J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «sifat menejmenti» fanidan



Download 9,72 Mb.
bet42/219
Sana30.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#197758
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   219
Bog'liq
2 5190768706531101516

Korxonalar standartlari(KST) korxonalarning o’zlari tomonidan ishlab chiqilib, qabul qilinadi.

Jamoat birlashmalari standartlari(ilmiy-texnikaviy jamiyatlar, muhandislik jamiyatlari va b.). Ushbu normativhujjatlar mahsulot, jarayonlar yoki xizmatlarning printsipial yangi turlari; sinovlar o’tkazshning ilg’or usullari hamda ishlab chiqarishni boshqarishning noan’anaviy texnologiyalari va usullari uchun ishlab chiqiladi.

Standartlashtirish qoidalari(Q)vastandartlashtirish yuzasidan tavsiyalar(T) o’z

xususiyatiga ko’ra uslubiy mazmundagi hujjatlarga mos keladi. Ular hujjatlar normalarini muvofiqlashtirish, qabul qilingan tarmoqlar, jamoat va boshqa tashkilotlar standartlari to’g’risidagi axborotni O’zR Davstandartigataqdim etish,korxonada standartlashtirish xizmatini tashkil etish tartibiga, GOST majburiy talablariga amal qilinishi ustidan davlat nazoratini o’tkazish qoidalariga va tashkiliy xususdagi boshqa masalalargataalluqli bo’lishi mumkin.



Texnik shartlar (TSH) korxonalar va xo’jalik faoliyatining boshqa sub’ektlari tomonidan standartni yaratish maqsadga muvofiq bo’lmagan hollarda ishlab chiqiladi. Bir marta yetkazib beriladigan, kichik partiyalarda ishlab chiqiladigan mahsulot hamda baddiy hunarmandchilik asarlari TSH ob’ekti bo’lishi mumkin.

Xalqaro standartlar(ISO/MEK) xalqaro standartlashtirish tashkilotlari tomonidan savdodagi texnik to’siqlarni olib tashlash, ya’ni mahsulot, xizmatlarga nisbatan qo’yiladigan talablarni xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish uchun ishlab chiqiladi.

Agar standart xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirilgan bo’lsa, u bo’yicha mahsulotnisertifikatlash mumkin.

Mintaqaviy standartlar mintaqaviy standartlashtirish organlari tomonidan ishlab chiqiladi. Masalan, YeOKK (Evropa sifatni nazorat qilish tashkiloti) ana shunday tashkilot hisoblanadi.

Milliy standartlar milliy standartlashtirish organlari, masalan, O’zR Davstandartitomonidan ishlab chiqiladi. Milliy standartlar faqat O’zR hududida amal qiladi.

Davlatlararo standartlarMDHga a’zo bo’lgan mamlakatlar uchun majburiy.

Standartlar turlari.

Standartlarning quyidagi turlari mavjud:


  • asosiy standartlar;

  • mahsulot uchun standartlar;

  • ishlar va jarayonlar uchun standartlar;

  • sinovlar o’tkazish, nazorat qilish, tahlil qilish usullari uchun standartlar;

  • texnik shartlar.

Asosiy standartlar,o’z navbatida, quyidagi turlarga bo’linadi:

  • umumiy texnikaviy standartlar;

  • tashkiliy-uslubiy standartlar.

Sifatni aniqlash, belgilash atamalari, sifat ko’rsatkichlarinomenklaturasini reglamentlovchi umumiy texnikaviy standartlar standartlashtirishob’ektining axborot nuqtai nazaridan mosligini, uning bir xil ma’noda tushunilishini ta’minlash funktsiyasini bajaradi.

Mahsulot uchun standartlarmahsulotga nisbatan qo’yiladigan talablarni reglamentlaydi va quyidagi turlarga bo’linadi:

  • umumiy texnik talablar standartlari;

  • umumiy texnik shartlar standartlari;

  • texnik shartlar standartlari.

Umumiy texnik talablar va umumiy shartlar standartlarimahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, iste’mol qilish va uning muomalada bo’lishi (undan foydalanish) bo’yicha bir xil mahsulotlar guruhiga nisbatan qo’yiladigan har tomonlama talablar belgilaydi.

Mahsulot parametrlari va (yoki) o’lchamlari, xillari, markalari, sortamenti, konstruktsiyasini reglamentlovchi standartlar mahsulotning unifikatsiyasini va bir-birining o’rnini bosa olishnita’minlovchi xil-o’lcham va parametr qatorlariga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilaydi.



Texnik shartlar standartlaribir xil mahsulotlar guruhiga nisbatan emas, balki muayyan ishlab chiqariladigan mahsulotga nisbatan qo’yiladigan talablarni reglamentlaydi.

Ishlar va jarayonlar uchun standartlar turli xildagi ishlar va jarayonlarni o’tkazish qoidalarini belgilaydi. Ularning asosiy talabi ushbu ishlar (jarayonlar)ni amalga oshirishda inson hayoti, salomatligi va mol-mulkining xavfsizliginita'minlashdan iborat.

Sinovlar o’tkazish, nazorat qilish, tahlil qilish usullari uchun standartlarsinovlar o’tkazish usullariga, ilmiy-tadqiqot ishlarini o'tkazishga, mahsulotni sertifikatlash chog'idagi sinovlarga nisbatan qo’yiladigan talablarni reglamentlaydi.

Texnik shartlar - bu tarmoqqa bo’ysungan normativ hujjat bo’lib, ushbu mahsulot uchun GOSTni joriy etishda vaqtinchalik ahamiyatga ega.

  1. Xizmatlarni standartlashtirish

Standartlashtirish iste’molchilar huquq va manfaatlarining davlat tomonidan himoyalanishini amalga oshirish yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Xizmatlar sifati e'lon qilingan xizmat ko’rsatish sinfi uchun belgilangan standartlar, ko’rsatkichlar,talablarga mos kelishni tekshirish orqali tasdiqlanadi. Bunda hamma vaqt xavfsizlik eng asosiy talab hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to’g’risida"gi Qonuniga muvofiq, standartlashtirish - bu:



  1. mahsulot, ishlar va xizmatlarning atrof muhit, inson hayoti, salomatligi, mol-mulki uchun xavfsizligini;

  2. fan, texnika va texnologiyaning rivojlanish darajasiga muvofiq mahsulot, ishlar va xizmatlar sifatini;

v) o'lchovlarning yagonaligini;


Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish