J., Barakayev N. R. Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/184
Sana03.03.2022
Hajmi3,15 Mb.
#481006
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   184
Bog'liq
tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari (1)

Muntazam qarorlar - 
belgilangan muddatlarda chiqariladi. 


142 
SHaxsiy qarorlar
- ishchining o‘zining mehnat faoliyati to‘g‘risidagi 
qarorlardir. 
Boshqaruvchi qarorlar
- faqat muassasa rahbarlari tomonidan qabul 
qilinadigan qarorlardir. 
Qabul qilinadigan qarorlar tarkibida yakkaboshchilik va yakdillik asosida 
qabul qilinadigan qarorlar ham bo‘ladi. Ammo yakkaboshchilik asosidagi qarorlar 
ko‘p xollarda asosli tanqidga uchrab turadi. Sababi, rahbar yakkaboshchilikka 
asoslangan qarorni aksariyat hollarda o‘zini ko‘rsatish maqsadida qabul qiladi. 
Bunday rahbar faoliyatining 80-90% buyruqbozlikka asoslangan bo‘ladi. Bu 
jamoada keskinlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Boshqaruv qarorlari jamoa 
fikriga tayangan holda qabul qilinmas ekan, boshqaruvchi bilan bo‘ysinuvchilar 
o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, o‘zaro ishonchning yo‘qolishi, 
nizolarning kelib chiqishi muqarrardir. 
2.Qaror qabul qilishdagi vaziyat

Inson hayoti turli xil vaziyatlar, holatlar, sharoitlar jarayonida amalga oshar 
ekan, har bir lahzada, har bir qadamda qaror qabul qilish zaruriyatiga duch 
kelinadi. U ish faoliyati bo‘ladimi, yaqinlar, tanish-bilishlar bilan munosabatlar 
bo‘ladimi, xatto o‘z-o‘zimizni holatimizga, o‘z-o‘zimizni tushunishga taalluqli 
jarayonlar bo‘ladimi, barchasida qaror qabul qilish vazifasi ko‘ndalang bo‘lib 
turadi. Va bizning faoliyatimizning, munosabatlarimizning, qisqasi, butun 
hayotimizning qanday tashkil ettirilishi va natijalari aksariyat xollarda qabul qilgan 
qarorimiz xarakteriga bevosita bog‘liq bo‘lib qoladi. 
Nima uchun bitta shaxsning o‘zi turli xil vaziyatlarda, sharoitlarda aynan 
bitta masala bo‘yicha bir xil qaror qabul qilmaydi? Vaholanki o‘sha qarorning 
oldingi o‘xshash sharoitda to‘g‘riligini bilgan bo‘lsa ham? Nega biz qaror qabul 
qilishda ikkilanamiz? Nima uchun bir toifa odamlar uchun to‘g‘ri deb hisoblangan 
qaror boshqa toifa odamlar tomonidan to‘g‘ri bahosini olmaydi? SHaroitlarni, 
vaziyatlarni hisobga olgan xolda qaror qabul qilish va optimal natijaga erishish 
uchun nima qilish kerak? 


143 
SHu va shunga o‘hshagan qator savollarga javob topish uchun inson 
psixologiyasi xususiyatlariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. 
Ma’lumki, qarorlarning standart variantlari mavjud emas va ularni 
algoritmik tarzda qabul qilib ham bo‘lmaydi. Bu esa qaror qabul qilishda sub’ektiv, 
psixologik omillarning roli juda yuqoriligini ko‘rsatadi. To‘g‘ri, qaror qabul qilish 
jarayonini engillashtiruvchi ko‘plagan qoidalar, amallar va metodlar mavjud. Lekin 
har birimiz o‘z tajribamizdan bilamizki, qaror qabul qilish jarayonida 
formallashtirilmagan, sub’ektiv, xatto ko‘pincha intuitiv omillarning roli juda katta 
bo‘ladi. SHu nuqtai nazardan qaraganda qaror qabul qilish ham boshqaruv 
nazariyasi, ham psixologiya nuqtai nazaridan tadqiqot predmeti bo‘lib hisoblanadi. 
SHunday ekan, qaror qabul qilish funksiyasi jarayonini tahlil etish ikkita asosiy, 
bir-biridan juda farq qiluvchi, lekin juda o‘zaro bog‘liq ikkita sohani – tashkiliy va 
psixologik sohani o‘z ichiga oladi. 
Ta’kidlash kerakki, boshqaruv qarorlarini qabul qilish muammosi boshqaruv 
to‘g‘risidagi ta’limotni rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Lekin o‘zoq yillar 
davomida xulq-atvorning, shu jumladan qaror qabul qilishning ratsionalligi nuqtai 
nazaridan yondasha borib, rahbar turli xil vaziyatlarga to‘liq tayangan to‘g‘ri qaror 
qabul qilishga erishishi kerak degan qat’iy xulosaga asoslanib kelingan. Lekin 
CH.Bernard, G.Saymon, D.March, D.Olsenlarning tadqiqot ishlari natijasida 
odamga xos bo‘lgan psixofiziologik cheklanishlarning mavjudligi ob’ektiv 
sharoitlarni to‘liq hisobga olish va natijada ratsional xulq-atvorga va qaror qabul 
qilishga erishish mumkin emasligi isbotlandi. Natijada “cheklangan ratsionallik” 
konsepsiyasi ishlab chiqildi va bunda eng asosiy g‘oyalardan biri – sub’ektiv, 
psixologik xususiyatlar – bu ob’ektiv, xulq-atvorni chekloqchi omillardan iborat 
degan g‘oyaga tayanildi. Bular esa qaror qabul qilish jarayoniga muhim, ko‘pincha 
hal etuvchi ta’sir kursatadi degan xulosaga kelindi. 
Hozirgi kunda qaror qabul qilish nazariyasida 2 xil – normativ va deskriptiv 
yondashuv mavjud. 
Normativ yondashuv qaror qabul qilish jarayonlarini sub’ektiv, psixologik 
omillardan abstraktlashgan xolda tadqiq etadi va qaror qabl qilishning ideal usul va 


144 
“retseptlprini” ishlab chiqishga yo‘nalgan. Deskriptiv yo‘nalish esa aksincha,
ushbu omillarni asosiy omillar deb hisoblashga asoslanadi. Birinchi yondashuv o‘z 
oldiga qarorni qanday qabul qilishlari kerakligini aniqlash vazifasini qo‘ysa, 
ikkinchi yondashuv qaror qabul qilish jarayoni real ravishda qanday sodir 
bo‘lishini aniqlash vazifasini qo‘yadi. 
Zamonaviy boshqaruv nazariyasida ushbu ikkita yondashuv sintez qilingan 
holda qaraladi. 
Qaror qabul qilishga qator tashkiliy omillar bevosita ta’sir ko‘rsatadiki, ular 
qabul qilingan qarorning sifatini belgilab beradi. Bular: qaror qabul qilish 
muhitining noaniqligi, murakkabligi va dinamikligi. 
Noaniqlik deganda qaror alternativalarini tanlab olish uchun relevant 
(tarmoq) informatsiyalarning etishmasligi tushuniladi. Relevant informatsiya – bu 
asosli qarorni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan, yuzaga kelayotgan muammoli 
vaziyat mazmuniga adekvat bo‘lgan informatsiyadir. Odam aynan noaniqlik 
sharoitlarida muhim qarorni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu noaniqlik sodir 
bo‘layotgan voqea-hodisalarni baholashning qiyinligida, va vaziyat kelgusida 
qanday rivoj olishini bila olmaslikda namoyon bo‘ladi. Bunday noaniqlik 
vaziyatlarida qabul qilingan qarorlarimiz (pul, karera, tanishish va x.k. lar 
bo‘yicha) qanday natijalarga olib kelganligini har birimiz tajribamizdan yaxshi 
bilamiz. Noaniqlikni keltirib chiqaradigan sabablar juda ko‘p. Eng avvalo, 
noaniqlik qaror qabul qilish uchun zarur informatsiyaning yo‘qligi (etishmasligi) 
oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Bu sabab informatsion defitsit deb nomlagandi. 
Ikkinchi sabab – informatsiyalarni xaddan ziyod ortiqchaligi oqibati ham bo‘lishi 
mumkin. Bu holatda katta informatsion oqim orasidan muammoli vaziyatga 
relevant bo‘lgan va ushbu vaziyatdan chiqishga yordam beradigan informatsiyani 
ajratib olish qiyinligi yuzaga keladi. YAna bitta sabab – qaror qabul qilishda 
boshqa odamlarning ta’siri. Ayrim odlamlar (ongli yoki ongsiz ravishda) 
informatsiyani bo‘zib ko‘rsatishga, soxtalashtirishga, xatto yashirishga moyil 
bo‘ladilar. 


145 
Qaror qabul qilish muhitining murakkabligi deganda qaror qabul qilish 
jarayonida hisobga olish zarur bo‘lgan ko‘p sonli omillar mavjudligi, ularning 
o‘zaro bog‘liqligiva o‘zaro bir-biriga ta’sir qilishi tutuniladi. Bu ma’noda ayrim 
omillarning o‘zaro bog‘liqligi boshqa bir omillarning o‘zgarishiga olib kelishi 
nazarda tutiladi. Bu holatdan xulosa – omillar yig‘indisiga bir qatorda turuvchi, 
mexaniq yig‘indi sifatida emas, balki yaxlit va bir-biriga bog‘liq tizim sifatida 
qarash kerak. 
Qaror qabul qilish muhitining dinamikligi deganda ichki va tashqi tashkiliy 
omillarning doimiy va yuqori darajadagi o‘zgaruvchanligi tushuniladi. SHundan 
kelib chiqiladigan bo‘lsa, har qanday qaror nafaqat diagnostik, balki prognostik 
ham bo‘lishi kerak. Bunday qaror yaqin kelajakda va kelgusida, ya’ni qaror amalga 
oshirilishi davrida muhitda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni hisobga olishi zarur. 
Bundan tashqari, dinamiklikka qaror qabul qilish vazifasini amalga oshirishda vaqt 
cheklanganligi – seytnot vaziyati ham ta’sir ko‘rsatadi. Vaqt etishmasligi yoki 
kechikish sharoitida qabul qilingan qarorlar har doim ham to‘g‘ri bo‘lmasligini har 
birimiz yaxshi bilamiz. 
YUqorida qarab chiqilgan muhit o‘lchamlaridan tashqari yana bitta muhim 
o‘lcham mavjud – bu qaror qabul qilish muhitining konfliktlilik darajasi, ya’ni 
qaror qabul qilishga daxldor odamlarda ko‘pincha antogonistik manfaatlarning 
ifodalanganligi. 
Qaror qabul qilish jarayoni psixologik jarayon bo‘lganligi sababli shaxsning 
qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatadigan qator psixologik mexanizmlar va 
qonuniyatlarga, ularning fanda o‘rganilganligiga e’tibor qaratish zarur. 
Inson psixologiyasida qator qonuniyatlar mavjudki, ularning qaror qabul 
qilish jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatishi fanda o‘rganilgan. Bular idrok va xotira 
xususiyatlari, informatsiyaning qanday kontekstda kelganligi bilan bog‘liq 
holatlardir. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish