218
xususiyatlaridan biri – temperament ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ma’lumki,
sangvinik va xolerik rahbarlar qaror qabul qilishda shoshishadi,
flegmatik va
melanxolik rahbarlar esa shoshilishmaydi. SHu nuqtai nazardan qarorlar ham bir-
biridan farqlanadi:
1. Bosiqlik bilan chiqariladigan qarorlar – o‘z xatti-harakatlariga e’tibor va
tanqidiy nazar qaratiladi. G‘oya oldindan shakllantiriladi.
2. Impulsiv qarorlar – juda ko‘p g‘oyalar ishlab chiqariladi. Ularni tekshirib
ko‘rish imkoniyati yo‘q.
3. Inert qarorlar – ehtiyot choralari ko‘rilgan holda chiqariladigan qarorlar.
G‘oyalar kam. Barchasi tekshiriladi. Ijodkorlik yo‘q.
4.Tavakkal chiqariladigan qarorlar – mualliflar xavfdan qo‘rqishmaydi.
5. Ehtiyot bo‘lib chiqariladigan qarorlar – barcha variantlar mukammal
holda tekshirib ko‘riladi. O‘ta tanqidiy yondashuv. YAngiliklar deyarli yo‘q.
Qaror qabul qilish boshqaruv funksiyalaridan biri hisoblanadi. Qaror bir
qancha funksiyalarni bajaradi:
1. Qarorning yo‘naltiruvchi funksiyasi. Bunda qaror boshqaruvning umumiy
funksiyalarini, ya’ni rejalashtirish, tashkil qilish, nazorat, motivatsiya va h.larni
hayotga tatbiq etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
2. Koordinatsiya funksiyasi. Bunda qarorning ijrosini ta’minlashda
ijrochilarning xatti-harakatlarini koordinatsiya qiladi.
3. Motivatsiya funksiyasi. Bunda qaror tashkiliy (buyruqlar, ko‘rsatmalar va
h.), iqtisodiy stimullar (mukofot, maoshga ustama va h.) va ijtimoiy baholar (o‘zini
o‘zi
tasdiqlash, shaxsning o‘zini namoyon qilishi va h.) ko‘rinishada amalga
oshiriladi.
Boshqaruvning samaradorligi optimal qarorlar qabul qilishga bog‘liq. SHu
nuqtai nazardan boshqaruv qarorlari tashkilotning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga
erishish yo‘llaridan biridir.
Amaldagi holatning istalgan holatga mos kelmasligi muammoni keltirib
chiqaradi. Muammoni hal etish rejasining ishlab chiqilishligi qaror qabul
qilishning vazifalarini belgilab beradi. Muammo quyidagi hollarda paydo bo‘lishi
219
mumkin:
- mavjud tizim qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirishni ta’minlab bermaydi;
- mavjud ta’lim tizimi kelajakda qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishni
ta’minlab bermaydi;
- faoliyatning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini o‘zgartirish zarur.
Muammo hamisha ma’lum shart-sharoitlar bilan bog‘liq, ya’ni buni vaziyat
deb atashadi. Muammo va shart-sharoitlarning to‘plami
muammoli vaziyatni
tashkil qiladi. Muammoli vaziyatning paydo bo‘lishi qaror qabul qilish zaruratini
keltirib chiqaradi.
Qaror - harakat uchun qo‘llanma, fikriy faoliyatning turi va inson
irodasining yuzaga chiqishidir. U qator belgilarga ega:
-
imkoniyatlardan birini tanlashning mavjudligi;
-
tanlov ongli holda maqsadga erishishga yo‘nalgan;
-
tanlov qarorni tugash qismidir.
Qaror etarli darajadagi qaror bo‘lishi mumkin yoki optimal bo‘lishi mumkin.
Optimal qarorda natija aynan ko‘zlangan maqsadlarning erilishi ko‘rinishida
bo‘ladi.
Har qanday qaror ijro etilishi bilan hayotga tatbiq etiladi. Ijro qaror qabul
qilishning eng muhmi bosqichlaridan biridir. Qarorning ijrosi ma’lum talablarni
zarur qilib qo‘yadi. Boshqacha aytganda, boshqaruv qarorlari ijrosini ta’minlash va
tashkil etish alohida muhim masala hisoblanadi. Bu –
boshqaruv jarayonining
tarkibiy qismi bo‘lib, qarorni ishlab chiqib, qaror qabul qilingandan so‘ng amalga
oshiriladi.
Boshqaruv qarorlarining ijrosini tashkil etish deganda boshqaruv
sub’ektining faoliyati tushuniladi. Bu faoliyat yordamida chiqarilgan qaror hayotga
tatbiq etiladi. Ijroning mukammalligi qarorning samaradorligini belgilab beradi.
Qaror to‘g‘ri chiqarilgan bo‘lishi mumkin, biroq uning ijrosidagi kamchiliklar bois
natija kutilganday bo‘lmasligi mumkin. Demak, ijro intizomi, ya’ni qarorni
amaliyotga tatbiq etishda barcha ijro talablari mukammal bajarilishi lozim. Bunda
me’yorga amal qilinishi talab etiladi. Me’yor – ijro intizomida qarorning
220
amaliyotga tatbiq etilishida saqlanishi lozim bo‘lgan optimal talablardir. Ijrodan
keyin uning baholanishi jarayoni bo‘ladi. Bunda ko‘zlangan maqsadga ijro natijasi
mos kelish-kelmasligi tekshirib ko‘riladi va baho beriladi. SHundan so‘ng
qoniqqanlik darajasi aniqlanadi. Qoniqqanlik darajasi
qaror ijrosining sifatini
belgilovchi sub’ektiv mezondir. Nazorat boshqaruv jarayonining funksiyalaridan
biri bo‘lib, boshqaruv qarorlarida qabul qilingan holatga baho beradi, tashkilot o‘z
oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishilganlik darajasini belgilaydi. Qaror ijrosi
bo‘yicha ishonchli nazorat tizimining yo‘qligi (bu qaytar aloqani ta’minlaydi)
tashkilotni tanazzulga olib kelishi mumkin. Agar qabul qilingan qaror etarli
darajada samara bermasa yoki xato qaror bo‘lsa, yaxshi faoliyat ko‘rsatayotgan
nazorat tizimi o‘z vaqtida uning oldini olishi yoki qarorga yagni o‘zgartirishlar
kiritishi mumkin bo‘ladi. Nazorat ham o‘z o‘rnida uchga bo‘linadi: qarorni amalga
oshirishdan oldingi nazorat, qarorni hayotga tatbiq
etish jarayonidagi nazorat,
yakuniy nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: