Yaponiyada 1949 yil maxsulot sifati muammosini o’rganish bo’yicha Yaponiya olimlari va muxandislari ittifoqida maxsus gurux tuzilgan. 60-yillarning oxirida mamlakatda ishlab chiqarishda sifatni nazorat qilish to’liq xajmda joriy etildi.
Nazorat uchun savollar
ISO muvofiqlikning qanday ko’rinishini o’rnatadi?
Muvofiqlik sertifikati nima?
3.Sertifikatlashning qanday sistemalarini bilasiz?
4.Sertifikatsiyalash ishlarini amalga oshirish uchun nimalar asos bo’lib xizmat qiladi?
5. Standartlash bo’yicha milliy tashkilotlar qanday vazifalarni amalga oshiradi?
6.Sertifikatsiyalash tartibi qanday asosiy tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Sertifikatlashning tashqi savdo xolatiga ta’siri.
Sertifikatsiyaning asosiy maqsadi nima?
Bosh nazoratchining asosiy majburiyatlari nimalardan iborat?
Milliy sertifikatsiyalash nima maqsadda va qaysi davlatlarda nechanchi yillardan boshlab tuzildi?
mavzu.O’zbekistonda standartlashtirish ob’ektlariga qo’yiladigan talablar va
tovarlarni shtrixli kodlash.
O’zbekistonda standartlashtirish ob’ektlariga nisbatan qo’yiladigan talablar.
Xizmatlarni standartlashtirish
Mahsulot standartlashtirish hamda sertifikatlash va ularning kontrafakt mahsulot bilan kurashishdagi roli
SHtrixli kodlash
Standartlashtirish va ekologiya
8.1.O’zbekistonda standartlashtirish ob’ektlariga nisbatan
qo’yiladigan talablar
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash ko’p qirrali tijorat faoliyatining muhim jihati sanalgan mahsulot, ishlar va xizmatlar sifatini ta’minlash vositalari hisoblanadi.
Standart - bu ular bilan boshqa shunga o’xshash ob’ektlarni taqqoslash uchun asos sifatida qabul qilinadigan namuna, etalon, modelb. Normativ-texnik hujjat sifatida standart normalar, qoidalar va standartlashtirish ob’ektiga nisbatan qo’yiladigan talablar majmuini belgilaydi va vakolatli organ tomonidan tasdiq lanadi.
Standart moddiy buyumlar (mahsulot, etalonlar, moddalar namunalari), normalar, qoidalar va turli talablar uchun ishlab chiqiladi.
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish ob’ektlariga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilab beruvchi normativ-texnik hujjatlarning quyidagi toifalari belgilangan:
davlat standartlari (GOST);
tarmoq standartlari (TST);
respublikastandartlari (RST);
korxonalar standartlari (KST);
jamoat birlashmalari standartlari (JST);
texnik shartlar (TSH);
xalqaro standartlar (ISO/MEK)
mintaqaviy standartlar;
davlatlararo standartlar;
milliy standartlar.
Davlat standartlari (GOST) tarmoqlararo talab etiladigan mahsulot, ishlar va xizmatlar uchun ishlab chiqiladi. Ushbu toifa standartlarini O’zR Davstandarti qabul qiladi. Standartlarda majburiy talablar ham, tavsiyaviy talablar ham o’z aksini topadi.
Tarmoq standartlari(TST) muayyan tarmoq mahsulotlariga nisbatan ishlab chiqiladi. Ularning talablari davlat standartlarining majburiy talablariga, shuningdek tarmoq uchun belgilangan xavfsizlik qoidalari va normalariga zid kelmasligi. Bunday standartlarnitarmoqstandartlarining O’zR GOSTtalablariga mos kelishi uchun javobgar bo’lgan davlat boshqaruvi organlari (masalan, vazirliklar)qabul qiladi.
Respublikastandartlari(RST) Davstandart va mahsulotning biriktirilgan guruhlari bo’yicha tegishli yetakchi vazirliklar va idoralarning bilan korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning alohida turlari uchun belgilanadi.
RST respublika hududida joylashgan, ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi barcha korxonalar uchun majburiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |