233
mumkinligi so‘raladi. Birinchi javoblar ma’lumotlarni juda ham katta farqlanish
bilan berishi mumkin, masalan, 2000 yildan 2050 yilga. Bu javoblar qayta ishlanib
yana ekspertlarga qaytariladi. Bu safar har bir ekspertdan o‘zining bahosini boshqa
ekspertlar tomonidan bildirilgan fikrlar bilan tanishish orqali ko‘rib chiqish
so‘raladi. Bu tadbirni bir necha bor qaytargandan so‘ng
fikrlar yaqinlashishi
mumkin, xususan, 80% javobda 2005 yildan 2015 yilgacha muddat belgilangan
bo‘lishi mumkin. SHu narsaning o‘zi robotlarni ishlab chiqarishni va amalga
oshirishni rejalashtirish maqsadlari uchun etarli hisoblanadi.
Umuman, “Delfi” uslubi individual so‘rovlar natijalarini
oddiy statistik
qayta ishlashga asoslangan uslublari bilan solishtirganda so‘zsiz ustunlikka ega. U
individual javoblarning barcha yig‘indisi bo‘yicha “tebranishni” (farqlilikni)
pasaytirishga ko‘maklashadi hamda guruhlar ichidagi “tebranishni” (ya’ni,
sub’ektiv farqlanishni) cheklaydi. SHu o‘rinda, o‘tkazilayotgan eksperimentlar
natijalariga ko‘ra, malakasi kam bo‘lgan ekspertlarning borligi javoblarning oddiy
o‘rtalashtirilgan natijalariga nisbatan guruh bahosiga kamroq ta’sir ko‘rsatadi,
chunki, ularga vaziyatni to‘g‘irlashga o‘z guruhidan olingan yangi javoblar yordam
beradi.
Ekspertlar bahosi uslublari.
Ushbu uslublarning asosi – keyinchalik
ko‘proq to‘g‘ri keladigan variantni baholash va tanlash
orqali mutaxassislardan
ekspert so‘rovini o‘tkazishning har xil shakllari bo‘lib xizmat qiladi. Ularning
ahamiyatliligi tahliliy jarayonlarda bitta ekspertning o‘rniga birdaniga bir
nechtasini jalb qilishning imkoni borligidadir.
Bu esa ishni malakali
tashkillashtirilishida vaziyatni tahlil qilish, prognozlarning va qabul qilinayotgan
siyosiy qarorlarning sifatini sezilarli darajada yaxshilashga olib keladi. SHu
o‘rinda, guruh tomonidan o‘tkaziladigan ekspertizalarda qo‘llaniladigan
uslublar
omili asosiy bo‘lib chiqadi, chunki ular qo‘llanilmasa guruh tomonidan o‘tkazilgan
ekspertiza natijasi yuqori bo‘lmasligi mumkin.
Ekspertlar guruhi bahosi ikkita katta sinfga bo‘linadi – bevosita va bilvosita.
Bevosita metodikalar katta moliyaviy va tashkiliy harajatlar talab qilmaydi va
shuning uchun ham amaliyotda keng tarqalgan.
234
O‘z navbatida, bevosita ekspertlar guruhi bahosi ikki guruhga bo‘linadi.
Birinchisiga muzokara qatnashchilarining ijodiy
salohiyatini ochib berishga
yo‘naltirilgan uslublar kiradi. Bu uslublarni bevosita baxsning psixologik uslublari
deb atash to‘g‘riroq hisoblanadi. CHunki ularning asosida ekspertlarning ijodiy
faolligini qo‘llash maqsadiga ega bo‘lgan har xil psixologik usullar mavjud.
Ikkinchi guruhni munozara qatnashchilarining intellektual salohiyatini ochib
beruvchi xech qanday psixologik usullar ishlatilmaydigan uslublar tashkil qiladi.
Bu deyarli oddiy fikr almashish xolos.
Ekspertlar bahosi uslubining boshqa katta guruhini bilvosita metodikalar
tashkil qiladi. Guruhli ekspertiza uslublarining ushbu
sinfi bevosita uslublarga
nisbatan ko‘proq jiddiy tashkiliy tayyorgarlikni talab qiladi. Tahliliy faoliyat ko‘p
ekspertlarni ishtirok etishiga imkon berishi lozim. Buni esa bevosita munozarada
amalga oshirib bo‘lmaydi. Bilvosita uslublar guruh ishining bevosita shakliga xos
bo‘lgan qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka imkon beradi.
Bilvosita muloqat, masalan, “Delfi” uslubida bo‘lgani singari, ekspert
boshqa ekspertlarning fikrlari va argumentlari
bilan tanishishini, lekin shu bilan
birga kim u yoki bu qarashlarni bildirganini bilmasligini anglatadi.
Bilvosita
muloqat masalan, ko‘proq internet orqali muloqotga o‘xshaydi. Bilvosita
ekspertizaning barcha variantlarining qulayligi yana shundaki, ekspertlarni birga
to‘plashga xojat yo‘q va bundan kelib chiqib, buning uchun qulay vaqtni va joyni
aniqlashga ham ehtiyoj yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: