111
bo‘lib bular jarayonida umuman ob’ektlarni (yoki tizimning katta qismlarini)
takroran sinovdan o‘tkazish oqibatida ushbu ob’ektlarning sifat xossalari,
ishonchliligi to‘g‘risidagi umumiy qonuniyatlar aniqlanadi. Maxsus tashkil
qilingan sinovlar bilan bir qatorda ishlab chiqarish chog‘ida
jamlangan tajribani
umumlashtirish yo‘li bilan tabiiy modellashtirishni amalga oshirish, ya’ni ishlab
chiqarish tajribasi to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Bu erda o‘xshashlik nazariyasi
asosida ishlab chiqarish jarayoni bo‘yicha statistik materialga
ishlov beriladi va
umumlashgan xossalar qo‘lga kiritiladi. Tajribani jarayonning aniq kechishidan
farq qilishini yodda tutish zarur. Bu farq shundan iboratki, tajriba o‘tkazishda
ayrim inqirozli vaziyatlar yuzaga kelishi va jarayong
barqarorligi chegaralari
aniqlanishi mumkin. Tajriba o‘tkazish chog‘ida ob’ektning faoliyat ko‘rsatish
jarayoniga yangi omillar va qo‘zg‘atuvchi ta’sirlar kiritiladi.
Aniq modellashtirishning boshqa bir ko‘rinishi jismoniy modellashtirish
bo‘lib u tadqiqotlar hodisalarning tabiatini saqlab qoladigan va jismoniy
o‘xshashlikka ega bo‘lgan qurilmalarda amalga
oshirilishi bilan tabiiy
modellashtirishdan farq qiladi. Tabiiy modellashtirish jarayonida tashqi muhitning
ayrim xossalari beriladi va yo aniq ob’ektning, yohud uning tashqi muhitning
berilgan yoki sun’iy yaratiladigan modeli xatti-harakati tadqiq qilinadi.Tabiiy
modellashtirish vaqtning aniq va modellashtirilgan (qalbaki aniq) ko‘lamlarida
kechishi yoki vaqt hisobga olmagan tarzda ko‘rib chiqilishi mumkin. So‘nggi
holatda vaqtning qandaydir oralig‘ida “muzlatilgan” deb ataluvchi jarayonlar
o‘rganib chiqilishi zarur.
Model va modellashtirish qaror qabul qilish
jarayonida juda muhim rol
uynaydi. Amaliyotda boshqaruvda foydalanilayotgan juda ko‘p modellar
murakabdir, lekin modellashtirish mazmuni judda sodda. Modellashtirish ishlab
chiqarish jarayoni bulib, ma’lum bir modelning qo‘llanilishi tushuniladi.
Iqtisodiyotda va boshqaruvda modellashtirishni qo‘llanilishiga sabab, bir
tomondan iqtisodiy xarakterdagi tajribalarni o‘tkazish
narxi juda qimmatligi yoki
o‘zini qoplamaydi, va boshqa tomondan turli vaqt momentlarida iqtisodiy, siyosiy,
112
ijtimoiy va boshqa sohalarda muammoli vaziyatlarni holatlari qaytarib
bo‘lmasiligidadir.
Model atamasiga turli mualliflar tomonidan berilgan ta’riflarga ko‘ra,
iqtisodiy matematik model haqiqatga yaqin, modellashtirilayotgan
obektning
bog‘lanishlari va xususiyatlarini aks etishi kerak.
Model qo‘yidagi talablarga javob berishi kerak:
1) Boshqaruv ob’ekti xususiyatari va strukturasiga mos bo‘lishi;
2)Modelning qaror vabul qiluvchi shaxsning talablariga va boshqaruvda
axborot
kommunikatsiya
texnologiyalaridan
foydalanish
ko‘nikmalariga
moslashtirilganligi;
3)Model asosida o‘tkaziluvchi modellashtirish metodlari va tajribalarini
o‘tkazish talablari va imkoniyatlariga mosligi;
4) Echilayotgan boshqaruv masalasi talablariga mosligi.
Iqtisodiy matematik model aniq bir strukturaga ega bo‘lib,
asosiy
elementlari qo‘yidagilar:
1) qaror qabul qilish holati;
2) qaror qabul qilish vaqti;
3) echim uchun zarur resurslar;
4) qaror qabul qiluvchi shaxs yoki tashkilotning resurslari;
5) boshqariluvchi omillar tizimi;
6) boshqarib bo‘lmaydigan omillar tizimi;
7)boshqariluvchi va boshqarib bo‘lmaydigan omillar o‘rtasidagi bog‘lanishlar
tizimi;
8) alternativ echimlar tizimi;
9)qabul qilingan qarorlarni baholash uchun parametrlar tizimi (baholash
tizimi).
3.
Do'stlaringiz bilan baham: