Uyg’onish davri falsafasi - Bu insoniyat tarixida yuz bergan eng buyuk ilg’or taraqqiyot davrlaridan biri edi. Uyg’onish davrida hayotning hamma tarmog’ida muhim, ilg’or, hatto aytish mumkinki, inqilobiy o’zgarishlar yuz berayotgan edi.
Umumlashtirish - tadqiqot olib borilayotgan bir qancha predmet yoki xodisalarga xos bo’lgan tomonlari, xususiyatlari va xossalarini fikrda e’tibordan soqt qilib, tadqiqot uchun zarur bo’lgan birorta belgi yoki xususiyatni mavhum holatga keltirishdir.
Falsafa - yunoncha phileo - sevaman, Sophia -donolik degan ma’noni anglatadi. Insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardan biri. Olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yuqlik kabi kuplab muammolar haqida baxs yuritadigan fan.
Falsafiy dunyoqarash - Bu tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqyea va hodisalarga, o’zgalarga va ularning faoliyatiga, o’z umri va uning mazmuni kabi ko’pdan-ko’p tushunchalarga munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |