J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «sifat menejmenti» fanidan


yildan boshlab Frantsiya xukumati 18 ta milliy tashkilotni sertifikatsiyalash bo’yicha vakolatli tashkilot deb tan oldi. Ularning ichida AFNOR muxim o’rin tutadi



Download 9,72 Mb.
bet40/219
Sana30.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#197758
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   219
Bog'liq
2 5190768706531101516

1981 yildan boshlab Frantsiya xukumati 18 ta milliy tashkilotni sertifikatsiyalash bo’yicha vakolatli tashkilot deb tan oldi. Ularning ichida AFNOR muxim o’rin tutadi.

Germaniyada 1920 yil Nemis standarti instituti (DIN) tomonidan muvofiqlik belgisi joriy etildi. U namunalarni sinovdan o’tkazishning maxsus tartibiga ega bo’lgan bir necha turdagi maxsulotlar, gaz uskunalari, suv ta’minoti uskunalaridan tashqari barcha maxsulotlar turiga tarqatildi.

Standartlarga muvofiqlik sertifikatsiyasi sistemasi DIN 110dan ortiq maxsulotlar guruxini tanlab olgan. U orqali 15000 dan ortiq litsenziya DG-WK belgisi bilan chiqarishga berilgan. Ushbu sertifikatsiyalash sistemasida chet el ta’minotchilari xam amaldagi qoidalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni qabul qilsalar ishtirok etishlari mumkin.

Germaniyada, shuningdek, ayrim maxsulotlar turlari bo’yicha setifikatsiyalash sistemalari xam mavjud, masalan, elektrotexnika va elektron asboblar bo’yicha. Ular Nemis elektrotexnika assotsiatsiyasi (VDE) tomonidan amalga oshiriladi. VDE DIN bilan bmrgalikdagi Kelishuv asosida elektrotexnika, elektronika va aloqa soxasidagi milliy standartlarni ishlab chiqaradi.

Umuman, Germaniyada juda ko’p sertifikatsiyalash sistemalari o’z-o’zini sertifikatsiyalash, uchinchi tomon orqali 4-chi va 5-sertifikatsiyalash sistemalari chegarasida faoliyat olib boradi.

Buyuk Britaniyada boshqa rivojlangan mamalakatlardagi singari bir necha milliy sertifikatsiyalash sistemalari faoliyat olib boradilar. Ulardan eng yirigi Britaniya standartlar instituti (BSI) tomonidan tuzilgan sistema xisoblanadi. U milily standartlarga muvofiqlikning maxsus belgisiga ega.

Ko’rsatilgan sistemalar chegarasida sertifikatsiyalash bo’yicha ishlarni sifatni ta’minlash bo’yicha boshqarma BSI QUAD amalga oshiradi. Sertifikatsiyalash ishlarini amalga oshirish tartibi xuddi Frantsiya va Germaniyadagi kabi.

Korxonalarning BSI ni xabardor qilmay turib, maxsulotni o’zgartirishga xaqqi yo’q. Maxsulotga kiritilgan o’zgarishlar sinovlar o’tkazib, o’zgartirilgan maxsulotning standartlarga javob berishi tasdiqlangach QUAD tomonidan tan olinadi. Litsenziya bir yil muddatga beriladi. Muddat tugagach, uni o’zgartirish kerak.

Britaniya sistemasi 250 ta milliy standartni o’z ichiga oladi. Milliy va chet el firmalariga mingdan ortiq litsenziyalar berilgan.

BSI muntazam ravishda sertifikatsiyalanadigan maxsulotlarga ko’rsatkich, shuningdek xaridorlar uchun boshqaruv ma’lumotlarini nashr qiladi, xar bir milliy standart bo’yicha berilgan sertifikatlar xaqida ma’lumotlar beradi.

Amerika Qo’shma SHtatlaridaboshqa Farbiy Yevropa davlatlaridan farqli ravishda yagona sertifikatsiyalash qoidalari yoki sertifikatlash bo’yicha yagona tashkilot yo’q. Turli ishab chiqaruvchilarning assotsiatsiyalari va xususiy kompaniyalarida yuzlab sistemalar faoliyat ko’rsatadi. Analogik xolatni standartlashtirish bo’yicha xam ko’rishimiz mumkin. Standartlarni turli statusga ega bo’lgan yuzlab tashkilotlar ishlab chiqadilar. SHuning uchun xam amaldagi sertifikatsiyalash sistemalari uchun umumiy kriteriy yaratish uchun xarakat qilinmoqda. SHu maqsadda sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyalash milliy sistemasi tuzilgan va sertifikatsiyalash sistemalarini ro’yxatga olish sistemasi yaratilmoqda.

AQSH da sertifikatsiyalashtirish milliy, shuningdek xalqaro darajada maxsulotning sifatiga kafolat bo’lib xizmat qiladi. Sertifikatsiyalashtirishning zaruriyligi ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatini yuqori darajada bo’lishini ta’minlashga, raqobatbardoshligini oshirishga qaratilganligi bilan asoslanadi.

AQSHda milliy sug’urta kompaniyasi, Amerikaning gaz sanoati korxonalarining laboratoriyalari, Nebraska shtatidagi qishloq xo’jalik texnikasining sinov markazini sertifikatsiyalash sistemalari katta nufuzga ega. SHu bilan birga 2000 dan ortiq sinov laboratoriyalari keng assortimentdagi maxsulotning standartlariga muvofiqligini sinovdan o’tkazish bo’yicha o’z xizmatlarini taklif etadilar.

Sertifikatsiyalash ishlari Amerika standartlari instituti ishlab chiqqan standartlar asosida amalga oshiriladi. Xalqaro standartlar va boshqa davlatlarning standartlari AQSH me’yoriy xujjatlari shartlarini xisobga olmay turib, sertifikatsiya ishlarini amalga oshirish uchun qabul qilinmaydi, ya’ni import qilinayotgan maxsulot ma’lum ma’noda diskriminatsiya qilinadi.




Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish