J. S. Salimov, N. B. Pirmatov


Normal ish davri salt ishlash bilan almashinib turadigan ish rejimi



Download 3,86 Mb.
bet163/172
Sana26.02.2022
Hajmi3,86 Mb.
#471207
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   172
Bog'liq
ELEKTR3

Normal ish davri salt ishlash bilan almashinib turadigan ish rejimi.
Mazkur rejimda EM ning yuklama bilan qisqa muddatli ish davrlari salt ishlash davrlari (pauzalar) bilan almashinib turadi.
Bu rejim yuklamaning nisbiy davomiyligi bilan xarakterlanadi.
PN (%)= (tish / s) • 100 = [t h/ (tish+ t0)] • 100, (34.29)
bu yerda t,hish vaqti; t0 — salt ishlash vaqti.
Bu kattalikning standart qiymatlari 15, 25,.40 va 60 % larni tashkil qiladi. Siklning davomiyligini 10 minutga teng, deb qabul qilinadi.

  1. Umumiy maqsadli elektr mashinalarini sovitish

EM larining sovitish sistemasi tabiiy va sun’iy xillarga bo‘linadi. Ularni sovitish uchun qanday modda qo‘llanilishiga ko‘ra ular havo,
387


vodorod, moy va suv bilan sovitiladigan EM lariga bodinadi. Sovitish usuliga ko‘ra ular quyidagilarga bo‘linadi:

  1. chetdan (bilvosita) sovitiiadigan (bunda sovituvchi gaz yoki suyuqlik chulg‘am o‘tkazgichlariga tegmaydi), bunday sovitilishga IP44 himoyalanish darajali EM lari misol bo‘la oladi;

  2. bevosita sovitiladigan (bunda sovituvchi gaz yoki suyuqlik EM ning qizigan aktiv qismlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri tegib sovitadi), bunday sovitilishga IP23 himoyalanish darajali EM lari kiradi.

Maxsus EM larida bug‘lanma sovitish sistemasi qo‘llaniladi, bunda suyuqlik EM ning issiqlik ajraladigan yuzalaridan bug‘lanadi.
EM ning gabaritlari (tashqi o‘lchamlari) sovitish sistemasini to‘g‘ri tanlashga bog'liqdir.
Keyingi yarim asr ichida bir xil gabaritlarda havo bilan sovitishdan bevosita suv bilan sovitishga o‘tish tufayli turbogeneratorlarning quwatini 10 marta oshirishga erishildi. Bu XX asrdagi eng buyuk yutuqlardan biridir. Sovitish sistemasini takomillashtirish tufayli quwat birligiga to‘g‘ri keladigan massaning kamayishi EM larining boshqa turlariga ham xos bo‘lgan yutuqdir.
Umumiy maqsadli EM larni sovitish uchun ko‘pchilik holda ularning qizigan qismlariga ventilator vositasida havoni majburiy haydab issiqlik atrof muhitga chiqariladi yoki havo sovitgichda sovitiladi.
Ventilator vositasida sovitiladigan EM lar o‘z-o‘zini sovitadigan va mustaqil sovitiladigan turlarga bo‘linadi. 0‘z-o‘zini sovitadigan turida ventilator valga o'rnatiladi yoki EM ning aylanuvchi qismida kurakchalar qo‘yilgan bo‘ladi.
Havo bilan mustaqil sovitilganda sovitish muhiti EM valiga mexanik ulanmagan maxsus qurilma vositasida mashina ichiga beriladi. Nominal aylanish chastotasi kam bo'lgan yirik yoki aylanish chastotasi keng ko‘lamda o‘zgartiriladigan EM larida mustaqil sovitish sistemasi qo‘llaniladi.
Agar sovituvchi havo oqimi EM sining ichidan o‘tkazilsa — ichki ventilatsiya (sovitish usuli — IC01), bunda mashina korpusida va podshipnik qalqonlarida havo kirish uchun teshiklar bo‘ladi (bajarilishi — IP22 va IP23), korpusining qovurg‘asimon yuzasiga tashqaridan berib sovitilganda — tashqi ventilatsiya deyiladi (bunda sovitilish usulining belgilanishi — IC0141, bajarilishi — IP44).
Ichiga havo oqimi kirmaydigan yopiq EM larida tashqi ventilatsiya ishlatiladi. Bu holda EM ning ichidagi havoni harakatga keltirib, ya’ni






  1. rasm. Ochiq va himoyalangan elektr mashinalarining tegishlicha aksial (a) va radial (b) ventilatsiya sistemalari sxemasi: 1 — ventilatsiya kanallar; 2 — sovitish havo oqimlari; 3ventilator.

aralashtirib turish uchun qo‘shimcha ichki ventilator o‘matiladi (34.3,6- rasm).
Sovituvchi gaz oqimlari harakatining EM ichidagi yo‘nalishiga bog‘liq holda radial va aksial ventilatsiyalarga bo‘linadi.
EM aylanish o‘qi bo‘yicha kanallardan o‘tib sovitilganda aksial ventiiatsiya bo‘lib (34.3,a-rasm), EM ning aylanish o‘qiga perpendikular yo'nalishda, ya’ni mashinaning radiusi bo'yicha joylashgan kanallar orqali sovitilganda esa radial ventilatsiya (34.3,6-rasm) bo‘ladi.
Radial ventilatsiya EM ning bir tekis sovishini ta'minlaydi. Lekin radial ventilatsion kanallarni bajarish EM ning konstruksiyasini murakkablashtirib, uning gabaritlarini va tannarxini oshiradi.
Aksial ventilatsion kanallarni konstruktiv ravishda bajarish radial kanallarga nisbatan oddiy, lekin u mashinaning bir tekis sovishini ta’minlay olmaydi, chunki sovituvchi gaz EM ning aylanish o‘qi bo‘yicha o‘tish jarayonida nisbatan qiziydi. Ayrim hollarda EM ni sovitishda radial va aksial ventilatsiyalarning ikkalasi ham ishlatiladi. '
0‘rtacha va katta quwatli EM larida mustaqil (majburiy) ventilatsiya sistemasi ishlatilib mashinaga sovituvchi gaz alohida yuritmali maxsus ventilator tomonidan beriladi (IC05 va IC37 sovitish usullari).
0‘z-o‘zini sovitish-ning aksial turida (mustaqil ventilatsiyada ham) ventilator vositasida EM ichiga haydalgan havo(yoki gaz) ventilatsion kanallardan o‘tib tashqariga chiqariladi (34.4,6-rasm).
Sovitishning boshqacha turida esa EM ga kiradigan havo (yoki gaz)ning temperaturasi sovitish muhitiniki bilan bir xil bo‘ladi. EM da qizigan havo ventilator yordamida tortib (so‘rib) olinadi va tashqariga






  1. rasm. Mashinada qizigan havoni so'rib kor-pusdan tashqariga chiqaruvchi (a) va sovituvchi havoni mashina ichiga haydovchi (b) venti/atsiya sistemalari: 1kiruvchi havo; 2 — chiquvchi havo; 3ventilator.

chiqariladi (34.4,a-rasm). Sovitishning bu turi oldingiga nisbatan afzalroq hisoblanadi.

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish