mst, momentning aylantiruvchi momenti M ga nisbatan sekin kamaysa, motorning ishi turg‘un bo‘ladi. Bu shart quyidagi tengsizlik ko‘rinishida ifodalanadi:

dM / dn < dMsl/ dn . (12.20)
Bu shart Mst = f (n) xarakteristikasi kamayuvchi bo'lgan barcha mexanizmlar uchun bajariladi, demak, sirpanish 0 < s < skr oraliqda o‘zgarganda asinxron motor turg'un ishlaydi. Lekin, shuni ta'kidlash lozimki, rotor chulg‘amidagi isroflar sirpanishga mutanosib boMadi, shu tufayli asinxron motorning iqtisod nuqtayi nazaridan normal ishi sirpanishning kam qiymatlarida boMishligidir.

  1. Amaliy jihatdan (12.20) shart zaruriy hisoblanib, lekin yetarli emas. Asinxron motorni ekspluatatsiya qilish jarayonida qisqa muddatli yuk momentining o'zgarishi faqat kichik boMmasdan, uning ish rejimida keskin o'zgaradigan katta qiymatli yuk momenti ham sodir boMib turadi. Bunday holda motorning sirpanishi skr dan kam boMib, lekin unga yaqin sirpanishda ishlayotganda tasodifan katta yuk qo‘yilsa, unda Mst > Mcm boMib uning to‘xtashiga olib keladi. Shuning uchun asinxron momentning maksimal momentini ayrim hollarda barbod qiluvchi (to‘ntaruvchi) moment deyiladi.

Katta ortiqcha yuklanishlarda motor ishining turg‘unligini nominal momentni MN < Mmax qilib tanlash bilan ta'minlanadi. Maksimal momentning karraligi yoki o‘ta yuklanish bilan ishlash qobiliyati kM = Mmax/ Ms standart tomonidan belgilanadi. Umumiy maqsadli asinxron motorlar uchun kM = 1,7^2,5 oraliqda boMadi.


  1. Download 3,86 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish