Avtotraktor generatorlari.Oldin ta'kidlanganidek, elektr mashinalarida energiyaning o'zgarishi, magnit zanjirining magnit maydon energiyasi yig‘ilgan joyi — mashina havo oralig‘ida yuzaga keladi. Bunda magnit maydonining shakli asosan mashinaning energetik ko‘rsatkichlarini belgilaydi. Yig‘ilgan g‘altakli chulg‘amda mashina havo oralig'ida taxminan sinusoidal taqsimlangan magnit maydonni havo oralig‘iga maxsus shakl berish hisobiga uning magnit o‘tkazuvchanligini o‘zgartirish orqali erishish mumkin. Buning uchun rotorda joylashgan qutb uchligiga changalsimon shakl beriladi (26.2,a-rasm). Bunday shakldagi qutb uchliklar mashinaning o‘qi bo‘yicha joylashgan bitta qo‘zg‘atish g‘altagida havo oraliqda aksial (ya'ni shu o‘q bo‘yicha) yo'nalgan alohida qutblar oqimlarini radial yo‘nalishga o‘zgartirib, rotorning uncha katta bo‘lmagan diametrida sinxron generatorning ko‘p qutbli konstruksiyasini olishga imkon beradi.
Qutblarining kostruksiyasi changalsimon shaklga ega bo'lgan rotorli sinxron generatorlar avtomobil va traktoriarda keng qo‘llaniladi. Bu generator — ventil generatoridir (uning korpusida kremniy diodi asosida to‘g‘rilagich bloki joylashgan). Generator avtomobilda akkumulator batareyasi bilan parallel ishlab uni zaryadkalab turadi, shuning uchun uning chiqishidagi kuchlanish o‘zgarmas qiymatga ega bo‘lishi lozim.
26.2-rasm. G-250 tipli avtomobil generatori(a) (bunda: 1- changalsimon qutb uchligi; 2 — qo ‘zg ‘atish chulg'ami; 3 — vtulka; 4 — stator; 5 — stator chulg‘ami; 6 — korpus (podshipnik qalqoni); 7 — to‘g‘rilagich; 8 — kontakt halqa; 9 — cho'tka) va uning changalsimon qutb uchlikli rotori (b) (bunda: 1 - kontakt halqalar; 2 va —qo ‘shni changalsimon qutb uchliklari;
— qo ‘zg'atish chulg'ami; 5 — rotoming vali) a-rasmda changalsimon rotorli G-250 tipli avtomobilgeneratori ko‘rsatilgan. Bunda ikkita changalsimon qutb uchligi (/) o‘n ikki qutbli magnit sistemani vujudga keltiradi. Qo‘zg‘atish chulg'ami (2) vtulka (J)da joylashtiriladi. 18 ta pazli stator (4) yupqa elektrotexnik po‘lat listlaridan yig‘ilgan. Stator chulg‘ami (5) uch fazali bir qatlamli, bitta qutbga va har qaysi fazaga to‘g‘ri keladigan pazlar soni q = 0,5. Korpus (<5) (podshipnik qalqonlari) aluminiy qotishmasidan tayyorlangan. Uch fazali o'zgaruvchan kuchlanish to‘g‘rilagich (7) vositasida o‘zgarmasga aylantiriladi. 0‘zgarmas tok rotorda joylashgan qo‘zg‘atish chulg'amiga ikkita halqa (8) va ikkita cho'tka yordamida beriladi.
Changalsimon qutbli kontaktsiz sinxron generator. Agar yuqorida keltirilgan changalsimon qutbli mashinaning konstruksiyasini kontaksiz qilib, ya'ni qo‘zg‘atish chulg‘ami halqasimon ko‘rinishda statorda joylashtirilsa muhim ahamiyatli sifatga ega bo'ladi (26.3-rasm). Generatorning qo‘zg‘atish chulg'ami ikkita qo‘zg‘almas halqasimon g‘altak (/) podshipnik qalqonlari (5, 11) tokchasida joylashtirilgan. G'altaklarning toklari vujudga keltirgan magnit maydon kuch chiziqlari asosan quyidagi yo‘ldan, ya’ni: shimoliy qutblar (9) dan havo oralig'i orqali o‘tib yakor o‘zagi (J)ning tishlariga; yakor yarmosi va tishlari bo‘yicha yana bir marta havo oralig'i orqali o‘tib janubiy qutblar (8) magnit ga; janubiy qutblar yarmosi (7) bo‘yicha; yarmo (7) va qalqon (5) orasidagi havo oraliq orqali o‘tib; qalqon (5), stanina (4)va chap
tomonidagi qalqon (//) lar bo'yicha; qalqon (//) va shimoliy qutblar yarmosi (10) orasidagi havo oralig‘idan hamda yarmo (10) bo'yicha yana shimoliy qutblarga o‘tib berk zanjir hosil qiladi. Qo‘zg‘atish maydoni qisman tarqalib yakor chulg‘ami bilan ilashadi. Val (6) qutblarning yarmolari (7, 10)va qutblari (8, 9) bilan aylanganda yakor chulg'ami bilan oqim ilashish davriy ravishda o'zgarib unda EYK hosil bo‘ladi.
rasm. Rotori changalimon qutblardan iborat bo ‘Igan kontaksiz sinxron generator, bunda: 1 — halqasimon qo‘zg‘a- tish g ‘altaklari; 2 — yakor chul- g‘ami; 3 — yakorning magnit o‘tkazgichi; 4 — stanina (tana gardishi); 5, 11 — podshipnik qalqonlari; 6 — val; 7, 10 — janubiy va shimoliy qutblaming yarmosi; 8,9— janubiy va shimoliy qutblar.
24-rasmda ko‘rsatilgan changalsimon qutbli kontaksiz sinxron generator konstruksiyasi 23-rasmdagi bilan shu bilan farq qiladiki, uning rotorida kontakt halqa yo‘q, chunki qo‘zg‘atish chulg'ami statorda joylashtirilgan.
Mashinadan og‘ir sharoitlarda uzoq muddatda ishlatishda yuqori ishonchlilik talab qilinganda kontaksiz sinxron generatorlar qo ‘llaniladi. Quwati 10 kW va undan katta quwatli bunday generatorlar, masalan, temiryoj vagonlari elektr ta’minoti sistemasi uchun qoMlaniladi.
Avtomatika qurilmalarida ishlatiladigan sinxron motorlarning ayrim turlari