J., Barakayev N. R. Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/184
Sana03.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#481006
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   184
Bog'liq
tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari (1)

“Delfi” uslubi
ekspertlar bahosi uslubi hisoblanadi. O‘ziga xosligi: 
sirtdanligi, ko‘p pog‘onaliligi, anonimligi.
 


230 
Bu uslubning mohiyati shundaki, ketma-ket harakatlar seriyasi – so‘rovlar, 
intervyu, aqliy hujumlar – yordamida to‘g‘ri qarorni aniqlashda maksimal 
konsensusga erishish mumkin. Delfi uslubi yordamida tahlil qilish bir nechta 
bosqichlarda o‘tkazilib, ularning natijasi statistik uslublar bilan qayta ishlanadi. 
Uslubning asosiy tamoyili shundaki, muayyan hajmdagi mustaqil ekspertlar 
(ko‘pincha mustaqil va bir-birini tanimaydigan) tuzilmalashtirilgan shaxslar 
guruhiga (jamoasiga) nisbatan natijani yaxshi baholaydi va prognoz qiladi. 
Ekspertlarning bevosita o‘zaro muloqotda bo‘lishini yo‘qqa chiqarib, qarama-
qarshi pozitsiyada bo‘lganlar o‘rtasida ochiq to‘qnashuvlar yuz berishini oldini 
olishga imkon beradi va bundan kelib chiqib ko‘pchilikning ta’siri ostiga tushib 
qolishdan saqlaydi. Ekspertlarni bir joyga yig‘masdan, eksterritorial so‘rov 
o‘tkazishga imkon beradi (masalan, elektron pochta orqali). 
Sub’ektlari: 
- har biri individual tartibda yozma shaklda javob beradigan tadqiqotchilar 
guruhi; 
- tashkiliy guruh – ekspertlar fikrini bir joyga jamlaydi.
“Delfi” uslubi bosqichlari: dastlabki, asosiy, tahliliy. 
Dastlabki bosqich: ekspertlar guruhini tanlash – qancha ko‘p bo‘lsa shuncha 
o‘zoq bo‘ladi – 20 gacha. 
Asosiy bosqich: 
- muammoni ilgari surish – ekspertlarga savol jo‘natilib, uni quyi savollarga 
bo‘lib tashlash taklif qilinadi. Tashkiliy guruh ko‘proq uchrayotganlarini tanlab 
oladi. Umumiy so‘rovnoma shakllantiriladi; 
- ushbu so‘rovnoma ekspertlarga jo‘natiladi. Ulardan so‘raladigan savollar - 
yana nima qo‘shish mumkin; axborot etarlimi; savol bo‘yicha qo‘shimcha axborot 
bormi? Natijada - qo‘shimcha jihatlari bo‘lgan, axborot so‘rovi, axborotlarni 
taqdim qilish jihatlari bor bo‘lgan javoblarning 20 varianti shakllanadi; 
- takomillashtirilgan so‘rovnoma yangidan ekspertlarga jo‘natiladi. Bu erda 
har bir ekspert o‘zining echim variantini taqdim qilish kerak hamda boshqa 
ekspertlar tomonidan bildirilgan keskin fikrlarni ko‘rib chiqish zarur. Ekspertlar 


231 
muammolarni samaradorligi, resurslar bilan ta’minlanganligi, boshida qo‘yilgan 
vazifaga qay darajada to‘g‘ri kelishi kabi jihatlari bo‘yicha baholashlari kerak. 
SHunday qilib, ekspertlarning ustuvorlikka ega bo‘lgan fikrlari aniqlanadi, 
ularning qarashlari yaqinlashtiriladi. Barcha ekspertlarni umumiy oqimdan juda 
ham chetlashib ketgan fikrlarning dalillari bilan tanishtiriladi. Bundan keyin 
ekspertlarning hammasi fikrlarini o‘zgartirishi mumkin va tadbir qaytadan amalga 
oshiriladi; 
- ekspertlar o‘rtasida kelishuvga erishilmaguncha yoki muammo bo‘yicha 
yagona fikrning yo‘qligi aniqlanmaguncha iteratsiyalar davom etadi. Ekspertlar 
bahosidagi qarama-qarshiliklar sabablarini o‘rganish muammoning ilgari payqab 
bo‘lmas jihatlarini aniqlashga va tahlil qilinayotgan muammoni yoki vaziyatni 
rivojlanishining ehtimoliy oqibatlarida diqqatni ushlab qolishga imkon beradi. 
SHunga asosan yakuniy baho va amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Odatda uchta 
bosqich amalga oshiriladi. Lekin, fikrlar bir-biridan keskin farqlansa, bosqichlar 
soni ko‘proq ham bo‘lishi mumkin. 
Tahliliy bosqich: ekspertlar fikrining bir-biriga to‘g‘ri kelishini tekshirish, 
olingan xulosalarni tahlil qilish va yakuniy tavsiyalarni ishlab chiqish.

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish