Sovitishda vodorodni qo‘llash. EM ni vodorod bilan sovitish havoga nisbatan ancha samaralidir, chunki uning atmosfera bosimidagi issiqlik o‘tkazuvchanligi 7,1 marta katta; bir xil tezlikdagi o‘rtacha issiqlik uzatish koeffitsienti 1,7 marta, havo bilan bir xil og‘irliqdagi vodorodni ishlatganda esa — 11,8 marta kattadir. Havoga nisbatan kam og‘irliqdagi vodorod ishlatilganligi tufayli aylanish chastotasi katta bo‘Igan yirik EM larining ventilatsion isroflari deyarli 10 marta kamayadi. Vodorodli sovitishda izolatsiyaning xizmat muddati oshadi, chunki bunda oksidlanish jarayoni bo‘lmaydi. Shu sababli quwati 25 000 kW va undan katta, aylanish chastotasi ham katta bo‘lgan o‘zgaruvchan tok mashinalarini sovitish uchun vodorod keng qo‘llaniladi.
Vodorodli sovitishda ventilatsiyaning yopiq sistemasi qo‘llanilib, uning bosimi atmosfera bosimidan biroz ko‘proq (1,05 atm) bo‘ladi. Ayrim hollarda sovitish jadalligini kuchaytirish uchun sovitish sistemasidagi vodorodning bosimini 3-^5 atm. ga oshiriladi (bu holda EM ning germetikligi kuchaytiriladi).
Chulg‘amlarni bevosita sovitish. Quwati 300^-500 MW va undan katta bo‘lgan EM larini vodorod bilan sovitiladigan ventilatsiyaning yopiq sistemasi ham yetarli bo‘lmas ekan. Shuning uchun bunday EM larida chulg‘am ichi kavak o‘tkazgichlardan tayyorlanadi va bu o‘tkazgichlarning ichidan birnecha atmosfera bosimda vodorod o‘tkazilib sovitiladi. Vodorodningo‘rniga distillangan (tuzdan tozalangan) suvni ishlatsa yana ham samarali bo ‘ladi.Ayrim EM larining rotorini
vodorod bilan, statorini esa suv bilan sovitiladi. Chulg'amga vodorod kompressor yordamida beriladi, suvni berish uchun esa nasoslar qo'llaniladi.
Chulg'amlarni bevosita o'tkazgichlar ichidan sovitishda izolatsiyada temperaturaning tushishi bo'lmaydi va tok zichligini keskin oshirish mumkin. Suv bilan bevosita sovitilganda EM quvvatining chegaralanishiga aktiv qismlarining qizishi emas, balki boshqa texnik va iqtisodiy ko'rsatkichlar sabab bo'ladi.
Sovitish usullari bo'yicha EM larining bajarilishi GOST 20459—87 tomonidan belgilanadi. Sovitish usullarining belgilanishi lotincha IC, ya’ni "International Cooling“— inglizcha so'zlaming bosh harflari orqali belgilanadi. Bu harflardan keyin yoziladigan raqamlar va harflar (A - havo, H - vodorod, N — azot, W — suv, V — transformator moyi va boshq.) sovitish sistemasini xarakterlaydi. Agar sovitish muhiti havo bo'lsa, unda harf tushirib qoldiriladi.
Masalan, ICOl — ventilatori valda o'matilgan o‘z-o‘zini ventilatsiya qiluvchi himoyalangan EM;
IC0141 — EM valida joylashtirilgan tashqi ventilator tomonidan
34.5-rasm. IP44 himo- yalanish darajali asinhron motorda sovitish muhitining harakatlanish sxemasi haydalgan havo oqimi bilan sovitiladigan yopiq mashina; ICW37A81 — havo bilan sovitiladigan (sovitgichidagi suvning sirkulyatsiyasi alohida nasos bilan yoki suv o'tkazgich tarmog'idan amalga oshiriladigan) va boshqalar.
Harxil tipli EM larining ventilatsion sistemalari. IP44 himoyalanish darajali, ichki va tashqi ventilatsion sistemalarga ega bo'lgan asinxron motorlar (34.5-rasm) keng qo'llanilmoqda. Ventilyatsiyaning tashqi sistemasi ochiq bo'lib, aksial yo'nalishda sovitiladi. Tashqi o'rnatilgan markazdan qochirma ventilator atrof muhitdan havoni so'rib kam quwatli mashinalarda korpusining qovurg'alararo kanallariga yoki katta
quwatli EM larda issiqlikni almashtirib beruvchi trubali qurilmaga yo£naltirilib, ulardan atrof muhitga yana chiqarib yuboriladi (34.5- rasm).
Kam quwatli EM larida ventilatsiyaning ichki sistemasi yopiq holda radial yo‘nalishda bo‘ladi. Ventilator sifatida rotorning qisqa tutashgan halqalaridagi qanotchalardan foydalaniladi.
IP23 himoyalanish darajali asinxron motorlar ventilatsiyaning radial sistemasiga ega.Ularda ventilator sifatida rotor kurakchalari xizmat qiladi.