O'zbekiston davlat mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati



Download 17.19 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi17.19 Kb.

Aim.uz

O'zbekiston davlat mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati

SSSR tanazzulga uchragach, O'zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini to'la o'z qo'liga olishga kirishdi.1991— yil 25-avgustda O'zbekiston Prezidentining farmoni e'lon qilindi. Farmonga binoan, Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi Qo'mitasi O'zbekiston SSRning qonuniy tasarmfiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo'shinlari bevosita O'zbekiston Prezidentiga bo'ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik Qo'mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo'sbinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo'shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi.

O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosa-tiga juda qisqa muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to'g'risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991— yil 26-avgust kuni O'zbekistonning davlat mustaqilligi to'g'risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31-avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini cha-qirishga qaror qildi.

1991— yil 28-avgust kuni O'zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo'shma plenumi bo'lib o'tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning SSSRda 19-21-avgust kunlari sodir bo'lgan fojiali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to'g'risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to'xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o'z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.

1991— yil 31-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada O'zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so'zlab, sobiq Ittifoqda so'ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to'ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O'zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi va uni mustaqillik to'g'risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi.

Sessiyada "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash Bayonoti" qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi:

"Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O'zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat - O'zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qiladi".

Oliy Kengash sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida" qaror qabul qilindi.



Mazkur qarorda:

1) respublikaning davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va resrublika bundan buyon O'zbekiston Respublikasi deb atalsin;

2) 1-sentabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991— yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilinsin, deb qat'iy belgilab qo'yildi.

Oliy Kengash sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan iborat bo'lib, O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda:

• O'zbekiston Respublikasi o'z tarkibidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir;

• O'zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o'z hokimiyatini ham bevosita, ham vakOlik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi;

• O'zbekiston Respublikasi to'la davlat hokimiyatiga ega, o'zining milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va bosh-qaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi daxlsiz va bo'linmas bo'lib, uning xalqi o'z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o'zgartirilishi mumkin emas;

• Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o'rmon-lar, o'simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respub-likaning ma'naviy boyliklari O'zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb qonunlashtirilib, belgilab qo'yildi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991— yil 30-sentabr kuni "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O'zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g(risida"gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo'yildi.

Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro'yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat -O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi.

O'zbek xalqi tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida chinakam tarixiy ahamiyatga molik bo'lgan voqea sodir bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e'lon qilingan paytda 21,5 mln kishini tashkil etardi. 2004— yil boshlariga kelib aholi soni 25 mln.dan ortdi.

Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intilish

O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991— yil noyabrda bo'lgan VIII sessiyasi Davlat mustaqilligi masalasi bo'yicha referendum o'tkazish haqidagi masalani ko'rib chiqdi. Oliy Kengashning mazkur sessiyasida 1991— yil 29-dekabr, yakshanba kuni O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risida referendum hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazish to'g'risida qarorlar qabul qilindi. Referendumda ovoz berish bulleteniga masala quyidagicha kiritildi: "O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasining Davlat mus-taqilligini ma'qullaysizmi?". Shuningdek, "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida" Qonun qabul qilindi.

1991— yil 29-dekabr kuni umumxalq referendumi bo'lib o'tdi. Referendumda 9.898707 kishi yoki saylov ro'yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlaming 98,2 foizi O'zbekiston Respublikasi mustaqiJligini ma'qullaymiz, deb ovoz berdi.

O'zbekiston Davlat mustaqilligining e'lon qilinishi, uning butun tarixiy taraqqiyoti natijalaridan kelib chiqadigan obyektiv va qonuniy hodisadir.

Respublika xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotli va qat'iyatliligi, uzoqni ko'ra bilishi natijasida uning davlat mustaqil-ligiga erishuvi.

Islom Karimov O'zbekistonning birinchi Prezidenti

Tinch, Demokratik, Parlament yo'Ii bilan Ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi.

1991— yil 29-dekabr kuni muqobillik asosida O'zbekiston Respublikasi Prezi-denti saylovi ham bo'lib o'tdi. Prezident -likka nomzod Islom Abdug'aniyevich Karimov uchun 8.514136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlaming 86 foizi ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlarini ko'rib chiqib, I.A.Karimovni 1991— yil 29-dekabrdan O'zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga saylangan, deb hisoblashga qaror qildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992— yil yanvarda bo'lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida Prezident Islom Karimov qasamyod qildi: "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozirnini bajarishga kirishar ekanmarr, respublikamiz xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat'iy rioya etishga, zimmamga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman". Islom Karimov O'zbekiston Respublikasining umumxalq tomonidan saylangan birinchi Prezidentidir.




Aim.uz


Каталог: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa