164
tuzilmalashtirilgan muammoda muhim bo‘lgan o‘ziga xoslik mavjud:
uning
yagona echimi, har xil tartibdagi
baholash tizimlari
asosida qurilishidadir.
Tuzilmani to‘liq tuzilmalashtirilmagan muammoga kiritish uchun hech
bo‘lmaganda, quyidagi asosiy
talablarni
bajarish kerak:
1. Muammoni echish jarayoni oqim (ketma-ketligi yoki tuzilmasi, jarayoni)
diagrammalarini echimlarining qat’iy nuqtasini ko‘rsatish yordamida tasvirlanishi
kerak.
2. Qat’iy echimlarni topish jarayoni bosqichlari qismlarigacha izohlanishi
mumkin.
3. Asosiy muqobillar va ularni ishlabchiqish
usullari namoyish qilina
olinishi kerak.
4. Har bir muqobil uchun qilingan taxminlar aniqlangan bo‘lishi kerak.
5. Har bir muqobil to‘g‘risida fikrni olib chiqishga ko‘maklashuvchi mezon
to‘liq aniqlangan bo‘lishi kerak.
6. Ma’lumotlarni mayda qismlarigacha namoyish qilish, ma’lumotlar va
jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar yordamida ma’lumotlar baholanganligi
har qanday echimning qismi bo‘lishi kerak.
7. Qabul qilinmagan echimlarni chiqarib tashlanganlik sabablarini
tushuntirib berish uchun kerak bo‘lgan muhim muqobil echimlar va dalillar
namoyish qilinishi kerak.
Ta’kidlash kerakki,
bu talablar muhimligi, ifodalashning aniqligi yoki
to‘liqligi va ob’ektivligi darajasi bo‘yicha bir-biri bilan teng emas. Har bir talab
mustaqil qimmatga ega.
Muammoni yozma ravishda izoh qilish va uning echimlari so‘zlarni yanada
to‘g‘ri qo‘llashga olib kelishi mumkin.
Tadqiqot jarayonlarini hujjatlashtirish va uning natijalari to‘g‘risida hisobot
tayyorlash muammoda tuzilmani kuchaytirib ayrim hollarda ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Biroq hamma echimlar ham yozma shaklga ega emas va faqat nisbatan
ko‘p bo‘lmagan ko‘p qamrovli echimlar formal ravishda hujjatlashtirilgan bo‘lishi
mumkin.
165
YOzma hujjatlarga xos bo‘lgan kamchiliklar – bular ko‘p so‘zlilik,
so‘zlardan semantik tarzda foydalanish, takliflar tuzilmasining mo‘rtliligi va
tasavvo‘rning to‘liq emasligi.
Umuman, TT metodikasi qaror qabul qiluvchi shaxsda boshlang‘ich
bosqichda muammoli vaziyat to‘g‘risida uni formal ko‘rinishda
tasavvur qilish
uslubini tanlashga, matematik modelni shakllantirishga yoki modellashtirishga
nisbatan o‘zida miqdorli va sifatli usullarni mujassamlashtiruvchi yangi
yondashuvlardan birini qo‘llashga imkon beruvchi etarli ma’lumotlarning yo‘qligi
holatlarida ishlab chiqiladi va qo‘llaniladi. Bunday sharoitlarda ob’ektlarni
tizim
ko‘rinishida tasavvur qilishga modellashtirishning har xil uslublaridan foydalangan
holda qaror qabul qilish jarayonini tashkillashtirish yordam berishi mumkin.
Bunday jarayonni tashkillashtirish uchun bosqichlar ketma-ketligini aniqlash,
ushbu bosqichlarni bajarish uchun tegishli uslublarni taklif qilish hamda kerak
bo‘lganda oldingi bosqichga qaytish zaruriyatini nazarga olib qo‘yish kerak.
Muayyan tarzda ajratib olingan va tartibga solingan bosqichlarni,
taklif qilingan
yoki usullar bilan ularni bajarishning bu kabi ketma-ketligi TT metodikasini o‘zida
mujassam etadi.
SHunday qilib, TT metodikasi murakkab muammoli vaziyatlarda qaror
qabul qilish jarayonini tashkillashtirish uchun ishlab chiqiladi. U tahlilning
to‘liqligini asoslanishi kerakligiga, qaror qabul qilish
modelini shakllantirishga,
ko‘rilayotgan jarayon yoki ob’ekt to‘g‘ri aks etayotganiga yo‘naltirilgan bo‘lishi
kerak.
TT metodikasining asosiy o‘ziga xosligi ularda formal uslublar va
formallashmagan
ma’nolarning
uyg‘unlashganligi
hisoblanadi.
Oxirgisi
muammoning hal qilinishini formal modelda bo‘lmagan yangi yo‘llarini topishga
va shu tarzda qaror qabul qilish modelini va jarayonini to‘xtovsiz rivojlantirishga
yordam beradi, biroq u bir vaqtning o‘zida ayrim
hollarda echilishi mushkul
bo‘lgan qarama-qarshiliklarning, paradokslarning manbai ham bo‘lishi mumkin.
SHuning uchun, TT bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish borgan sari ko‘proq amaliy
dialektika uslubiyatiga asoslanmoqda.
166
SHu o‘rinda qayd etish kerakki, TT bo‘yicha qo‘llanma bo‘la
oladigan
universal metodikaning o‘zi yo‘q. Bu kabi metodika tadqiqotchida tizimni tadqiq
qilish jarayonini formallashtirishga, xosil bo‘lgan muammoni aniqlashga va hal
qilishga ko‘maklashuvchi tizim to‘g‘risidagi ma’lumotlarning etarli bo‘lmagan
sharoitda ishlab chiqilib tadbiq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: